Mavzu: banklar ularning turlari va kredit tizimidagi roli


Download 466.57 Kb.
bet2/15
Sana05.01.2022
Hajmi466.57 Kb.
#209588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR ULARNING TURLARI VA KREDIT TIZIMIDAGI ROLI.

MUNDARIJA:
KIRISH

ASOSIY QISM

  1. BOB BANK TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI

    1. . Banklarining paydo bo’lishi tarixi

1.2. Banklarning trast(ishonch) va komission operatsiyalari

1.3. O’zbekistonda Markaziy bankning vazifalari va operatsiyalari



II. KREDIT TIZIMI.

2.1. Kredit tushunchasi

2.2. Krеdit tizimi haqida tushuncha va uning tarkibiy qismi

2.3. Krеditning mоhiyati va zarurligi.



XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bank-moliya tizimida izchillik bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar ushbu soha istiqbollarini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etgani va rivojlanishning yangi bir bosqichiga o‘tishga zamin hozirlagani tizimda kuhim rol o`ynadi. Istiqlol yillarida banklar aynan yirik loyihalarning tashabbuskori bo‘lib, korxonalarning faoliyat rivoji yo‘lida ularni faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlamoqda hamda bunday moliyaviy va investitsiyaviy ko‘mak natijasida O‘zbekistonda iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyoti hamda jamiyat ijtimoiy hayotida muhim bo‘lgan ob'yektlar barpo etilmoqda.



Bugungi kunda bank tizimi Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy ko’rsatkichlarining o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.

Mamlakatimizda bank-moliya tizimini mustahkamlash va sifat jihatidan yaxshilashga, shuningdek tijorat banklarining iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’lishiga hamda ularning yirik investitsiya institutlariga aylanishiga alohida e’tibor berilmoqda. CHunki mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko’p jihatdan bank-moliya tizimining samarali faoliyatiga bog’liqdir.

O’zbekiston bank tizimida olib borilayotgan izchil va maqsadli islohotlar uning nafaqat jahon moliyaviy inqirozining salbiy ta’siri va oqibatlaridan ishonchli tarzda himoyalanishiga, balki banklar faoliyatida muhim va sifat o’zgarishlarga erishish, iqtisodiyotning real sektorini kreditlash hajmini kengaytirish hamda bank va moliya xizmatlarini ko’rsatish darajasini tubdan yaxshilash imkonini berdi.

Mamlakatimiz bank tizimining barqaror va ishonchli faoliyat yuritishi, uning jahon moliya bozoridagi nufuzi ortib borishi, shuningdek mamlakatimizni modernizatsiya qilish yo’lidagi dadil qadamlarimiz dunyo jamoatchiligi, shuningdek, qator nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda.




Download 466.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling