Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli


I.BANK TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI


Download 466.57 Kb.
bet3/15
Sana05.01.2022
Hajmi466.57 Kb.
#209588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.

I.BANK TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

1.1. Banklarining paydo bo’lishi tarixi

Bank deb pul mablag’larini yig’uvchi, saqlab beruvchi, kredit-hisob va boshqa xar-xil vositachilik operatsiyalarini bajaruvchi muassasalarga aytiladi.

Banklar paydo bo’lishining asosi bo’lib, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi hisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo’lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarda banklarning ham bo’lishini taqozo qiladi.

Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshda davlat, shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik, puldorlar o’z bo’sh turgan mablag’laridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag’ zarur bo’lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.

Bank so’zi italyancha “banca” so’zidan olingan bo’lib, “stol”, banknota “pullik stol” degan ma'noni anglatadi. O’rta asrlarda italiyalik puldorlar hamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustida qo’yib hisob-kitob qilganlar.

XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oqlamasa va ishiga ma'suliyatsizlik qilsa, u o’tirgan stol sindirib tashlangan va uni “Vapso rotto”, ya'ni bankrot deb atashgan. Ya'ni, bizga ma'lum bo’lgan “bankrot” suzi xam “banca” so’zidan olingan.

Banklar paydo bo’lishining boshlang’ich nuqtasi bo’lib XVI asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jirobanklar hisoblanadi. Keyinchalik, shunday banklar Amsterdamda (1605 i.), Gamburgdagi (1618 i.), Milanda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan, o’z mijozlari savdogarlarga xizmat qilgan, ular o’rtasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o’z mijozlarini monetalar tarkibi buzulishidan zarar ko’rishdan himoya qilishgan. Ular hisoblarni ma'lum summadagi qimmatbaho metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan o’zlarining bo’sh pul mablag’larini jirobanklar davlatga qarzga, shaharlarga, chet el savdogarlariga ssuda bergan. Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan shug’ullanuvchilar (masalan, biz Londonda bank ishini ilk bor rivojlantirgan Chayld nomli puldorni aytish mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqan.

Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank - Angliya banki hisoblanib, u 1694 yilda aktsioner, bank sifatida tashkil bo’lgan. Bu bank aktsioner emissiya bank bo’lib, unga davlat tomonidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. Keyinchalik, sanoat rivojlanish natijasida banklar boshqa mamlakatlarda xam tashkil qilinib borgan. Banklarning kelib chiqishi va rivojlanish ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar va talablarning oshishi, savdo kapitali aylanishining tezlashuvi bilan bog’liq bo’lgan. Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivojlanishiga yo’l ochdi. Ishlab chiqarishni rivojlantirish yollanma mehnatni jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun haqning pul shaklida to’lanishi, doimiy pul aylanishini yuzaga keltirdi. Pul aylanishini esa bank tomonidan boshqarish zarur edi. Shunday qilib, banklar faoliyat ko’rsata boshladi va ular mablag’larni yig’ish va taqsimlash orqali ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. Ssuda kapitalistidan farqli o’larok bankir tadbirkor sifatida ish olib borgan. Agar sanoat kapitalistga kapitalini sanoatga, savdo kapitalisti savdoga qo’ysa, bankir uz kapitalini bank ishiga qo’yadi. Ssuda kapitalisti uz bo’sh kapitalini qarzga bersa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag’larga tayanadi. Ssuda kapitalistining daromadi ssuda foizi bo’lsa, bankirning daromadi - bank foydasi hisoblanadi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo’sh pullarini jalb qilish orqali katta hajmdagi kapitalni o’z qo’llarida jamlaydilar va daromad keltiruvchi kapital harakatini boshqarib boradilar. Banklarning yiriklashuvi va ular faoliyatining takomillashuvi ularning maxsus korxonalar - kredit muassasalariga aylanishiga olib keladi.

Shunday qilib, bank faoliyati xalq xo’jaligi mavjud bo’lgan bo’sh mablag’larni jalb qilish va ssuda kapitalini taqsimlashni uy ichiga oladi. Bank o’z faoliyati davomida ma'lum daromadga ega bo’ladi. Bu daromad bank jalb qilgan resurslarga yo’llaydigan foiz bilan joylashtirgan resurslari bo’yicha oladigan foiz o’rtasidagi farqdan iborat bo’ladi.

Ta`kidlash mumkinki -bank bu kredit ishining shunday rivojolanish bosqichiki, unda kredit, pul va hisob-kitob operatsiyalari majmuasida bir markazda yigiladi. Umuman olganda yakun kilib aytish mumkinki:

Bank - bu pul mablag’larini jamlash va ularni uz nomidan kaytarib berishlik, to’lovlilik va muddatlilik asosida tarkatish uchun yaratilgan tashkilotdir.

Banklarning asosiy maqsadi pul mablag’larini kreditorlardan qarz oluvchilarga va sotuvchilardan xaridorlarga o’tkazishda vositachilik kilishdir. Banklar bilan bir katorda, bozorlarda pul mablag’larni o’tkazishni boshqa moliyaviy va kredit - moliyaviy tashkilotlar: investitsion fondlar, sugo’rta kompaniyalari, brokerlar, demir firmalari va xokozolar bajarilishlari mumkin. Birok banklar, moliyaviy bozor sub`ekti sifatida boshqa sub`ektlardan quyidagi belgilari bilan ajralib turadi.:

Birinchidan, banklar uchun qarz majburiyatlarining ikki tomonlama almashtirish xarakterlidir (xosdir): ular uzlarining majburiyatlarini (depozit) shakllantiradilar va jalb kilingan mablag’larni qarz majburiyatlariga, qimmatli qog’ozlarga (boshqalarning chiqargan qog’ozlariga) joylashtiradilar;

Ikkinchidan banklar uzlariga yuridik va jismoniy shaxslar oldidagika`tiy belgilangan summa buyicha shartsiz majburiyatlarni oladilar.

Ammo shuni nazarda tutish zarurki, bugungi kunda anik olingan bank tashkiloti amaliYotida barcha sanab utilgan bank operatsiyalari amalga oshirilmaydi Yoki deyarli mavjud emas.

Yuqorida ko`rib o`tilganlarga asosan , aytish mumkinki banklarni norma faoliyat ko`rsatishi va yashashi uchun aniq asosiy faoliyat «to`plami» mavjuddir.

Bunday operatsiyalarga quyidagilar kiradi:

-Depozitlarni qabul qilish

- Pul to’lovlari va hisob-kitoblarni amalga oshirish;

- Kreditlarni berish.

Bank moxiyatini to`liqroq (to`laroq) uning funktsiyalarini ochib beradi.

Tijorat banklarining iqtisodiy roli uning faoliyat doirasining keng bo’lishiga olib keladi.

Tijorat banklari quyidagilarni bajaradi:

-vaqtincha bo`sh turgan pul mablag’larni yigish va ularni kapitalga aylantirish;

-korxona, tashkilotlar va axolini kreditlash;

-muomalaga kredit pullar (muomalaning kredit vositalari) ni chiqarish;

-xalq xo`jaligida hisob-kitoblar va to’lovlarni amalga oshirish;

-moliya - valyuta bozorida faoliyat ko`rsatish;

-iqtisodiy-moliyaviy axborotlar berish va maslaxat xizmatlarini ko`rsatish.

Bankning birlamchi va asosiy funktsiyasi bo`lib, vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larini akkumlyatsiya qilish, yig`ish funktsiyasi hisoblanadi. Akkumlyatsiyasining o`ziga xos tamoyillarni hisobga olish zarurdir. Banklar bo`sh pul mablag’larini yig`ish va ularni kapitalga aylantirish funktsiyasini bajara turib mavjud bo`sh pul daromadlari va jamg`armalarni yig`adi. Chunki banklar nafaqat O`zlarining, balki begonalarning vaqtinchalik bo`sh pul mablag’larini yig`adilar. Jamlangan pul mablag’lari banklarning o`zlarining iste`moliga emas, balki begonalarning (boshqa) iste`mol uchun foydalaniladi. Jamg`aruvchi (bo`sh pul mablag’i egasi) o`z mablag’larini bankka ishonib topshirgani uchun va bank bu mablag’lardan foydalangani uchun ma`lum foiz hisobida daromad oladilar. Jamlanadigan va qayta taqsimlanadigan mablag’larining mulk xuhuhi birlamchi kreditor (bank mijozi) da saqlanib qoladi. Bo`sh pul mablag’lari hisobidan ssuda kapitali fondi vujudga keladi va bu fond xalq xo`jaligi tarmoqlarini kreditlash uchun ishlatiladi

Banklarning ikkinchi funktsiyasi- pul muomalasini tartibga solish funktsiyasi. Banklar turli xo`jalik sub`ektlar orqali o`tadigan to’lov muomalasi (oboroti) ning markazi sifatida chiqadilar. Hisob-kitoblar tizimi orqali banklar o`zlarining mijozlariga ayirboshlashni amalga oshirishni, pul mablag’lari va kapitalni aylanishi uchun sharoit yaratib beradilar. Banklar orqali alohida olingan sub`ektlar va bir butun mamalakat iqtisodiyotidagi oborot(aylanishi) o`tadi. Muomalaga kredit pullarni chiqarish funktsiyasi tijorat banklarni boshqa moliya institutlaridan ajratib turadi. Tijorat banklari depozit-kredit emissiya qilganida, ssudalar berganida pul massasi oshadi va ssuda bankka qaytarilganda muomalada pul massasi kamayadi.

Tijorat banklari kredit pullarni yaratishning emitenti hisoblanadi. Tijorat bank tomonidan mijozga berilgan kredit uning hisob raqamiga o’tkaziladi va bankning qarz majburiyati ortadi. Mijoz bu mablag’ning ma`lum qismini naqd pul shaklida hisob raqamidan olishi mumkin.

1-chizma



Download 466.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling