Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli
Download 466.57 Kb.
|
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.
II.BOB. KREDIT TIZIMI
2.1 Kredit tushunchasi Pul harakati va pul mablag`lari bilan bog`liq bo`lgan bozor iqtisodiyotidagi muhim voqeliklardan yana biri kreditdir. Moliya va kreditning umumiyligi shundaki, ikkovi ham pul mablag`lari bilan bog`liq iqtisodiy munosabatlardan iborat. Lekin ular o`rtasida muhim farq ham mavjud. YA`ni moliya xo`jalik egalarining pullari bilan bo`lgan munosabatlarni o`z ichiga olsa, kredit qarz pullar harakati va ularga bog`liq munosabatlarni bildiradi. Moliyada pulni ishlatish erkin va xarajatsiz amalga oshsa, kreditda bu xaq to`lash tufayli va muhlati kelganda qaytarib berish sharti bilan ishlatish huquqiga ega bo`linadi. Kredit pullarning harakati, aylanishda bo`lishi bo`sh, vaqtincha ishlatilmay erkin holdagi pullar mavjudligidan kelib chiqadi. Pul egalari ixtiyorida vaqtincha bo`sh turgan pullarni foiz bilan qaytarish sharti asosida ma`lum vaqt ichida ishlatish uchun olinadi. Ko`rinib turibdiki, kredit qarz beruvchi pul egasi bilan qarz oluvchi tadbirkor yoki iste`molchi o`rtasida bo`ladigan aloqadan kelib chiqadi. Kreditning umumiy sub`ektlari qarz beruvchi puldor va qarzdor tadbirkordir. Bu erda shuni ilova qilish o`rinliki, kredit shaxsiy iste`mol yoki kapital sifatida foydalanilishi mumkin. Biz asosan ikkinchisi, ya`ni kapital ustida so`z yuritamiz. Shunday qilib, har qanday pul kredit ob`ekti bo`lavermaydi, faqat hozircha ishlatilmayotgan va vaqtincha egasi qo`lida bo`sh turgan pul, qarzga berilishi mumkin bo`lgan pul kredit ob`ekti bo`lib hisoblanadi. Bunday pul egalari aholi, korxona va firmalar, shuningdek, davlat bo`lishi mumkin, ayni vaqtda qarz oluvchilar ham ayni shulardir. Kreditning o`zi takror ishlab chiqarish jarayonidan kelib chiqadiki, ayni vaqtda pulga muhtojlar ham ko`p bo`ladi va shuningdek, puli vaqtincha bo`sh bo`lgan pul egalari ham ko`p bo`ladi. Masalan, ishlab chiqarish, tovarlar sotilishi vaqtida pullar bo`sh bo`lsa, tovarlar sotib olish, ya`ni xomashyo, materiallar, energiya sotib olishda, ish xaqi to`lash vaqtida pullar ko`p kerak bo`ladi. Iqtisodiy aylanma jarayonida bir vaqtda bo`sh pulni ishlatishni istovchi va pulga muhtoj va uni axtaruvchilar mavjuddir. Bunday muammolar kredit orqali hal qilinadi. Aytaylik, amortizatsiya ajratmalari, investitsiyaga atalgan pullarning xomashyo va materiallar pulining yig`ilib borishi, ish xaqining ma`lum vaqtdagina to`lanishi tufayli yig`ilib borishi kabilar bevosita ishlab chiqarish jarayonlari bilan bog`liqdir. Bulardan tashqari aholini ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan pullar ham ma`lum vaqt ichida jamg`arilib, so`ngra ishlatiladi. Aholi iste`molida ham shunday holatlar bo`ladi va ma`lum qism daromad jamg`arilib boriladi. Davlat moliyasida ham pul yig`ilishi va vaqti-soati kelganda sarf etilishi tabiiydir. Bular qarz berish uchun, ya`ni kredit uchun manbalar bo`lib xisob-lanadiki, ular ayni vaqtda qarz fondlarini shakllantirib boradi. Demak, iqtisodiy hayotning o`zi, pul resurslarining harakati, pullarning ishlatilishidagi davriylik kabilar kreditga asos solib, uni bo`sh pullar bilan ta`minlab turadi. Albatta bu kreditning bir tomoni, ya`ni kredit bozoridagi taklifning shakllanish jarayonidir. Ma`lumki, shu bilan birga talab zarur. Pul mavjud ekan, u doimo aylanib, harakatda bo`lar ekan, demak, unga doimo muhtojlik mavjud bo`ladi. U pulga bo`lgan talabni yuzaga keltiradi. Download 466.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling