Uyga vazifa: Har doim yol harakati qoidalariga rioya qilish
Darsimizni yakunladik, xayr, sog‘ bo‘ling.
“Ko’rildi”
O’IBDO’: ____________________ O. Xolmatova
Fan: Yo’l harakati qoidasi Sana: ________________________
Mavzu: Bizning ko’cha
Darsning maqsadi:
ta’Iimiy: o’quvchilarni mahalla, manzil, ko’cha,do’kon bog’cha, maktab atamalari bilan tanishtirish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish;
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
rivojlantiruvchi: hamma uchun eng muhim va oddiy bo’lgan yol harakati qoidalarini bilish, zarur yo’l belgilar haqidagi tushunchalarini rivojlantirish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: АКТ, yo’l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davornatini aniqlash.
Bolalar hozir qaysi dars?
O'quvchilar: Hozir bizda yo’l harakati qoidasi darsi.
III.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bolalar! Ko'cha deb ikki chetiga turli binolar qurilgan, odamlar, avtomobillar va boshqa transport vositalari harakat qilishi uchun mo'ljallangan joyga aytiladi.
Bunday ko'chalar juda ko‘p. Bu ko'chalarni adashtirib yubormaslik uchun ularning harqaysisiga nom berilgan.
Ko'chaning transport va piyodalar qatnaydigan qismi yo'l deyiladi.
M ana bu bizning ko'cha. Yo‘lning qatnov qismidan avtomobillar yurmoqda, trolleybus va tramvaylar harakatlanmoqda. Yo'lkalar piyodalar bilan gavjum. Ular chorrahadagi piyodalar uchun ajratilgan o'tish joylaridan o'tmoqdalar.
Ko'chadagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun maxsus qoidalarga rioya qilish zarur. Transport haydovchilari va piyodalar bu qoidalarni bilishlari kerak.
Aziz kichik do'stim! Bu qoidalarni Sen ham juda yaxshi bilishing va ularga rioya qilishing zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |