Sen qaysi suroqqa javob bo‘ladi? (Kim?) Uqaysi gap bo‘lagi vazifasida kelyapti? (Ega). Uchinchi gap yuzasidan taxminan quyidagicha savollar beriladi: -Bu gap kimga tegishli? (Bolaga) Bu predmetning nomi aytilyaptimi? (Yo‘q) Bola so‘zi o‘rnida qaysi so‘z kelyapti?(U) Bu so‘z qachon qullanar ekan?(Fikr biror shaxs haqida (kim haqida) borsa qo‘llanadi) Demak, bu gapda shaxs nomi qo‘llanmayapti, uni, ko‘rsatuvchi so‘z qo‘llanayapti. 4-sinfda olmosh so`z turkumini o`rgatish 205-bet, 254-mashqdan boshlanadi.
Mavzular ketma-ketligi quyidagicha:
1. Kishilik olmoshlari (254-259-mashqlar), 2 soat.
2. Kishilik olmoshlarining kelishik qo`shimchalari bilan qo`llanilishi (260-271-mashqlar), 4 soat.
1-4-sinf Milliy dasturga ko`ra olmosh so`z turkumi quyidagicha o`rgatiladi:
1-sinf, I bo ‘lim . MEN, SEN, U VA ULAR
Gaplar yig‘indisi va matnni farqlash. Matndagi gaplar o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish. Matn yaxlitligiga xizmat qiladigan vositalarni (mantiqiy bog‘lanish, olmoshlar) tushunish.
4-sinf, VIII bo ‘lim . TARIX XAZINALARI. Toshkentning o‘n ikki darvozasi
Olmosh so‘z turkumi bilan tanishish, uning ma’nosi, qanday so‘zlar olmosh so‘z turkumiga oid ekanligi, berilgan matn tarkibidan olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlash va tahlil qilish mashqlari.
4-sinf Milliy dasturga ko`ra:
IX bo ‘lim . SAN’AT VA MADANIYAT. Eski juvadagi mo‘jiza (kino haqida).
Kishilik olmoshlari, ularning uch shaxsni ifodalashi bilan tanishish, kishilik olmoshlarining kim?, kimlar? so‘rog‘iga javob bo‘lishi, berilgan matn tarkibidan olmosh so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlay olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar.
Men, sen, biz, siz olmoshlarining 1-, 2- shaxs ko‘plikni ifodalashi, shaxsga ishora qilishi, lekin ot o‘rnida qo‘llana olmasligi.
U, ular olmoshlarining ot o‘rnida qo‘llanishi bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |