asosiy foiz stavkasi va foiz koridori, pul-kredit siyosati operatsion mexanizmining samarali ishlashini ta’minlovchi bozor instrumentlari to‘plami, shu jumladan, kredit va depozit auksionlari, overnayt depozit va kreditlar joriy etiladi hamda zarur hollarda Markaziy bank obligatsiyalari muomalaga chiqariladi;
ichki valyuta bozorini rivojlantirish strategiyasiни ishlab chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bunda tijorat banklarining valyuta kursi shakllanishida market-meyker sifatidagi rolini bosqichma-bosqich oshirib borish, valyuta intervensiyalarini o‘tkazishga bo‘lgan yondashuvni takomillashtirish, shuningdek, hosilaviy instrumentlarni (svop, opsion va fyucherslar) joriy etish masalalari inobatga olingan;
imtiyozli kreditlash amaliyotini bozor tamoyillari asosida qayta ko‘rib chiqish orqali kredit bozoridagi segmentatsiya darajasi pasaytirib boriladi;
tahliliy-prognozlash salohiyatini oshirish sohasida:
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish tizimi (FPAS) va zamonaviy modellashtirish instrumentlari joriy etiladi;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari va inflyatsiya omillariни empirik modellar asosida doimiy o‘rganib borish uslublari ishlab chiqiladi.
kommunikatsiya siyosatini takomillashtirish sohasida:
keng jamoatchilik va biznes vakillariga inflyatsiyaning asosiy omillari va pul-kredit siyosati choralarining o‘z vaqtida yetkazilishini ko‘zda tutuvchi kommunikatsiya siyosatiнинг zamonaviy tamoyillari ishlab chiqiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |