Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Download 466.57 Kb.
bet10/15
Sana05.01.2022
Hajmi466.57 Kb.
#209588
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.

Soliq-byudjet sohasida umumiy fiskal balans taqchilligining ma’lum miqdorda qisqarishi hamda davlat tashqi qarzining belgilangan parametrlar doirasida shakllanishi kutilmoqda. Umumiy fiskal balansning 2020 yilda YAIMga nisbatan 2,7 foizdaн oshmasligi, 2022 yilga qadar bosqichma-bosqich 1,5 foizгача pasayib borishi va kelgusi yillarda ushbu darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.

Qat’iy pul-kredit siyosati yuritilishi va fiskal balans taqchilligining qisqarib borishi sharoitida xususiy va xorijiy investitsiyalar hajmining oshishi iqtisodiy o‘sishning prognoz ko‘rsatkichlariga erishilishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kelgusi yillarda to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobvarag‘i manfiy saldosi YAIMga nisbatan 2020 yildagi 7 foizdaн 2022 yilda 5,9 foizгача pasayib boradi. Ushbu taqchillikning asosan tashqi moliyaviy manbalar, xususan, investitsion resurslar hisobidan qoplanib borishi natijasida valyuta almashuv kursiga sezilarli devalvatsion bosimni yuzaga keltirmasligi kutilmoqda.

Asosiy ssenariy bo‘yicha yillik inflyatsiya darajasi 2020 yil oxirida 12−13,5 foiz oralig‘ida bo‘lib, 2021 yilda bir xonali son darajasiga tushadi va 2023 yilda esa asosiy 5 foizlik targetga erishiladi.

Ushbu ssenariyga ko‘ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarning joriy tendensiyalari saqlanib qolib, asosiy savdo hamkor davlatlar iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar yuzaga kelmaydi hamda asosiy eksport tovarlari narxlari va transchegaraviy pul o‘tkazmalar o‘sishining ijobiy dinamikasi saqlanib qoladi.

Prognozlarga ko‘ra inflyatsiya bo‘yicha doimiy maqsadli ko‘rsatkichga erishish maqsadida pul-kredit siyosatining qat’iy sharoitlari saqlanib qolinadi va bunda iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalar ta’minlanadi.

Asosiy yo‘nalishlarda inflyatsion targetga erishish va pul-kredit siyosati instrumentlari, mexanizmlari va jarayonlarini inflyatsion targetlash rejimi standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha chora-tadbirlar batafsil yoritilgan. Xususan:



operatsion mexanizmni rivojlantirish sohasida:


Download 466.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling