Mavzu: bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish, maishiy zoʻravonlik,xavf omillari. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik


Download 61.41 Kb.
bet8/9
Sana04.11.2023
Hajmi61.41 Kb.
#1745926
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bolalarga shafqatsiz munosabatda boʻlish , maishiy zoʻravonlik,xavf omillari .

Psixologik taʼsir
Eʼtiborsizlikka uchraganlik yoki jismoniy zoʻravonlik tarixi boʻlgan bolalar psixiatrik muammolar[100][101] yoki tartibsiz bogʻlanish uslubini rivojlanish xavfi ostida turadilar[102][103]. Bundan tashqari, bolalarga nisbatan zoʻravonlik yoki qarovsizlikka duchor boʻlgan bolalarning 59 foizi voyaga yetmay turiboq hech boʻlmaganda bir marotaba u yoki bu sababdan hibsga olinadi, 28 foizi keyinchalik qoʻlga olinadi. Shuningdek, bunday bolalarning 30 foizi kelajakda oʻzi ham zoʻravonlik jinoyatini sodir etishi ehtimoli koʻproq[104]. Tartibsiz bogʻlanish bir qator rivojlanish muammolari, jumladan, dissotsiativ alomatlar[105], shuningdek, tashvish, depressiya va harakat nazoratsizligi kabilar bilan bogʻliq[106][107]. Dante Cicchetti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, zoʻravonlikka uchragan va yomon munosabatda boʻlingan chaqaloqlarning 80 foizi tartibsiz bogʻlanish alomatlarini koʻrsatadi[108][109]. Ushbu bolalarning baʼzilari oʻzlari ota-onaga aylanganda, ayniqsa ularda travmadan keyingi stress buzilishi (PTSD), dissotsiativ alomatlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning boshqa oqibatlari boʻlsa, chaqaloq va yosh bolalarning ehtiyojlari va meʼyoriy iztiroblari bilan yuzma-yuz kelganda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin, bu esa oʻz navbatida bolaning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi bilan bogʻliq salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin[110][111]. Bundan tashqari, bunday bolalar oʻzlariga yoki boshqalarga nisbatan hamdardlikni his qilishlari qiyin boʻlishi, bu esa ularning oʻzlarini yolgʻiz his qilishlariga va doʻst orttirishga qodir boʻlmay qolishlariga olib kelishi mumkin[79]. Ushbu potensial qiyinchiliklarga qaramay, psixo-ijtimoiy aralashuv hech boʻlmaganda baʼzi hollarda bir paytda ularga nisbatan yomon munosabatda boʻlingan ota-onalarning yosh bolalari haqida oʻylash usullarini oʻzgartirishda samarali boʻlishi mumkin.
Bolalik davridagi zoʻravonlik qurbonlari, shuningdek, keyinchalik hayotlari davomida turli xil jismoniy sogʻliq muammolariga duchor boʻladilar. Tadqiqotlar natijalariga koʻra, ularning baʼzilarida aniq sabablarsiz surunkali bosh, qorin, tos yoki mushaklar ogʻrigʻidan aziyat chekadilar. Uzoq muddatli tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, bolalik davrida zoʻravonlikka uchragan odamlarning 80 foizi 21 yoshida kamida bitta psixiatrik kasallikka duchor boʻlgan, ular orasida ruhiy tushkunlik, tashvish, ovqatlanish buzilishi va oʻz joniga qasd qilishga urinishlar mavjud[113]. Kanadadagi kasalxonalardan biri ruhiy salomatlik boʻyicha ambulatoriyadagi ayollarning 36 foizdan 76 foizgacha qismi, shizofreniyaga yoʻliqqan ayollarning 58 foizi va erkaklarning 23 foizi bir paytlar jinsiy zoʻravonlikka duchor boʻlganligini aniqladi[114].
Fransiyaning INSEE soʻrovnomasida sanab oʻtilgan 27 kasallikning 23 tasi holatida 18 yoshga toʻlgunga qadar bolaning takroriy kasalliklari va oilaviy travmalar oʻrtasida statistik jihatdan muhim korrelyatsiyalar aniqlandi. Sogʻlikdagi tengsizliklarni oʻrganish orqali ushbu korrelyatsiyalarni aniqlagan fransuz sotsiologi Georges Menahemning soʻzlariga koʻra, bu munosabatlar kasallik va azob-uqubatlardagi tengsizlik nafaqat ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi. Salomatlik tengsizligi, shuningdek, oiladan kelib chiqadi va doimiy affektiv muammolar (mehr-muhabbatning yetishmasligi, ota-ona oʻrtasidagi kelishmovchiliklar, ota-onaning uzoq vaqt bola bilan boʻlmasligi yoki ona yoki otaga taʼsir qiladigan jiddiy kasallik) darajasi bilan bevosita aloqador boʻladi[115].
Har qanday shaklda zoʻravonlikka uchragan koʻplab bolalarda qandaydir psixologik muammolar paydo boʻladi. Zoʻravonlikka uchragan bolalarning oʻzlari ham oʻz farzandlariga nisbatan zoʻravonlik holatlariga yoʻl qoʻyishlari tendensiyasi ham mavjud. 2013-yilda AQShda bolalarga nisbatan zoʻravonlik bilan bogʻliq qayd etilgan 294 000 ta holatdan faqat 81 124 tasida jabrlanuvchi qandaydir maslahat yoki terapistik yordam olgan. Zoʻravonlikka uchragan bolalar uchun terapiya juda muhimdir[116].
Boshqa tomondan, bolaligidan zoʻravonlik ostida oʻsgan, ammo oldingi shartlar boʻyicha hayotda kutilmagan tarzda yaxshi natijalarga erisha oladigan bolalar ham bor. Bunday bolalar „momoqaymoq bolalar“ den nomlanadi, bu nomni tanlashda momaqamoqlarning tuproq, quyosh, qurgʻoqchilik yoki yomgʻirdan qatʼi nazar gullab-yashnashidan ilhomlanilgan[117]. Bunday bolalar (yoki hozirda kattalar) bolalarga nisbatan zoʻravonlik oqibatlarini yumshatish omillarini topishga katta qiziqish uygʻotadi.

Download 61.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling