Mavzu: Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari. Reja
Yog'lig'ingkim , jon bila men xastadurmen zor anga
Download 122 Kb.
|
Bobur ruboiylariga g’urbat mativlari.
Yog'lig'ingkim , jon bila men xastadurmen zor anga, Xasta jonlar rishtasidindur magar bar tor anga. Evrulur boshingg'a-vu goho yuzungga yuz qo'yar, Bu jihatdin ot emish gulpech-u gah gulzor anga. B ir chamandur sahnikim, bo'lg'ay binafsha sarbasar, Tegrasi gulzordurkim, bo'lm ag'ay b ir xor anga. Y og'lig'ing tokim, yuz-u ko'zungga tegmish bordurur, Yuz maningdek zor-u yuz ming men kibi bemor anga. Ey ko'ngul, yuz рога qilsa yor tiyg'i, g'am yema, Lutf etib gar bogiar o'Isa yog'lig'ini yor anga. Ko'nglum istar yog'lig'ingni, balki andin bir nasim, Yetsa Boburg'a erur jon biria minnatdor anga. Shoir g'azalining matlasidanoq Sharq, jumladan, o'zbek ayollarining nafosat-u nazokati timsoli bo'lgan yog'lig' —ro'molcha tavsifini unga maftun bo'lgan she’r qahramonining holati bilan yondosh tasvirlaydi. Ro'molcha —qiyiq xasta jonlaming toridan to'qilgani bois she’r qahramoni uning bemori-yu zoriga aylangan. Ijodkor bir-biriga daxli bo'lmagan voqeylik o'rtasida aloqadorlik borligiga o'quvchini ishontiradi. Shu tariqa, ma’shuqa boshidagi yog'lig' oddiylikdan xalos bo'lib, muqaddaslik kasb etadi. Uning bu sifati jon iplari uni to'qishda tor bo‘lganligida namoyon bo‘ladi. Shunday mavzu va mazmundagi g'azal Alisher Navoiyning «Favoyid ulkibar» devonida 373-raqami ostida berilgan. «Yog'lig'in, eykim, tUarsen, igna mujgonimni qil, Naqsh etarda tori oning rishtai jonimni qil» matlai bilan ibtido topuvchi bu g'azal bilan Bobur Mirzo she’ri o'rtasida talay mushtarakliklar ko'zga tashlanadi (Bu haqda yana qarang: Vohidov R. Qiyiqcha bir bahona. «Buxoro universiteti ilmiy axborotlari». 2004,4-son, 2-4-betlar). Yog'liqqa jon baxsh etilgani uchun (uning torlari-jon rishtalari) u ma’shuqa boshida tinim bilmay evriladi. Ba’zan seviklining boshiga, ba’zan esa go'zal yuziga yuz qo'yadi. Shu bois uning nomi goh «gulpech», goh «gulzor»dir. Shoir yog'lig'ning turli rangdagi gullar bilan nafis bezatilganligini uning ma’shuqa yuziga yuz qo'yishi, yoming visoliga erishishi bilan aloqadorlikda tasvir etadi. Natijada ma’shuqa va uning ro'molchasi go'zalligining bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi tasviri she’rxon ko'ngliga o‘zgacha zavq-u shavq olib kiradi. Ijodkor yana yog'lig' tavsifiga uig'u berib, o'sha zavq-u shavqning yanada yolqinlashib borishiga zamin hozirlaydi. Uning sahni bir chaman, boshdan-oyoq binafshazor, chekkalari gulzor bo'lsa ham, unda biron bir tikan ko'rinmaydi. Ana shunday beqiyos nafislik namunasi bo'lgan yog'lig'ning go'zal ma’shuqaning yuz-u ko'ziga tegib turishi she’r qahramoniga o'xshash yuz oshiqni zor-u, yuz-ming oshiqni bemor qiladi. Bobur Mirzo she’riyatiga xos bo'lgan yetakchi uslubiy jilolardan biri kutilmaganda tajnis badiiy san’ati vositasida so'z o'yini hosil qilish g'azalning tahlil jarayoniga tortilgan mazkur beshinchi baytida ham qo'llangan. Baytning dastlabki misrasida shoir «yuz» so'zini ma’shuqa uzvi ma’nosida qo'llagan bo'lsa, ikkinchi satrda esa uning raqam ma’nosidan foydalanilgan. O'mida qo'llanilgan badiiy san’at jozibasi she’rxon ehtirosini yanada ko'tarilishiga sabab bo'lgan. Keyingi baytda she’r qahramoni ko'ngliga murojaat qilinadi: «Yoming jafo tiyg'i seni yuz рога qilsa ham g'am yema, vaqti kelib, yor lutf ko'rsatsa, o'sha jarohatlami go'zal yog'lig'i bilan bog'lasa, hammasi unut bo'ladi». Go'zallikka oshufta ko'ngilning uning visoliga yetish umidi bir lahza bo'lsin so'nmaydi. Maqtadagi xulosa shunday mulohaza yuritishga imkon beradi. Unda tasvirlanishicha, ko'ngil yog'lig'ni istaydi, Bobur uchun undan esgan bir nasim ham ldfoya, u shunga munosib ko'rilsa, joni bilan minnatdor bo'lardi. G'azalda yor va yog'lig' go'zalligi, oshiqning iztirob-u xursandchiligi, uning orzu-niyatlari shu qadar nafis-u nozik did bilan ifodalanganki, she’rxon ko'z o'ngida ham mahbuba go'zalligi gavdalanadi, ham oshiqning ichki tug'yonlarini qalbdan his etish imkoniyati hosil bo'ladi. She’ming ravon uslubda, turkiy g'azaliyotda keng qo‘llangan vazn (ram ali musammani mahzuf— foilotun foilotun foilotun foilun)da bitilganligi (Alisher Navoiyning yuqorida eslatilgan g'azali ham aynan shu vazndadir) uni qayta-qayta o'qishga undaydi. Shoiming oshiqona g‘azallariga xos bo'lgan bu fazilat uning muallifining yuksak salohiyat sohibi ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, Bobur Mirzo Alisher Navoiyning «Koshki» radifli g‘azaliga yozgan tazmin-g‘azali («Ko'rmagay erdim jam oli olam aro koshki» misrasi bilan boshlanuvchi) va boshqa adabiy ta’sir asosida vujudga kelgan she’rlari haqida ham shunday fikmi aytish mumkin. Bobur M irzo she’riyatida hayotning achchiq-chuchugini tatib ko'rgan hukmdor shoirning taassurotlari: g'alabadan m asrurlik, qarindoshlaming pand berib qo'yishidan shikoyat, borliq go'zalligidan zavqlanish, ona-vatandan judolik va uni qo'msash tuyg‘ulari bilan bitilgan, shuningdek, pand-nasihat ruhida yozilgan g'azallar ko'plab uchraydi. Shoir ijodining ilk bosqichlarida yaratilgan g'azallarida ham yuqorida e’tirof etilgan mavzulardan bahs etiladi. Jumladan, Am ir Temuming poytaxti bo'lgan Samarqanddek azim shahami ikki marotaba qo'lga kiritib, ikki marotaba Shayboniyxondek kuchli g'anim ixtiyoriga topshirish iztirobi, atrofdagi temuriy hukmdorlar, shuningdek, mo'g'ul tog'alarining layoqatsizligidan yakkalanib qolish azobi hamda Andijon taxtidan ham ajralib sarsonlikda kechgan kunlar alam i shoirning «Topmadim» radifli g'azalida o'z ifodasini topgan. Yosh qalamkash va hukmdor taqdiming bunday achchiq «hazili» ko'ngliga juda qattiq ta’sir etganligini g'azal matlasidayoq ayon qiladi: Download 122 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling