Mavzu: bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish, maishiy zoʻravonlik,xavf omillari. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik


Download 61.41 Kb.
bet5/9
Sana04.11.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1745926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish , maishiy zoʻravonlik,xavf omillari .

Effektlari
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik xatti-harakatlari shu zahotiyoq salbiy jismoniy oqibatlarga olib kelishi mumkin, ammo shuni ham unutmaslik kerakki, u rivojlanish muammolari va koʻplab surunkali jismoniy va psixologik taʼsirlar, shu jumladan, keyingi sogʻliq muammolari va hayot davomiyligining qisqarishi kabilarga ham sabab boʻlishi ehtimoli mavjud[68][69].
Zoʻravonlik qurboni boʻlgan bolalar kattalarga yomon munosabatda boʻlishlari mumkin[70][71][72]. 1991-yildagi maʼlumotlarga koʻra, tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, katta yoshlilarning 90 foizi bolaligida shafqatsiz munosabat qurboni boʻlishgan[73]. Bugungi kunda ham deyarli 7 million amerikalik chaqaloq uchun bolalarni parvarish qilish xizmatlari, xususan, kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanadi va bu parvarish sharoiti odatda talab darajasida boʻlmaydi.
Hissiy effektlar
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik turli xil hissiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Doim eʼtibordan chetda qoldirilgan, sharmanda qilingan, qoʻrquvga uchragan yoki kamsitilgan bolalar jismoniy tajovuzga uchraganlaridan ham koʻra koʻproq azob chekishadi[74]. Joyful Heart Foundation maʼlumotlariga koʻra, oila, gʻamxoʻrlik qiluvchilar va jamiyat bilan boʻlgan tajribalar bolaning miya rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi[75]. Zoʻravonlikka uchragan bolalar oʻzlariga ishonchsizlik, oʻzini past baholash va rivojlanishning yetishmasligi holatlari bilan ulgʻayishi mumkin. Shuningdek, ular oʻzaro ishonch, ijtimoiy chekinish, maktabdagi muammolar va munosabatlarni shakllantirishda davom etayotgan qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar[74].
Zoʻravonlik holatlari chaqaloqlar va boshqa yosh bolalarga katta yoshdagilarga qaraganda boshqacha taʼsir koʻrsatishi mumkin. Hissiy zoʻravonlikka uchragan yoki eʼtibordan chetda qoldirilgan chaqaloqlar va maktabgacha yoshdagi bolalar oʻzlari unchalik ham uzoq vaqtdan buyon tanimaydiganlarga yoki begona odamlarga haddan tashqari mehribon boʻlishlari mumkin[76]. Ular oʻzlariga ishonmasliklari yoki tez-tez va baʼzan sababsiz xavotirga tushishlari, ota-onalari bilan yaqin munosabatda boʻlmagandek koʻrinishlari, tajovuzkor xatti-harakatlar yoki boshqa bolalar va hayvonlarga nisbatan yomon harakatlar sodir etishlari mumkin[76]. Kattaroq bolalar yomon soʻzlarni ishlatishi yoki xuddi shu yoshdagi boshqa bolalarga nisbatan sezilarli darajada farq qilishi mumkin, shuningdek, ular kuchli his-tuygʻularni nazorat qilishda qiynalishi, ota-onasidan ajratilgandek koʻrinishi, ijtimoiy koʻnikmalarga ega emas yoki doʻstlari kam boʻlishi mumkin[76].
Bolalar, shuningdek, reaktiv biriktirilish buzilishi (RAD)ni boshdan kechirishlari mumkin. RAD odatda 5 yoshdan oldin boshlanadigan sezilarli darajada buzilgan va rivojlanishga mos kelmaydigan ijtimoiy aloqadorlik sifatida aniqlanadi[77]. RAD koʻpgina ijtimoiy vaziyatlarga rivojlanishga mos keladigan tarzda reaksiya bildirmaslik yoki javob berishning doimiy qobiliyatsizligi sifatida namoyon boʻlishi mumkin. Hissiy zoʻravonlikning uzoq muddatli taʼsiri keng oʻrganilmagan, ammo soʻnggi tadqiqotlar uning uzoq muddatli oqibatlarini hujjatlashtira boshladi. Hissiy zoʻravonlik depressiya, tashvish va shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklarning kuchayishiga ham olib kelishi mumkin (Spertus, Wong, Halligan, & Seremetis, 2003-yil)[77]. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik holatlari va qarovsizlik qurbonlari balogʻatga yetmaganlar va kattalar orasida nisbatan koʻproq jinoyat sodir etishadi[78].
Oiladagi zoʻravonlik bolalarga ham taʼsir qiladi; bolaning shaxsan oʻzi zoʻravonlikka uchramagan boʻlsa ham, oiladagi zoʻravonlikka guvoh boʻlishning salbiy taʼsirlari katta va jiddiy. „Bolalarga nisbatan zoʻravonlik va bolalarning oiladagi zoʻravonlikka taʼsiri boʻyicha boʻylama tadqiqot“ kabi olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, bolalarning 36,8 foizi tajovuzkorlik bilan shugʻullanadi, zoʻravonlik/hujumga uchragan bolalarning esa 47,5 foizi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, oiladagi zoʻravonlikka guvoh boʻlish bolalarda xatti-harakatlarlardagi muammolar va hissiy nuqsonlar (depressiya, asabiylashish, tashvish, akademik muammolar va til rivojlanishidagi muammolar) paydo boʻlishi ehtimolini oshiradi[79].
Umuman olganda, xulosa qilib aytganda, bolalarga nisbatan zoʻravonlik va hatto zoʻravonlikka guvoh boʻlish natijasida yuzaga keladigan hissiy omillar uzoq va qisqa muddatli taʼsirlarga olib kelishi mumkin, bu oxir-oqibatda bolaning tarbiyasi va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qolmaydi.



Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling