Pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari
Markaziy bank 2020 va 2021−2022 yillar uchun pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarini e’lon qildi. 2020 yilda YAIM o‘sish sur’atlari 5,2−5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,5−5,8 foizgachani tashkil etishi prognoz qilinmoqda.
Iqtisodiy rivojlanishning asosiy ssenariysiga ko‘ra 2020 yilda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmining real o‘sishi 5,2−5,5 foizni tashkil etishi, 2021−2022 yillarda 5,5−5,8 foizgacha tezlashishi prognoz qilinmoqda. O‘zbekiston Markaziy banki e’lon qilgan Inflyatsion targetlashga o‘tish orqali pul-kredit siyosatini amalga oshirishning 2020 yil va 2021−2022 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bayonotda bu haqda so‘z boradi.
Avvalroq e’lon qilingan «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasida 2020 yilda sof YAIM o‘sish sur’atlari 5,5 foiz, 2021−2022 yillarda esa 5,8−6,2 foiz darajasida prognoz qilingan edi.
Markaziy bank 2020 yilda inflyatsion targetlashga o‘tishi haqida ham xabar berilgan edi. Inflyatsiya darajasini 2021 yilda 10 foizgacha pasaytirish hamda 2023 yilda 5 foiz darajadagi doimiy inflyatsion maqsadni (target) o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Tijorat banklari tomonidan iqtisodiyotga ajratiladigan kreditlar qoldig‘ining o‘sish sur’atlari YAIM nominal hajmini o‘sish sur’atlariga mutanosib ravishda, jumladan, 2020 yilda 20−25 foiz atrofida (valyuta kursi o‘zgarishlarini hisobga olmaganda) bo‘lishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |