Ommaviy (davlat) mulkka asoslangan korxona unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxona o‘ziga biriktirib qo‘yilgan mulkka nisbatan mulkdor tomonidan mulk huquqi berilmagan tijorat korxonasidir. Faqat davlat va munitsipial korxonalar unitar korxona bo‘ladi. Bunday kor-xonaga davlat yoki munitsipial tuzilma (mulkdor) tomonidan biriktirib qo‘yilgan mol-mulk uning foydalanishida yoki operativ boshqaruvida bo‘ladi. SHunga muvofiq unitar korxona ikki turga bo‘linadi:
Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan korxona: Unga biriktirilgan mol-mulkdan xo‘jalik yuritishda foydalanish huquqi beriladi; foydalanish huquqi deganda mol-mulkning foydali xossalarini topish, ularni amalda qo‘llab, samara yoki daromad olish imkoniyati tushiniladi;
Operativ boshqaruv huquqiga asoslangan korxona: operativ boshqaruv huquqi deganda mulkdor bilan korxona, (korxonalar) o‘rtasida unga biriktirib qo‘yilgan mol-mulkka egailk qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha yuridik tartib-qoidalar tushiniladi.
Tadbirkorlik, shuningdek, aralash mulkka asoslangan bo‘lishi ham mumkin. Masalan, ayrim davlat korxonalarida xususiy mulk, ayrim aktsiyadorlik jamiyatlarida esa davlat mulki ishtirok etadi, ayrim qo‘shma korxonalar ham aralash mulk shakllariga asoslangan.
Shuni tahkidlab o‘tish joizki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida uning asosiy qismi xususiy sektorda mu-jassamlangan. Hozirgi paytda respublikada mavjud korxonalarning 95 foizidan ko‘prog‘i xususiy mulkka va faqat 5 foiziga yaqini davlat (ommaviy) mulkka asoslangandir.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat miqyosiga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi: kichik, o‘rta, yirik tadbirkorlik. Tadbirkorlikni bunday turlarga ajratishda asosiy mezon sifatida ishlovchilarning o‘rtacha yillik soni olingan. Ana shu mezon bo‘yicha respublikada korxonalar quyidagi turlarga bo‘linadi.
1. Mikrofirma - mulkchilik shaklidan qathiy nazar, o‘rtacha yillik ishlovchilari soni quyidagi miqdorgacha bo‘lgan mo‘jaz korxonalar:
ishlab chiqarish, sohasida - 20 kishigacha;
savdo,xizmat ko‘rsatish va boshqa noishlab chiqarish sohalarida -5 kishigacha.
Do'stlaringiz bilan baham: |