Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Download 466.57 Kb.
bet8/15
Sana05.01.2022
Hajmi466.57 Kb.
#209588
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.

Kredit vazifalari. Kredit xilma-xil vazifalarni turli shakllarda bajaradi. Ular quyidagilardan iborat.

  1. qimmatbaho qog`ozlar chiqarish;

  2. bo`sh pullarni kapitalga aylantirish;

  3. qarz usuli bilan pul mablag`larini tarmoqlararo taqsimlash;

  4. pul qarzi usuli bilan iqtisodiy o`sishni rag`batlantirish.

Qimmatbaho qog`ozlar kredit orqali muomalaga, xo`jalik harakatiga kiritiladi. Veksel, chek, sertifikat shular jumlasidandir. Tadbirkorlarni qo`llab, ularning pulga bo`lgan ehtiyojlarini qondirilishi tufayli harakatdagi kapital miqdori ko`paytiriladi, iqtisodiy taraqqiyot ta`minlanadi va tezlashtiriladi. Kredit orqali tarmoqlar o`rtasida ishlab chiqarish resurslarining ko`chishi yuz berib, zaruriy taraqqiyot muvozanatining ta`minlanishi uchun vositachilik qilinadi. Umuman, kredit bo`sh pullarni kerakli joylarda ishlatish imkonini tug`dirib, umumiy iqtisodiy o`sishni tezlashtirishga yordam qiladi.

Ko`rinib turibdiki, kredit o`z vazifalarining amalga oshuvi tufayli iqtisodiy harakat va taraqqiyotdagi ahamiyatini oshiradi. Qarz xuddi, yuzaki qaraganda, ikkinchi darajali narsaga o`xshab ko`rinadi. Lekin bajaradigan vazi-falari, bozor iqtisodiyotida uning o`rni juda katta ekanligini va usiz bozor iqtisodiyotini tasavvur etib bo`lmasligini ko`ramiz. Demak, bozor iqtisodiyoti rivoji uchun kredit tizimini avj oldirish har bir mamlakat uchun o`ta zarur vazifalardandir.

Kredit bozori mavjud ekan, demak, unda baho bor va shu orqali qarz jarayoni yuzaga kelishi mumkin. Baho qarz xaqidan iborat bo`lib, kreditda qarz foizi deyiladi. Chunki, u qarz miqdoriga nisbatan foiz hisobi bilan belgilanadi. Amalda foiz kreditning bahosidir. Agar qarzga talab ortsa, foiz ko`tariladi, kamaysa — pasayadi. Bundagi tak-lif harakati ham shunday xususiyatga ega, lekin harakat yo`nalishi aksincha bo`ladi.



Foiz darajasi talab va taklif muvozanati bilan birga yana bir qancha omillarga bog`liqdir. Bularning ichida qarz muhlati, qarz berish shartlari, inflyatsiya darajasi, qarzning qanday pul bilan berilishi, pulni qarz berishdan boshqa yo`lda ishlatishdan keladigan foyda darajasi, qarz berish xatarliligi kabilarni qayd qilish mumkin.


Download 466.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling