Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja


Vasldin so'z derga yo'q, yoro manga


Download 122 Kb.
bet11/15
Sana17.10.2023
Hajmi122 Kb.
#1706553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.


Vasldin so'z derga yo'q, yoro manga,
H ajr aro rahm aylagil, yoro manga.
0 ‘qung yetti ko'p yomon yoro manga,
M ahram i Iutfimg bila yoro manga.

Bobur Mirzoning boshqa tuyuqlari singari ushbu she’ri ham oshiqona
mavzuda ijod etilgan. Uning an’anaviy tuyuqlardan (odatda, tuyuq a-ab-a tarzida qofiyalanadi) farqi har to'rtala misrasining ham o'zaro tajnisli
qofiyalanganligidadir. Tuyuqda oshiqning ruhiy holati o'z ifodasini topgan
bo'lib, shaklan bir xil bo'lgan to'rt so'z uning she’rxon ko'z o'ngida
yanada aniq gavdalanishiga bois bo'lgan. Qofiyalanuvchi «yoro» so'zi ilk
misrada «majol, quwat», ikkinchi misrada «ey yor», uchinchi misrada
«yarn, jarohat» so'nggi satrda esa «yara, yordam ber» ma’nosida qo'llangan.
She’r qahramoni vasldan so'z aytishga majoli yo'qligini «yoro» so'ziga
uig'u berish bilan badiiy ifoda etadi. Keyingi misrada hajming iztirobli
qiynoqlariga dosh berolmasligiga amin bo'lgan oshiq yoridan rahm aylashni
o'tinadi. Uchinchi misrada esa oshiqning ma’shuqa o'qidan yomon
yaralanganligi o'z ifodasini topgan. Yom ing o'qi—uning nigohlari,
oshiqning yaralangan uzvi esa - shubhasizki, uning qalbidir. Qalbdagi
jarohatni bartaraf etish uchun yoming oshiqqa yaqinlik va lutf ko'rsatishi
yordam bo'la oladi. Ko'rinadiki, shoir oshiqning hajr iztiroblaridan ozurda
bo'lgan ko'ngil kechinmalarini tuyuqning janriy xususiyatlaridan mahorat
bilan foydalanib badiiy ifoda etgan. Tuyuqning bu turi birmuncha murakkab
bo'lib, u shoirdan to'rt misrasi ham tajnisli so'z qo'llashni talab etadi.
Buning uchun ijodkor tildagi shakldosh so'zlaming turli ma’nolarini
teran tushinmog'i lozim. Bobur Mirzo ana shu talablarga javob beradigan
shoirgina emas, balki undan ham ancha yuqori turadigan ijodkor edi. Bu
hoi uning qalami mahsuli bo'lgan ruboiy va tuyuqlarida ham yaqqol
namoyon bo'ladi. Shoir ruboiylari o'zining purma’noligi hamda
taxallusning turli satrlarda qo'llanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Umuman olganda, shoir o'zbek mumtoz adabiyotida har ikkala kichik
janming ravnaq topishiga munosib hissa qo'shdi.


2.2. «Bobumoma»-qomusiy asar

Download 122 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling