Mavzu. Biznes faoliyatining turlari va shakllari


Download 223.17 Kb.
bet24/25
Sana07.04.2023
Hajmi223.17 Kb.
#1337362
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
2-maruza

7. Maslahat tadbirkorligi
Maslahat xizmatlarining mohiyati va bosqichlari. Ma’lum bir sohada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi kishiga maslahatchi deyiladi. Chet ellarda boshqaruv bo‘yicha pulli maslahat konsalting deb yuritiladi. Iqtisodiyot va boshqaruv bo‘yicha Yevropa Federatsiyasi Maslahatchilar Assotsiatsiyasining ta’rificha menejment-konsalting boshqaruv bo‘yicha muammo va imkoniyatlarni aniqlash, ularga baho berish, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda holisona maslahat berish hamda yordam ko‘rsatishdir.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda mablag‘larni maslahatli xizmat shaklida intellektual kapitalga kiritish yangi uskuna yoki ilg‘or texnologiyalarni sotib olishga ketgan mablag‘lar bilan tengdir. Mablag‘lar ishlatishning ushbu ko‘rinishi bizning mamlakatimizda endi amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishda intellektual imkoniyatlardan iqtisodiyot va boshqaruv sohalarida to‘laligicha foydalanish yaxshi samara beradi. Ko‘p korxonalar o‘zlarining intellektual imkoniyatlari-dan to‘la va samarali foydalanmaganligidan bozor iqtisodiyoti sharoitida qiyin axvolga tushib qolganlar. O‘z vaqtida maslahatchilar yordamidan foydalangan ra’barlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida iqtisodiy samaraga erishganlar.
Konsalting xizmatlari bir martali maslahat ham bo‘lishi mumkin. Lekin ular konsalting loyi’a shaklida bo‘lib quyidagi asosiy bosqichlarni qamrab oladi:

  • muammolarni aniqlash (diagnostika);

  • loyihani ishlab chiqish;

  • loyihani amalga oshirish.

Loyihaning hajmiga qarab yakuniy bosqich bir necha kundan bir necha oygacha cho‘zilishi mumkin. Ba’zida mijozlar bilan ish olib borish ko‘p yillar davom etadi.
Maslahat uslublari. Maslahat uslublari turli xil bo‘lishi mumkin. Maslahatning uch turi - ekspertli, jarayon va o‘rgatuvchi maslahatlar keng qo‘llaniladi.
Ekspertli maslahatkonsaltingning eng passiv shaklidir. Maslahatning bu turida maslahatchi diagnostika, qaror qabul qilish va ularni joriy etishni mustaqil ravishda amalga oshiradi. Mijoz esa bunday hollarda maslahatchiga kerakli axborot yetkazib berishi zarur bo‘ladi.
Jarayon maslahatida— loyihani ishlab chiqish bosqichlarida konsalting firma maslahatchilari mijoz bilan faol ish olib borib, yuzaga kelgan muammolarni hamkorlikda tahlil qiladi va kerakli takliflar beradi.
O‘rgatuvchi maslahatida — mutaxassislarning asosiy maqsadi hoyalarning yuzaga kelishi, yechimlar qabul qilish uchun asos tayyorlashdir. Shu maqsadda mijozlar uchun maruzalar o‘qiladi, seminarlar o‘tkaziladi, o‘quv qo‘llanmalari ishlab chiqiladi. Umuman olganda mijozlar kerakli nazariy va amaliy axborotlar bilan ta’minlanadi. Amalda esa yuqoridagi har bir maslahat turlari sof holda qo‘llanilmaydi, ular kombinatsiyalashgan shaklda uchraydi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda konsalting xizmati ko‘p yillar mobaynida bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining muhim elementlaridan hisoblanadi. Konsalting xizmati statistika tomonidan maxsus tarmoq deb tan olingan. AQSHda ushbu tarmoqda 700 ming kishi band bo‘lib, uning bir yillik xizmat hajmi 50 mlrd. dollarni tashkil qiladi.
Konsalting xizmatlari turli xil bo‘lishi mumkin. Menejment bo‘yicha Yevropa maslahatchilar ma’lumot-ko‘rsatikichida 84 turdagi konsalting xizmatlari ko‘rsatilgan. Ular quyidagi 8 ta guruhga bo‘lingan: umumiy boshqaruv, maomurchilik, moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqaruvi, marketing, ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, maxsus xizmatlar. Konsalting firmaning mijozlarni jalb etish usullari. Maslahat beruvchi bozorning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi firmalar o‘z tovari, o‘z xizmat namunasini ko‘rsatish imkoniga ega emas. SHuning uchun ular faoliyatida mijozlarni jalb etish muammosi turadi.
Mijozlarni jalb etish usullari turli xildir. Bunga o‘z imkoniyatlarini tashviыot qilish, reklama qilish, vositachilar yordamida mijozlarni jalb qilish, firma haqida ijobiy fikr bildirgan oldingi mijozlar takliflaridan foydalanish kiradi.
Eng sodda va eng keng qo‘llaniladigan usul - reklama qilishdir. Firma o‘z imkoniyati, xizmat ko‘rsatishning taxminiy narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalar haqida turli xildagi reklama ma’lumotlarini va reklama e’lonlarini tarqatadi. Mijozlarni jalb qilishda vositachilar yordamidan keng foydalaniladi. Vositachilar sifatida o‘z rahbarining ishonchini qozongan firma xodimlari bo‘lishi mumkin. G‘arb mamlakatlarida bunday vositachilarni topish uchun maxsus uslublar ishlab chiqilgan. Bu maqsadlar uchun alohida mablag‘lar ajratiladi.
Albatta, maslahatchi firmaning obro‘sini belgilab beruvchi omil - bu o‘tmishda muvaffaqiyatli olib borilgan faoliyatdir. Yirik, hatto o‘rta miyona firmalarning ijobiy tavsiyasi - eng yaxshi reklamadir.
Maslahatchi - firmaning obro‘yi maslahatga buyurtma olishni ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Vizit kartochka, prospekt, ofisdagi yaxshi axvol, firma xodimlarining tashqi ko‘rinishi, yaxshi muomalasi buyurtmachining shu maslahatchi - firma bilan hamkorlik qilishi haqidagi qaroriga ijobiy taosir ko‘rsatadi.
Umuman firmaga maslahatchilar kerakmi? O‘zbekiston iqtisodiyotini tiklanish vaqtida, baozi korxonalarda tubdan islo‘otlar olib borilayotgan davrda, nihoyatda ko‘p muammolar yuzaga kelmoqda. Shu muammolarni oqilona yechish uchun maslahatchilar salo‘iyati oshib borishi aniq. Shu bilan birga moliyaviy imkoniyat cheklanganligi tufayli maslahatchilarni firmaning u yoki bu muammolarini yechish uchun taklif qilish maqsadga muvofikdir. Muammolarni yechishni eng asosiy muammo - korxonaning strategik rivojlanish muammosini yechishdan boshlash kerak. Ana shundan keyin marketing, innovatsion imkoniyat va boshqa muammolarni hal qilishga o‘tish kerak.

Download 223.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling