Мавзу: Бошланғич синфларда морфологик тушунчаларни шакллантириш
So‘z turkumlari tushunchalari ustida ishlash usullari va mashqlari tahlili
Download 155.5 Kb.
|
Boshlang‘ich sinf onatili va o`qish savodxonligi darslaridalarda so‘z turkumlarining leksik va gramatik manolarin ustida ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- So‘z turkumlari tushunchalari ustida ishlash usullari.
1.So‘z turkumlari tushunchalari ustida ishlash usullari va mashqlari tahlili.
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi-so‘zlarning leksik grammatik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratishi-so‘z turkumlari haqidagi ish hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda so‘z turkumlari ma'lum bir izchillikda avval soddaroq asta-sekin murakkabroq tizimida o‘rgatiladi. So‘z turkumlari ustida ishlashda ot, sifat, son, fe'l, mavzulari alohida ajralib turadi. Chunki bu so‘z turkumlari ustida mukammal ishlansagina grammatik tushunchalar shakllantirilsagina, bular bir birini to‘ldirib kela oladi. Bu bitiruv malakaviy ishimizning ushbu bobilad so‘z turkumlarining grammatik tushunchasi ustida ishlash, grammatik belgilari ustida ishlash usullarini tahlil qilishga harakat qiladi. So‘z turkumlari tushunchalari ustida ishlash usullari. So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asoslari so‘zlarning leksik – grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishini so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. So‘zlarni leksik – grammatik turkumlarga ajratishda uch belgiga: 1) leksik ma'nosi ( nimani ifodalash, ya'ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma'nolari) 2) morfologik ( so‘zning turli formalari sistemasi) 3) sintaktik ( turli morfologik formalarning sintaktik funksiya bajarishi) belgilariga asoslanadi. Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan gruppadagi so‘zlarning umumlashtirgan ma'nolarini, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari ( ot, sifat, son, fe'l) bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik gruppa alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlariga aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe'lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar. 1)So‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tarkibi, predmet harakati yoki holati) 2)qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi, 3)o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi, 4)gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida, kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar. O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab har bir so‘z turkumlarining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi. Rejaga ko‘ra, 2-sinfda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab klassifikatsiya qilinadi. 3-sinfda “ so‘z turkumiga xos ayrim belgilari ( so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma'nolar, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe'llar, ot, sifat, son va fe'lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi. 4-sinfda so‘z turkumlarining morfologik sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi. O‘quvchilar otning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishni, sifat va sonning gapdagi vazifasini, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe'llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar. O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish; ko‘nikmasi ularning belgilarining yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiradi. Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarning qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi; nima? – gul, bu so‘z predmet bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi. – gullar, bu ot, guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, gulladi so‘zi nima qildi? So‘rog‘iga jaovb bo‘lyapti, predmet holatini bildiryapti bo‘lishsiz shaklda qo‘llanadi- gulladi, bu – fe'l. Boshlang‘ich sinflar programmasi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe'l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar. So‘z turkumlarini o‘rganishda asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yanig ot, sifat, son, fe'llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma'nosini aniq tushuntirishga erishish bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hol qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida, antonimlar (terminlar birikmaydi) ustida muntazam ish olib boradida, o‘quvchilar ko‘p ma'noli so‘zlar ularning o‘z va kuchma ma'noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radioda eshitishlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega. “Ot” mazvusini o‘rganish sistemasi maqsadga yo‘naltirilgan jarayon bo‘lib, bunda ish so‘z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog‘liqlakda o‘rganiladi. Shuningdek, otdan nutqda to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantirish maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablasha boshladi. Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh hususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan. Boshlang‘ich sinfalrda otni o‘rganish vazifalari: 1)“ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish 2)Kim? So‘rog‘iga javob bo‘lgan ( shaxs bildirgan) otlardan nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan ( narsa, hayvon va baliqlarni bildiradi) otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish. 3)Kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish. 4)Otlarda son otning birlik va ko‘plikda qo‘llanishlari bilan tanishtirish. 5)Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish. 6)Otlarning kelishiklar bilan turlanish va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish: 7)O‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish. 8)So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash umumlashtirishni bilish hisoblanadi. Bu vazifalarni har biri alohida emas balki bir – biri bilan o‘zaro bog‘liq holda hal etiladi. Shu bilan birga “ Ot” mavzusini o‘rganishni muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beraladi. Masalan, II-III sinflarda so‘z turkumi sifatida otni belgilari ( nimani bildirishi, so‘roqlari, birlik va ko‘plikda qo‘llanishi) ni o‘zlashtirishga, IV sinfda otni egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklari bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarini yozilishini o‘rganishga e'tibor beriladi. O‘quvchilarni nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi esa temani o‘rganishni barcha bosqichlarida hal qilinadi. Grammatik materialni o‘rganish va arfografik malaka hosil qilishning butun jarayoni o‘quvchilar lug‘atini boyitishga, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga qaratiladi. So‘z turkumi sifatida ot muayyan leksik ma'nolari va grammatik belgilari bilan ajralib turadi. Barcha otlarni umumiy leksik ma'nosi predmetni ifodalash hisoblanadi. Ot jonli mavjudotlar kishilar, qush, hayvon, asalari yer va osmonga oid narsalar ( quyosh, yulduz, daryo, tog‘) o‘simliklar ( paxta, beda, gul) voqyealar ( yig‘in, majlis) tabiat hodisalari ( shamol, bo‘ron, yomg‘ir, momaqaldiroq) belgi – xususiyat ( axillik, kuchlik, samimiyat) harakat – holat ( uyqu, sevinch, kurash) o‘rin va vaqt ( yoz, bahor, joy) nomlarini bildiradi. Otlarning grammatik belgilari: otlar birlik va ko‘plikda qo‘llanadi egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi. Aniqlovchi, shuningdek, hol va kesim vazifasida keladi. Ot nutqda sifat, ot, olmosh, fe'l bilan birika oladi. Sifatni o‘rganish sistemasi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib murakkablashtirib borishini ko‘zda tutadi. O‘quvchilar 2-sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday? So‘rog‘ini berishga o‘rganadilar: 3-sinfda sifat so‘z turkumi sifatida o‘rganiladi: 4-sinfda ilgari o‘rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog‘liq holda – roq qo‘shimchasi bilan yasalga qiyosiy va qip-qizil, yam-yashil kabi orttirma darajadagi sifatlarning yozilishi o‘rganiladi. Sifatni o‘rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi. Sifat predmetning belgisi(rang, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza -–ta'mi, xarakter xususiyati, hidi, vazni o‘rin va paytiga munosabatini bildiradi. Sifatning leksik ma'nosini tushunish uchun 1-sinfdayoq bolalar e'tibori sifatning otga bog‘lanishini aniqlashga qaratiladi. O‘quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so‘roq yordamida gapda so‘zlarning bog‘lanishini aniqlash ko‘nikmasi o‘stirishadi, ya'ni ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so‘z birikmasini ajratadilar. Boshlang‘ich sinflarda “sifat” mavzusi quyidagi izchillikda o‘rgatiladi. 1)sifat bilan dastlabki tanishtirish (II-sinf). 2) sifat haqida tushuncha berish (III-sinf). 3) shular grammatik mavzu bilan bog‘liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o‘zlashtirish ( IV-sinf) Ma'lum 1 maktablarning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashib ularga quyidagi savollar yozilgan anketani tarqatdik. 1. Grammatik tushuncha ustida ishlashda qanday bosqichlarga amal qilasiz? 2. Tushuncha ustida ishlashda qanday metodik shartlarga rioya qilasiz? 3. Tushunchani mustahkamlashda qanday maqsadlardan foydalanasiz? Savolimizga 1v –o‘qituvchisining javoblarini oldik. 1-savolga 3 o‘qituvchi savol mazmunini tushunmasdan javob bergan 7-o‘qituvchi “ qanday aytilish va misollar keltirish” deb, ikki bosqichni ko‘rsatgan, 5 nafar o‘qituvchi “mavzuni e'lon qilish, qanday tushunish mashqlari deb, uch bosqichni ko‘rsatgan bo‘lsa, fat bir o‘qituvchi “Mavzu izohlash mashqlar bilan mustahkamlash” deb bosqichlarni ko‘paytirdi. 2-savolga faqat 4 nafar o‘qituvchining - qoidani ongli o‘zlashtirishga erishish, ko‘rgazmalardan unumli foydalanish” deb masalaga aniqlik kiritdi. 3-savolga javob berishda 5 nafar o‘qituvchi. “Kitobdan mashqlar tarqatma varaqalar diktantlar” deb 3 nafari “darslikda berilgan mashqlar va tarqatma varaqalar” deb javob berdilar. Bundan ko‘rinib turibdiki hamma har hil fikr bilan yondashar ekan. Fikrimizning isboti sifatida ayrim o‘qituvchilarning darslaridan misollar keltiramiz. 3-“B”-sinf. Mavzu “Ot”. Tashkiliy davrdan so‘ng uy vazifasi 172-mashqning bajarilishi tekshirildi. Mashqdagi hashar, buyoq, holva, kashta, dala, ishonch so‘zlariga o‘quvchilar –li, - chi, qo‘shimchalarini qo‘shilib yangi so‘zlar yasashda hashar so‘zi ishtirokida gap tuzilib yozdiriladi. O‘qituvchi yangi mavzuni e'lon qildi. “Ot” o‘tgan yili o‘rgangan “ narsa va shaxs nomini bildirgan so‘zlar” mavzusini eslatdi. Grammatik qoida aytildi: Narsa va shaxsni bildirib, kim? Yoki nima? So‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlar ot deyiladi. Xattaxtaga quyidagi so‘zlar yozilishi ko‘rgazma qilindi. Nima? Kim? Olma O‘quvchi Kitob bola Ruchka ishchi O‘quvchilarga nima? so‘roqlari aytilib ularga yuqoridagi ko‘rgazmali quroldan javoblarni otlar ayttirildi. Chap tomondagi ustundagi so‘zlar narsalarning nomini bildirayotgani, o‘ng tomonidagi so‘zlar shaxslarni bildirayotgani yana qayta uqtirildi. 174-mashq. Og‘zaki bajarildi: Un, guruch, non, yog‘, go‘sht, shakar, qand, makaron va boshqa mahsulotlar oziq-ovqat do‘konida sotiladi. Meva va sabzavot do‘konlaridan yoz va kuz oylarida piyoz, kartoshka, karam, pomidor, sabzi, turp, sholg‘om kabi sabzavotlarni, shuningdek, olma, olxo‘ri, tog‘olcha, uzum, nok, behi, anor kabi mevalarni ko‘plab xarid qilish mumkin. Bu mahsulotlar kishilar tomonidan iste'mol qilinadi. Ularda inson salomatlagi uchun zarur moddalar ko‘p. Matn o‘qilgach, quyidagi savollarga javoblar ayttirildi: 1.Mashq matni necha qismdan iborat? 2.Birinchi qismda nimalar haqida gapirilgan? 3. Ikkinchi qismda-chi? 4. Matndan shaxs-narsa bildirgan so‘zlarni oling. 175-mashq sharti o‘qilib, mashqni namuna asosida bajarib kelish topshirildi. Namuna xattaxtaga yozib qo‘yildi. Yuqoridagi dars sirtdan qaraganda, ta'limiy va tarbiyaviy jihatdan to‘liq tahlil qilgandek tuyuladi. Darsda o‘qituvchi nutqi talab darajasida, o‘quvchilarning faolligi ham yaxshi. Ko‘rgazmali qurol sifatida ham undan foydalanish ham e'tiroz tug‘dirmaydi. Ammo, sinchiklab tahlil qilinsa, o‘qituvchi tomonidan qator metodik shartlar bajarilmadi. Ular quyidagilardir: Til materiali ustida ishlash, 174-mashqni bajarish qoidadan avval bo‘lishi kerak edi. 2) Qoidani to‘la izohlash, Ta'kidlash kerak edi. 3) Ko‘rgazmali qurol shunchaki o‘qituvchi tomonidan izohlandi. Misollar davom ettirishi lozim edi. mashqlar tizimiga yangi materiallar kitritilishi lozim edi. “Ot” grammatik tushunchasi mohiyati to‘la ochib berilmadi. Natijada ot haqidagi dastlabki bilim yetarli berilmadi. Fikrimizning dalili sifatida ertasiga o‘quvchilarga bajargan test topshiriqlarni natijasini havola qilamiz. Test savollari quyidagicha edi: Download 155.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling