Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Banklarning trast(ishonch) va komission operatsiyalari


Download 466.57 Kb.
bet5/15
Sana05.01.2022
Hajmi466.57 Kb.
#209588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.

1.2.Banklarning trast(ishonch) va komission operatsiyalari

Banklar komission operatsiyalarni ham qiladilar, ya'ni o’zlarining mijozlari hisobiga har xil topshiriqlarni bajaradilar. Bunday buyruqlar bir mamlakat ichida yoki bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga pulni ko’chiradilar. Bu pul ko’chirish operatsiyalarida banklarda mijozning hisob raqami ochilgan va shartnoma tuzilgan bo’lishi hisobiga ko’rsatilgan adresga pulni ko’chirishga topshiriq beriladi, pul ko’chirilganligi to’g’risida mijozga hujjat beriladi, bajargan ishi uchun bank ma'lum miqdorda pul oladilar.

Akkreditiv operatsiyasida bank mijozdan topshirigni pulni to’lash bo’yicha oladi va III shaxsga o’tkazib qo’yishga topshiriq beradi yoki akkreditiv ochilgan foydasiga bo’lsa. Bu operatsiyalarga ma'lum shartlar bo’lishi shart.

Inkassa operatsiyasi – bu cheklar bilan, veksellar bilan tovar hujjatlari bilan va qimmatbaho qog’ozlar bilan amalga oshiriladi.

Omiling operatsiyasi – bu vositachilikka kiradi, bank vositachilik qilib, inkassadagi schyot–fakturalarni to’laydi va shu hisobdan foiz oladi.

Ishonchli operatsiyalar – bank mijozning topshirig’iga asosan, o’ziga ma'lum mulklarni saqlashini, boshqalarga o’tkazishni, boshqarishni o’z ustiga oladi.

Trast operatsiyalari – mulklarga egalik shaklining rivojlanishi yoki bor bo’lgan aksiyalar, obligatsiyalar va pul mablag’lariqa egalik qilish. Tijorat banklari o’z resurslarining ko’payishi bilan ishonchli trast operatsiyalarini kengaytiradi. Bunda trast departiment aktiv rol o’ynaydi. Banklar trast operatsiyalarini yuridik va jismoniy shaxslarga olib boradi. Trast fondlar alohida shaxslar va tashkilotlarning mulki hamda qimmatli qog’ozlarni ishonchnomalar orqali boshqarish maqsadida tuziladi, mulkni ishonib topshiruvchilarning o’zlari moliya biznesining nozik tomonlari tushunmaganliklari sababli trast kompaniya bilan shartnoma ahdnoma tuzadi, unga hayot davrida yoki merosxo’rlar foydasiga o’z aktivlarini boshqarishni topshiradi, trast kompaniyalar yirik korporatsiyalarning qimmatli qog’ozlarini ham boshqaradi. Trast kompaniyalar o’z operatsiyalarining xususiyatiga ko’ra banklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham, uni «yarim bank» deyishadi. Trast kompaniyalarining barcha aktivlari uch guruhga bo’linadi. Ularning har birini ko’rib chiqamiz.

A) Kompaniya fondlari, ular trast kompaniyalarining o’z aksiya mablag’larini hamda taqsimlanmagan foydani qamraydi. Foyda esa ko’rsatilgan. Xizmat uchun vositachilik tushumlari hamda trast kompaniyalar investitsiyalaridan keladigan daromad summasidan iborat mablag’dan tashkil topadi.

B) Kafolatli fondlar – bular ishonchnomalar asosida qabul qilingan fondlardir. Trast kompaniyalari mulkdorlarga foiz shaklida daromad olishini kafolatlaydi.

V) Meros, agentlik va trastfondlari – meros trast biznes rivojlanishining dastlabki bosqichini o’z ichiga oladi. Odatda, ko’chmas mulk bo’lib, uni trast kompaniya mulkdorining merosxo’r manfaatlari yo’lidagi vasiyati asosida boshqaradi.

Agentlik vazifalari qimmatli qog’ozlarining yakka tartibdagi majmuasini saqlash yoki boshqarish, kompaniyalarning aksiyalari va obligatsiyalarini o’tkazishdan iborat. Trast fondlar aniq maqsadlar uchun ish olib boradi, bu ularning yuksak darajadagi turganligini belgilaydi.

Kredit berishni tashkil qilish. Hamma masalalarni tijorat banklari mijozlar bilan shartnoma asosida hal qiladilar, ya'ni kreditni rejalashtirish, bank xizmatlariga to’lash va sharoitlarni aniqlash masalalarini hal qiladilar.

Bank kreditlari yuridik va jismoniy shaxslarga tashkil qilingan o’zining va qarzqa olingan resurslari hisobidan beriladi: o’zining puli, mijozlarning hisob schyotidagi, joriy schyotidagi, muddatli va boshqa schyotlardagi banklararo kredit mablag’lari, qimmatbaho qog’ozlarni chiqarishdan tushgan mablag’lar.

Mijoz kredit olish uchun qo’llanmada ko’rsatilgan hujjatlarni bankka beradi, lekin har bir mijozning moliyaviy ahvoliga beriladigan hujjatlarning bir qismini talab qilmasligi ham mumkin, ya'ni yaxshi ishlaydigan korxonalar uchun beriladigan zaruriy hujjatlar:

-korxona balansni har oyga va chorak sanalariga.

-qarz oluvchi korxona to’lovlari va tushumlari grafigi.

-texnik-iqtisodiy hisobotlar.

-shartnomaning nusxasi.

-kredit to’g’risidagi ma'lumot.

-tashkil topgan hujjatlarning nusxasi.

-ssuda schyotini ochish uchun beriladigan hujjatlar.

-ssuda olish uchun qarzlanuvchi tomonidan to’ldirilganligi arizasi.

-imzo nusxasi qo’yilgan qog’oz va pechat nusxasi.

-bank ssudasini ta'minlanganligi haqida hujjatlar, ya'ni garovga olingan xat, shartnoma, mulklarni garovga olinishi.

Berilgan kredit bank tomonidan nazorat qilinadi.



Download 466.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling