Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja
Jonim din o'zga yori vafodor topmadim
Download 122 Kb.
|
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.
Jonim din o'zga yori vafodor topmadim, Ko'nglumdin o'zga mahrami asror topmadim. Shoir ko'nglida tug'yon urgan yolg'izlik hissi alam lari, «dahri dunparvar»ning ko'rsatgan jafolaridan afloda hoi bo'lib qolgani, qalbi «bu olamning safo»si borligiga shubha bilan qaraganini «Qoldim u?» radifli hasbi hoi ruhida yozilgan mashhur g'azalida badiiy ifoda etadi. Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida ham ruhiga qattiq ta’sir ko'rsatgan qismat «o'yin»laridan no lib, o'z holini bayon etish holatlari kuzatiladi. Bu — tabiiy. Ayni mavzu boshqa ijodkorlaming oshiqona g'azallarida ham qaysidir ma’noda o'z ifodasini topganligini kuzatish mumkin. Biroq Bobur M irzoning oshiqona g'azallarida hayotiy voqelikdan ko'p jabr ko'igan hukmdor-shoir siymosi shu qadar yorqin gavdalanadiki, she’rxon beixtiyor uning qiyofasini ro'parasida ko'rgandek bo'ladi: M ening ko'nglum ki, gulning g‘unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘Isa, ochilm og'i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog* gashtin orzu qilsam, Ko'zumga o'qturur sarv-u ko'ngulga g'uncha paykondur. Shoir ko‘nglini g'unchaga tashbeh etarkan, uni yashil pardalami yorib, endi jam olini ko‘z-ko‘z qilishga hozirlik ko'rayotgan «tah-batah» qizil yaproqlari bilan qonga evrilgan qalbi orasida o‘xshashlik borligiga diqqatni jalb etadi. Baytda g'unchadagi go'zallik bilan jabr-sitamlardan qon yutgan ko'ngul o'rtasida o'zaro zidlik hosil qilingan. Bu qaramaqarshilikning paydo bo'lishida har ikkala o'xshashlikdagi qizil rang asos bo'lib xizmat qilgan. Keyingi misrada tazod yanada tadrijiy rivojlantirilgan. G'unchaning bahor kelishi bilan sekin-asta ochilib gulga aylanishi tabiiy, biroq she’r qahramonining ko'ngli yuz-ming bahor kelsa ham ochilishi— shodlanishi imkonsizdir. Keyingi bayt oshiqona mohiyat kasb etib, unda yigitning ma’shuqasiga bo'lgan sadoqati «o‘q»-«sarv», «g'uncha»- «раукоп» tashbehi vositasida badiiy ifoda etilgan. Bobur Mirzo g'azaliyotida borliq go'zalligidan zavqlanish, o'lchab berilgan ummi behuda sarflamaslikka da’vat ruhida yozilgan g'azallar ham uchraydi: Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling