Mavzu: Bizning maktabga boradigan yo’l Darsning maqsadi: ta’Iimiy


Download 5.77 Mb.
bet23/23
Sana03.12.2023
Hajmi5.77 Mb.
#1798580
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
yol harakati dars ishlanmasi

IV. Dam olish daqiqasi: Bo’g’irsoq ertagiga sayohat.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Chorraha nima?
2. Corrahalar necha turli bo’ladi?
VI. Darsni yakunlash:
Daras davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadilar.
VII.Uyga vazifa: Corraha rasmini chizish.

O’IBDO’: __________________ O. Xolmatova.


Fan: Yo’l harakati qoidasi Sana: ________________________


Mavzu: Mustahkamlash
Darsning maqsadi:
ta’Iimiy: o’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash;
tarbiyaviy: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
rivojlantiruvchi: o’quvchilarning olgan bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: Mustahkamlovchi, nazorat darsi.
Dars jihozi: savollar, yo’l harakati qoidalariga oid ko‘rgazmalar, rasmlar.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism:
Salomlashish.
Navbatchi axborotini tinglash.
O’quvchilar davornatini aniqlash.
III.Yangi mavzu bayoni:
Nazorat darsi ekanligi tushuntiriladi.
Savollar

  1. Dinara bekatda avtobusdan tushdi-da, tezlik bilan uning orqasidan o‘tib ketdi. U to‘g‘ri qildimi? Nima uchun?

  2. Chorrahada turgan yo’l harakatini tartibga soluvchi qo'lini ko'targan edi, Madina yo’lni kesib o‘ta boshladi. U to‘g‘ri qildimi? Yo‘l harakatini tartibga soluvchining bu holati svetoforning qaysi rangli ishorasiga mos keladi?

  3. Umar Abdullayev yurib ketayotgan tramvayga osilib chiqmoqchi bo‘ldi, ammo tutqichdan ushlayolmay yiqildi va qattiq shikastlandi. Ayting-chi, nima uchun shunday voqeasodirbo‘ldi?

  4. Avtobus bekatga kelib to‘xtadi. Haydovchi eshikni ochishi bilan yo‘lovchilar orqa va old eshiklardan tusha boshladilar. Bu to‘g‘rimi?

  5. Harakat boshqarilmaydigan yo‘lni qanday kesib o'tish kerak?

  6. Yo‘lka bo'lmagan ko'chalarda piyodalarqayerdan yurishlari kerak?

  7. Yo‘lkadan yurib ketayotganda qanday yo‘l ko‘rsatkichlariga e’tibor berish kerak?

  8. Kimlarga velosipedda yurish ruxsat etiladi?

  9. Qaysi hollarda velosiped haydash mumkin emas?

  10. Harakat xavfsizligi uchun velosiped qanday jihozlanishi kerak?

  11. Svetoforning qizil, sariq, yashil ishoralari nimani bildiradi?

  12. O’quvchilar tramvay, trolleybus, avtobuslarda ketayotganlarida kattalarga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?

  13. Yo‘l harakati qoidalarini buzayotgan bolalarni ko'rganda o‘quvchilar nima qilishlari kerak?

JAVOBLAR

  1. Dinara bekatda avtobusdan tushgach, uning orqa tomonidan o‘tib to‘g‘ri qildi. Ammo, Dinaraning tezlik bilan yo'lni kesib o'tishi to‘g‘ri emas. U avtobusning orqa tomonidan piyodalar uchun ajratilgan o‘tish joyidan shoshilmay, svetoforning ishoralariga amal qilgan holda o'tishi kerak edi.

  2. Madina noto‘g‘ri harakat qildi, chunki yo‘l harakatini tartibga soluvchining qo'lini yuqori ko‘targan holati svetoforning sariq ishorasiga mos keladi. Bunday holat piyodalarning yo‘ldan o‘ta boshlashini taqiqlaydi.

  3. Umar Abdullayev noto‘g‘ri harakat qildi va shuning natijasida hayotini xavf ostida qoldirdi. Tramvay va boshqa transport vositalari yurib ketayotgan vaqtda unga chiqish va tushish aslo mumkin emas. Chunki, bunda yiqilib tushib, transport ostida qolish xavfi bor.

  4. Haydovchi eshikni ochgandan so‘ng yo'lovchilar transportdan tushishda qoidaga rioya qilmadilar. Ular transportning old eshigidan tushishlari shart edi.

Harakat boshqarilmaydigan yo'lda piyoda yo'lni kesib otishdan oldin chapga qarashi, agar transport kelmayotgan bolsa, yo'lning ortasigacha kelishi va ong tomonga qarashi kerak, transport yoqligiga ishonch hosil qilgach, yoldan kesib o'tishimumkin.

  1. Yo'lka bolmagan joylarda piyodalar yolning chekkasidan, transportlarga xalaqit bermay, aholi yashaydigan joylarda transport harakatlanayotgan tomonga, aholi yashamaydigan joylarda esa transport harakatlanayotgan tomonga qarshi harakatlanishlari kerak.

  2. Yolkadan ketayotganda “Avtomobildan saqlaning” degan ko'rsatkichga qarash kerak. Shunday ko‘rsatkich osib qo'yilgan joylarda ehtiyot bo'lish kerak.

  3. 14 yoshdan oshgan barcha fuqarolarga yo'llarda velosiped haydashga ruxsat etiladi. 14 yoshga to‘lmagan bolalar faqat yopiq maydonlarda (hovli, atrofi o‘ralgan joylarva h.k.) velosiped haydashlari mumkin.

  4. Yo‘lka, bog‘, saylgoh va xiyobonlardagi yo'lkalarda, tramvay yo'llarida, velosipedda yurishga ruxsat etilmaydi. Ikki qator bolib, bir-biridan o'zib, rulni ushlamay, transportga osilib yurishga, bir o‘rinli velosipedda ikki kishining yurishiga ham ruxsat etilmaydi.

  5. Velosipedning tormozi, qo‘ng‘irog‘i bekam-u ko‘st ishlashi, qorong‘i tushganda foydalanish uchun oldingi va orqa tomonidagi qizil rangdagi chiroqchasi bolishi kerak.

  6. Svetoforning qizil ishorasida piyodalar yo‘lni kesib o'tmasliklari, sariq ishorada yo‘ldan o‘tmasdan kutib turishlari va yashil ishorada yo‘ldan kesib o'tishlari kerak.

  7. Tramvay, trolleybus, avtobuslarda ketayotgan o‘quvchilar nogiron, keksa kishilarga, bolali ayollarga, o‘zidan kattalarga joy berishlari, xushmuomala bo'lishlari kerak.

  8. O’quvchilar yo‘l harakati qoidalarini buzish xavfli ekanligini tushuntirishlari kerak.

Yo‘l harakati qoidalari barcha uchun qonundir.

  1. Darsni yakunlash:

Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi, o’quvchilar baholanadilar.

  1. Uyga vazifa: Yozgi ta’tilda yo’l harakati qoidalariga rioya qilish.


O’IBDO’: ______________ O. Xolmatova
Download 5.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling