Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja
H ajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha
Download 122 Kb.
|
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.
H ajr o‘lturdi meni, anglasam erdi muncha, D o'stlar, yordin ayrilm as edim o'lguncha. Zohido, do'zax o‘tindin meni ne qo‘rqutasen, H ajr o 'ti qoshinda ko'rmasmen ani uchquncha, U l Quyosh mehrini b ir zarra manga ko'rguzmas, Kavkabi ashk to'kub bo'Isam garduncha. Husnda ortuq agar bo'lsa yuzi Laylidin, M en taqi bormen aning ishqida yuz Majnuncha. Rindlar olida hayvon suyini ko'p o'kasen, Ey X izr, bormu ekin ul su mayi gulguncha. Boburo, she’ringga gar solsa quloq, ul shohing, B o'lg'usidur so'zungga qadr duri maknuncha. Bobur M irzo she’riyatida yorqin namoyon bo‘lib turuvchi fazilatlardan biri shundaki, shoir so'zlaming turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanadi. Yuqoridagi g'azalning matlaidayoq shunday holat ko'zga tashlanadi. Ijodkor «Hajr o‘ti o'lturdi meni» deganda, she’r qahramonining ayriliq azobidan afgor bo'lishi, tanining majruhlanib tamomila holdan toyishini nazarda tutadi. Zero, o'lgan odamning o'z qotili hajr ekanligini «anglashi» mantiqqa zid, shuningdek, hajr o'tidan nolib do'stlariga «o'limi» sababini bayon qilishi ham o'sha hayotiy tamoyilga mos emas. Aksincha, ikkinchi baytda hajr va do'zax o'tining o'zaro muqoyasasi asosida oshiq ruhiy holatidagi aftodalik tasvirining she’rxon ko'z o'ngida yorqin gavdalanishiga erishish shoir mahoratining yana bir olm os qirrasidir. M azkur baytda zohidga murojaat etilishidan ayonlashadiki, Bobur M iizo she’riyatidagi asosiy qahramon hisoblangan oshiqning himmati baland. Uning nazarida hajr o'ti oldida do'zax o'ti bir uchquncha ham emas. Zohid do'zax azobidan qo'rqqani bois jannat tamaida toat-ibodat bilan mashg'ul bo'lsa, she’r qahramoni hajr azobidan zaiflashib nochor bir ahvolga tushgan bo'lsa ham, ma’shuqa diydoridan bahra olishdan u m id in i uzm aydi. Shu bois u ch in ch i baytda tasvirlanganidek, oshiq Quyoshdan ayri tushgan gardunday ko'z yosh yulduzlarini to'kib o'rtansa ham, uning ma’shuqasi-Quyosh esa zarracha bo'lsin mehr ko'rsatishni istamaydi. Baytda qo'Uangan Quyosh, kavkab, gardun timsollari insonga xos ma’naviy hamda tabiiy hodisalar orasida ijodkor tomonidan ajib bir mutanosiblik kashf etilganidan dalolat beradi. Gardun ma’shuqasi Quyoshning mehrini (jamolini) ko'ra olmagani bois tunda kavkabmisol yoshlarini to'ksa, oshiq shunday iztirobni ma’shuqasi hajrida boshidan kechiradi. Quyoshni ma’shuqa ma’nosida qo'llash shoiiga istiora asosida hayotiy tamsilni she’r qahramoni holatiga tashbeh qilish imkonini yaratadi. Natijada baytda hosil qilingan hajming mubolag'ali tasviri she’rxon tuyg‘ularini jumbushga keltiradi. To‘rtinchi baytda yor go‘zalligi Laylidan ortiq darajada ko'rsatilsa, uning ishqida yongan oshig'i ham yuz Majnun bilan raqobat qila olishga qodir timsol maqomida ishqda sobit bo'la olishi badiiylashtirilgan. Keltirilgan talmeh ishq yo'lida Majnun bilan hammaslak bo'lgan she’r qahramonining o‘m i kelganda hajr iztiroblarini nazaiga ilmay maslakdoshini ham ortga qoldira olish fazilatiga ega ekanligini badiiy ifodalashga xizmat qildirilgan. Beshinchi baytda qo‘llanilgan Rind va Xizr timsollari ishqning muqaddasligini she’rxonga yanada teranroq anglatishga imkon paydo qiladi. Undagi «mayi gulgun» majozan - ishq, Xizr alayhis-salom rindlaiga maqtagan «hayvon suyi» esa mangulik, abadiy hayot ramzidir. Yashirin inkor ma’nosini ifodalovchi ikkinchi misradagi savolning o'zidan ayonki, mangulik suvining qadrqimmati ishqdagi shavq-u zavqqa teng bo'lolmaydi. Mumtoz badiiy adabiyotning faol timsollaridan biri bo'lgan rindda ishq iztiroblaridan zavqlanish hissi baland. Uning tabiatidagi o‘sha ko'tarinkilik ishqni may timsolida qo'llash bilan ifoda etiladi. G'azalning maqtai Bobur Mirzoning o'ziga xos faxriya baytidir. Shoir bu she’m i eshitgan shoh — ma’shuqa uning qadrini yashiringan duiga loyiq ko'rishini ishonch bilan e’tirof etadi. Sharq mumtoz adabiyoti an’analari uslubida ijod etilgan mazkur g'azalda shoir zohid, rind, X izr singari badiiy timsolllardan sohir so'z san’atkori sifatida foydalanib, hajr iztiroblaridan o'rtanayotgan, ayni choqda, ma’shuqa visolidan noumid bo'lmagan she’r qahramonining ruhiy holatini katta mahorat bilan tasvirlay olgan. Bobur Mirzo oshiqona g'azallarining aksariyati ta’rif-tavsif tarzidagi g'azallardir. Ularda ma’shuqaning qiyossiz go'zalligi o'ziga xos badiiy timsollar vositasida tasvirlanadi: Ko'ngulga bo'ldi ajoyib qaro soching, Shikasta ko'ngluma ermish qaro balo soching. Ushbu matla’ bilan boshlanuvchi Bobur Mirzo qalamiga mansub bo'lgan g'azal o'zaro adabiy ta’sir mahsulidir. Ulug' shoir Alisher Navoiyning «Ko'zung ne balo qaro bo'lubtur, Kim jonga qaro balo bo'lubtur» (M A T. 1-tom , 141-142-betlar) matlali mashhur g'azali bor. Taniqli adabiyotshunos, akademik B.Valiyxo'jayevning ma’lumotiga ko'ra, ushbu matla’ Alisher Navoiyning do'sti Mirzobekka tegishli bo'lib, ulug' shoir shu matla’ asosida tazmin g'azal ijod etgan (Qarang: Valiyxo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002, 283-284-betlar). Alisher Navoiy g'azalida ma’shuqaning ko'zi, yuzi tilga olinib, vasf etilsa, Bobur Mirzo tasvir nuqtalarini ma’shuqaning sochiga qaratadi. She’r qahramoni ko'ngliga «balo» bo'lgan «qora soch» o'zining «ajoyib»ligi bilan ajralib turadi. Agar unga shunday sifat bo'lmasa edi, «balo» so'zi o'zida ijobiy ma’no mujassamlashtirmasdi. Natijada siniq, m ajruh holda bo'lgan ko'ngulda «qaro» bo'lgan «balo soch» ma’shuqaning jafokorligini she’rxon ko'z o'ngida gavdalantirgan bo'lardi. Holbuki, she’r qahramoni har ikkala misrada ham ma’shuqaga tushgan ishqining sababkori sifatida uning qop-qora sochlarini nazarda tutadi. Baytda qo'llangan tardi aks badiiy san’ati unga o'zgacha joziba baxsh etgan. Birinchi misradagi «balo, qaro» so'zlari keyingi satrda «qaro balo» tarzida takrorlanib, ishq iztiroblarining ma’shuqa sochlari yanglig' «balo» va «qaro» ekanligi o'z ifodasini topgan. Sochning qoraligi uning maftunkorligiga ishora bo'lsa, ishq iztiroblarining qoraligi oshiqning qismatida ulardan jabr ko'rish bitilganligidan darak beradi. Baytda dastlab ishq iztiroblarining istiorasi bo'lib kelgan «balo» so'zi oshiq ko'ngliga qanchalik ozor yetkazmasin, undan ayri tushishning o'zi falokat bo'lganligi bois undagi «ajoyib»likka uig'u berilgan. Keyingi misradagi «balo» esa «qoyil qolarli» ma’nosini o'zida mujassamlashtirib turibdi. Zero, ko'ngli qattiq ozor ko'igan kishining qalbida ishq iztiroblarini sola olgan maftunkor sochga qoyil qolmasdan iloj yo'q. Bobur Mirzo g'azaliyotida tez-tez murojaat etilgan badiiy timsollardan biri—sochdir. Shoir ko'pincha she’r qahramoning ruhiy holati bilan sochning sifatlari orasida uyg'unlik topishga intiladi: Sochiiiing savdosi tushti boshima boshdin yana, Tiyra bo'ldi ro'zg'orim ul qaro qoshdin yana. Baytda ko'p ma’noli so'zlaming turli ma’no qirralaridan mahorat bilan foydalanilganligi «sochining savdosi», «boshima boshdin» birikmalarida yaqqol namoyon bo'lgan. «Sochining savdosi», shubhasizki, ma’shuqaning ishqidir. «Boshima» so'zida sevikli ishqining oshiq taqdirida uchragani nazarda tutilgan bo'lsa, «boshdin» so'zida esa «qaytadan, takror» m a’nosi o'z ifodasini topgan. Ishtiqoq badiiy san’ati vositasida qo'llaniladigan o'zakdosh so'zlaming matnda alohida-alohida yangi ma’no anglatishi, «sochining savdosi» birikmasining ko'chma ma’noda qo'llanishi she’rxonga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. O'sha ma’shuqasining ishqi oshiq ko'nglida qayta alangalanganligi bois she’r qahramonining hayoti «ul qaro qoshdin yana» tiyra bo'ladi. Ma’shuqaning «soch»i va «qosh»idagi maftunkorlik ulaming qoraligida namoyon bo'lgan bo'lsa, oshiq hayotining tiyraligi uning boshiga tushgan musibatlarda o'z aksini topgan. Ko'rinadiki, shoir qora rangni ham go'zallik, ham musibat ma’nosida qo'llab baytda tazod badiiy san’atining o'ziga xos namunasini vujudga keltirgan. Bobur Mirzo oshiqona g'azaliyotida tabiiy va insoniy go'zallikdan zavqlanish, ulami bir butun holatda tushunib, har ikkalasi orasida mavjud bo'lgan go'zal mutanosibliklami yuksak ehtiros bilan tasvirlash holati ko'proq namoyon bo'ladi. Shoiming «Yog'lig'ingkim, jon bila men xastadurmen zor anga» misrasi bilan boshlanuvchi g'azaU fikrimizning yorqin dalilidir. Bu g'azal taniqli adabiyotshunos B.Valiyxo'jayevning diqqatini ham o'ziga jalb etgan. Olim Bobur Mirzo g'azaliyoti haqida fikr yuritgan tadqiqotlarida mazkur asami tahlil jarayoniga tortib qimmatli mulohazalarini bayon etgan (Qarang: O'zbek adabiyoti tarixi. 5 tomlik, 3-tom, Toshkent: «Fan», 1978, 55-56-betlar. Valiyxo'jayev B. Mumtoz siymolar. Toshkent, 2002,282-283-betlar). Shoiming aksariyat g'azallari singari у yetti baytdan tarkib topgan ushbu g'azalda ijodkor ma’shuqa va uning go'zalligini yoming yog'lig'i — boshga o'raydigan ro'molchasi timsolidan mahorat bilan foydalanib badiiylashtiradi: Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling