Мавзу: Бошланғич синфларда морфологик тушунчаларни шакллантириш
Download 155.5 Kb.
|
Boshlang‘ich sinf onatili va o`qish savodxonligi darslaridalarda so‘z turkumlarining leksik va gramatik manolarin ustida ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANDIJON-2023 MUNDARIJA
BT ta’lim yo’nalishi 2-bosqich 206-guruh talabasi Mamadaliyeva Komilaning Ona tili o‘qitish metodikasi fanidan Mavzu: Boshlang‘ich sinf onatili va o`qish savodxonligi darslaridalarda so‘z turkumlarining leksik va gramatik manolarin ustida ishlash ILMIY RAHBAR: ANDIJON-2023 MUNDARIJA
K I R I SH Men Abdulla Avloniyning: “ tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir” – degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma'rifatparvaning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko‘ra muhim va dolzarbdir. Chunki, ta'lim – tarbiya eng muhim, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojinij ham belgilaydigan omildir. Binobarin ta'lim – tarbiya tizimini o‘zgarmasdan turib ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa biz ko‘zlagan oliy maqsad – ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi. “Har kim chuqur va mustahkam bilimsiz oldimizda turgan vazifalarni bajarish mumkin emasligini aniq tushunmog‘i darkor”. Fanga iste'dodli yoshlarnin kirib kelishi uchun kompleks tadbirlar turkumini amalga oshirish zarur. Bu o‘rinda oliy maktabning hatto umumiy ta'lim maktablarning faoliyatini tubdan qayta qurish kerak. Iste'dodli va iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda qobiliyatlarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishning respublika sistemasini ishlab chiqish kerak. Ana shu sistemaning aniq jihatlari va bosqichlari hususida sizlar bilan birgalikda o‘ylab ko‘rishimiz lozim. Maxsus respublika fondini tashkil etish hamda iqtidorli bolalar uchun maktablar va internatlar tarmog‘ini vujudga keltirish, yosh olimlar uchun turli mukofotlar ta'sis etish ana shu sistemaga kiradigan masalalardir. “Ilmiy – ma'rifat e'zozlangan mamlakatda hyech kim urush haqida bosh qotirmaydi. Chunki ilmiy ma'rifat insonni yuksaklikka ko‘taradi. XXI asrda, men ishonaman, madaniyat uchun ilmiy ma'rifat uchun jonini beradigan va buni hayotining asosiy maqsadi qilib qo‘yadigan yangi avlod paydo bo‘ladi.” O‘sib kelayotgan avlod aqdiriga hyech kim befarq qaray olmaydi. Bunda oliy o‘quv yurtlarining ahamiyati kattadir. Yoshlarni qay usulda o‘qitish ularni tarbiyalash mutaqil mamlakatning yetuk mutaxassislari bo‘lishiga qayg‘urish har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunda oliy va o‘rta maxsus ta'lim tizimi saviyasini jahon anhozalari darajasiga yetkazish xalq xo‘jaligida mutaxassislarga bo‘lgan talab va extiyojlarni ilmiy tahlil asosida aniqlash, xorijiy mamlakatlar tajribasidan oqilona foydalanish shu kunning dolzarb vzifasidir. Ilm-ziyo salohiyati, bu hayot, vatanning ulkan boyligi, kelajak poydevoridir. Ona tili nutq, o‘qish, yozuv sohasidagi ko‘nikma va malakalar o‘quvchilar o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan birinchi avbatda o‘z ona tilini o‘rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kashtidir. Til odamga o‘z manfaatlarini qondirish uchun emas, aksincha, fikr o‘y, tuyg‘ular, o‘zidagi haqiqat va ilhom uchqunlarini ifodalash va o‘zgalarga in'om etish uchun berilgan. Til millionlarcha avlodlar tomonidan yaratilgan tirik jondir. Tilsiz va shaxs, na xalq o‘zining fikr – tuyg‘ularini boshqalarga o‘tkazaolmaydi, ayniqsa kelajak avlodga qoldirmaydi. Til do‘stlik va hamjihatlik qaror topishining eng qulay vositasidir. Til muhim tarbiya vositasi hamdir. Ona tilini yaxshi bilgan o‘quvchi tarbiya vositalaridan biri bo‘lgan yuksak g‘oyaviy va badiiy adabiyotlarni o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Gazeta va jurnallarni o‘qishga, kattalar bilan yaxshi muomala qilishga odatlanadi. Maktab oldida, birinchi navbatda, har bir o‘quvchini ona tilidan amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish vazifasi turadi. Maktab, ona tili kursi o‘quvchilarni badiiy til namunalari bilan ta'minlash, ularda yuqori nutq madaniyatini tarbiyalash, ularni o‘z fikr-mulohazalarini bilim va taassurotlarini to‘g‘ri aniq ifodalashni o‘rgatish lozim. Maktab, ona tili o‘quvchilarga dunyo qarashni shakllantirishni, mavhum tafakkurni o‘stirish va orfografik, grammatik, orfografik ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun nazariy bazani ta'minlaydigan ilmiy-nazariy bilimlarning sistemasini berishi lozim. 3-sinf o‘quvchilari “ so‘z” bo‘limi yuzasidan ancha keng ma'lumot oladilar. So‘zning tarkibi yangi mavzu sifatida 3-sinfda o‘rganiladi. O‘quvchilarga o‘zakdosh so‘zlar va ularning unli qismi ( o‘zak) haqida ma'lumot beriladi. O‘zak so‘z yasovchi ( - chi, -la, - li, -siz) va so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni o‘rganadilar. O‘quvchilar o‘zakni topishga : birini ajrata olishga; tovush jihatdan o‘xshash bo‘lgan o‘zaklarni bir – biri bilan qiyoslab ularga mos o‘zakdosh so‘zlar tanlab olishga va farqini izohlay olishga o‘rganiladi. “So‘z turkumlari “mavzusini o‘tishga tayyorganlik 2-sinfda boshlangan 2-sinfda o‘quvilar kim? Nima? Kimlar? Nimalar? nima qildi? Nima qiladi? qanday? qanaqa? Kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan so‘zlar bilan tanishganlar. 3 – sinfda o‘quvchilar 2-sinfda olgan bilimlarini umumlashtirish asosida “ot”, “sifat”, “Fe'l” temalarini, shuningdek, bu so‘z turkumlarining ayrim ko‘rsatkichlarini – otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi; gapda ega va ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; sifatning gapda otga bog‘lanib, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishi; fe'lning o‘lishi va bo‘lishsiz shaklda qo‘llanishi, gapda kesim vazifasida kelishini o‘rganadilar. Ular so‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda, ko‘plik qo‘shimchasi (-lar) va bo‘lishsizlik qo‘shimchasi ( - ma) ning talaffuzi va yozilishi haqidagi imlo qoidasini ham o‘rganiladi. Download 155.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling