Mavzu: boshlang'ich sinfda olmosh so'z turkumini o'rgatish mundarija: kirish. I bob. Boshlang`ich sinfda so`z turkumlarini o`rganishxususiystlari
Download 169.5 Kb.
|
BOSHLANG\'ICH SINFDA OLMOSH SO\'Z TURKUMINI O\'RGATISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinfda Olmosh so`z turkumini o`rganish
uslubiyotini o`qish jarayoniga tatbiq etish. Kurs ishining vazifalari: 1. Boshlang` Boshlang`ich sinfda Olmosh so`z turkumini o`rganish uslubiyotini shakllantirish; 2. Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish uslubiyotini ishlab chiqish; Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim Boshlang`ich sinf o`quvchilarining ona tilidan bilimlarini tekshirish usullarini yaratish, o`quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ta’limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitishdan iborat. Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob 4 bo`lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. I BOB. Boshlang`ich sinfda so`z turkumlarini o`rganishxususiystlari 1.1. Boshlang`ich sinflarda so`z turkumlarini o`rganish tartibi. Soʻz turkumlari — tildagi soʻzlarning ularda umumiy kategorial maʼnoning (maye. otlarda predmetlik, feʼllarda harakatholat), grammatik kategoriyalar yagona tizimining, oʻziga xos soʻz oʻzgarish, shakl va soʻz yasalish tiplarining, sintaktik vazifalar umumiyligining mavjudligiga qarab ajratiladigan guruxlari (Baʼzi adabiyotlarda "soʻzlarning leksikgrammatik kategoriyalari" deb ham ataladi). Demak, soʻzlarni guruhlarga, turkumlarga ajratishda asosan ularning sintaktik, morfologik va maʼnoviy (semantik) xususiyatlarining oʻxshashligi hisobga olinadi. St. avvalo 2 asosiy guruhga boʻlinadi: mustaqil Soʻz turkumlari va mustaqil boʻlmaganS. t. Birinchi guruhga oʻzbek tilida mustaqil soʻzlar, ikkinchi guruhga esa yordamchi soʻzlar, undovlar, tatslid soʻzlar va modal soʻzlar kiradi. Mustaqil soʻzlar lugʻaviy maʼnoga ega, nominativ vazifa bajaradigan, yaʼni predmet, hodisa, belgi, harakat kabilarni ataydigan yoki unga ishora qiladigan va gapning mustaqil boʻlagi vazifasida kela oladigan soʻzlardir. Soʻzlar jumlada egallagan pozitsiyalariga koʻra ham tasnif qilinishi mumkin. Gapda bir xil sintaktik pozitsiyada tura oladigan yoki bir xil sintaktik vazifa bajara oladigan soʻzlar bir Soʻz turkumlariga kiritiladi. Bunda sintaktik vazifalarning yigʻindisigina emas, balki ushbu vazifalardan har birining muayyan St. ga xoslik darajasi ham muhimdir. Bu vazifalar birlamchi va ikkilamchi turlarga boʻlinadi. Mas, oʻzbek tilida, boshqa bir qancha tillarda boʻlganidek, ot va feʼl turkumidagi soʻzlar oʻrni bilan ega vazifasida ham, kesim vazifasida ham kela oladi, lekin feʼl uchun kesimlik vazifasi birlamchi, egalik vazifasi ikkilamchi hisoblanadi. Xuddi, shuningdek, otlar uchun egalik vazifasi birlamchi, kesimlik vazifasi esa ikkilamchi hisoblanadi. Har bir soʻz turkumi oʻziga xos grammatik kategoriyalar toʻplami bilan ajralib turadi. Bu kategoriyalar (mas, otlardagi kelishik, egalik, son; sifatlardagi daraja; feʼllardagi shaxsson, mayl, nisbat va boshqalar) har bir Soʻz turkumlari dagi aksariyat suzlarga tegishli buladiki, bu narsa suzlarni turkumlarga ajratishning morfologik mezoni sanaladi. Hozirgi maktab grammatikalaridagi St. tizimi, yaʼni suzlarni turkumlariga ajratish qad. davrlarga borib taqaladi. Mil. av. 4-asrda Aristotel St.ni 7 ga, mil. av. 5-asrda hind tilshunoslari Yaska, Panini 4 ga boʻlganlar. Keyinroq, mil. av. 2—1-asrlarda aleksandriyalik filologlar Frakiyalik Dionisiy, Apolloniy Diskol, rimlik Varronlar aralash morfologik, semantik va sintaktik asoslarda 8 ga (otism, feʼl, ravish, sifatdosh, artikl, olmosh, kumakchi, bogʻlovchi) boʻlganlar. Bunda ismlar oʻz navbatida ot, sifat va son guruhlarini qamrab olgan. Soʻz turkumlarining bu tizimi maʼlum darajada arab grammatik anʼanalariga ham taʼsir koʻrsatgan: arablar ham feʼldan boshqa mustaqil suzlarni "ism" termini bilan ataydilar. Keyingi davrlarda (urta asrlar va 19—20-asrlarda) yevropa va rus tilshunosligida bu borada bir qancha tasniflar amalga oshirilgan bulsada, ular koʻpincha aleksandriyaliklar tasnifiga tayangan holda bajarilgan. Turli tillarda St. soni va ayrim turkumlarning hajmi turlichadir. Mas, St. soni hozirgi rus tilida koʻpincha 10 ta deb, oʻzbek tilida esa 10—12 ta deb (turli darsliklar) kursatiladi. Bular 6 ta mustakdl (ot, sifat, son, olmosh, ravish va feʼl), 3 ta yordamchi (koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama) va 3 ta alohida (undovlar, taklid soʻzlar, modal suzlar) St. dir. St. sonining barkarorlashmaganligi kelgusida bu sohada yangi izlanishlar olib borish zarurligini kursatadi. Hozirgi o’zbek tilida so’z turkumlari soni 12 ta deb ko’rsatilgan bo’lsa-da, bizning tadqiqimiz materiali bo’lgan ushbu hikoyada so’z turkumlari soni o’ntasiga misollar chiqdi. Bundan shunday natija oldikki, so’z turkumlari har matnda turli sonlarda bo’lishi mumkin. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, oʽzbek tilida soʽzlar 3 asosiy xususiyatiga koʽra turkumlanadi: 1. Semantik xususiyatlari – soʽzlarning mustaqil holda lugʽaviy maʽno anglatishi. Bu jihatdan soʽzlar narsa-buyumni ifodalovchi soʽzlar, belgi bildiruvchi soʽzlar, harakat-holatni ifodalovchi soʽzlar kabi guruhlarga boʽlinadi. Masalan, gul (narsa-buyum nomi), katta (belgi nomi), oʽqimoq (harakat nomi) kabi. 2. Morfologik xususiyatlari – soʽzlarning umumiy morfologik xususiyatlari. Masalan: predmet nomini bildiruvchi soʽzlar birlik-koʽplik koʽrsata oladi, belgi bildiruvchilar darajalanib kela oladi, feʽllar esa zamonni ifodalay oladi va hokazo. 3. Sintaktik xususiyatlari – soʽzlarning gapda qanday gap boʽlagi vazifasida kela olishi. Odatda, predmetni bildiruvchi soʽzlar koʽpincha ega. Toʽldirvuchi; harakatni bildiruvchi soʽzlar koʽpincha kesim vazifasida keladi. Demak, soʽzlar har uchala belgi – semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlariga koʽra turkumlarga ajratiladi. Hozirgi oʽzbek tilida 12 ta soʽz turkumi mavjud boʽlib, ular yuqorida bayon qilingan 3 asosiy xususiyatga ega boʽlish darajasiga koʽra, guruhlarga boʽlinadi. O’zbek tilshunosligida so’zlarni turkumlarga ajratishda turli yondashuvlar mavjud, birinch xil tasnifda so’zlarni quyidagi 5 ta guruhga bo’linadi: 1. Mustaqil so’zlar; 2. Yordamchi so’zlar; 3. Modal so’zlar; 4. Undov so’zlar; 5. Taqlid so’zlar. Ikkinchi xil tasnifda so’zlar ifodalaydigan umumiy ma’nolarga ko’ra bo’linadi: 1. Nomlovchi so’zlar: ot, sifat, son, fe’l va ravish. 2. Yordamchi so’zlar: bog’lovchi, ko’makchi va yuklama. 3. Ifodalovchi so’zlar: undov, modal va taqlid so’zlar. 4. Ko’rsatuvchi so’zlar: olmosh. Ot, sifat, son, ravish kabi so'z turkumlari o'rnida qo'llanib predmet, belgi, miqdor tushunchasining mavjudligini ko'rsatadigan, ularning vazifasini bajaradigan so'z turkumiga olmosh deyiladi. Olmoshlar predmet, belgi, miqdor ma'nosini anglatmay, faqat ularga ishora qilish, ko'rsatish uchun xizmat qiladi. Masalan: Bizga qalin do'st kitob, u go'yo nurli oftob. Bu gapda biz va u olmoshlari ot o'ringa kelib, shaxs va predmetga ishora qilgan. Siz ana shu jannatni dunyoga keltirgan odamlar sog'ligining posbonisiz. (M.Muhammedov). Bu gapda ana shu olmoshi sifat o'rniga kelib, beligiga ishora qilgan. Men bunaqa voqealar haqida qancha-qancha kitoblar o'qiganman. (O.Ё.). Bu gapda qancha-qancha olmoshi ravish o'rniga kelib, miqdoriy belgiga ishora qilgan. Olmosh so'z turkumi quyidagi leksik-grammatik xususiyatlarga ega: 1) olmosh mustaqil so'z turkumlaridan farqli ravishda, predmet va uning belgisini, miqdorini ularga atama (nom) bo'lmagan holda ko'rsatish xususiyatiga ega. 2) olmoshlar gapda bajaradigan vazifasiga ko'ra 4 guruhga bo'linadi; A) ot o'rnida qo'llanuvchi olmoshlar: Men, sen, u, biz, siz, ular, kim, nima, har kim, har nima, hech kim, hech nima, allakim, allanima, bir narsa, bir nima, birov, kimdir, nimadir kabilar Bu olmoshlar ot singari so'z o'zgartiruvchi bajargan sintaktik vazifalarni (ega, to'ldiruvchi, qaratuvchi, ba'zan, kesim) bajaradi. Masalan: Kimning ishi to'g'ri bo'lsa, u doim bexovotir bo'ladi. Nimani qilsang xor, o'shangga bo'lasan zor (Maqol). So’z turkumi olmosh haqida bo’ladi. Siz shiyorlardan birini tanlab, quvnoqlar va zukkolar guruhlariga bo’lishingiz kerak. Vazifangiz dars davomida beriladigan topshiriqlarga tayyor turishingiz, olgan bilimlaringizni namoyon qila olishingiz qo’shimcha adabiyotlardan tezkor bilan foydalana olishingiz kerak bo’ladi. O’quvchilar bilan hamkorlikda ishlab, mustaqil fikrlashga o’rganing. O’quv faoliyatingizni 1 bosqichida to’g’ri, notog’ri o’yinini boshlaymiz: Bunda guruhlarga bir biriga savollar berishadi. Guruhlar to’g’ri - notog’riligini tekshirishadi. Javobi to’g’ri topsangiz kartochka olish huquqiga ega bo’lalsiz. Darsimizning nixoyasida kartochkalar yordamida g’olib guruh aniqlanadi. O’yinni boshladik: Quvnoqlar va zukkolar guruhi navbat bilan olmosh so’z turkumi haqida ma’lumot bera boshlaydi. To’g’ri javob uchun 1 tadan kartochka beriladi O’qituvchi: bu o’yinda ikkala guruh ham juda yaxshi qatnashdingiz. Qarang mana bu ko’rgazmada Mustaqil O’zbekistonimiz gerbi, bayrog’i tasvirlangan. Hozir shu tasvir asosida izoxiy diktant o’tkazamiz. Sizning vazifangiz gaplarni yozib olish va birinchi gapdagi “hoshiyaviy” ikkinchi gapdagi “hoshiya” humo 3 gapdagi “O’z tilim” so’zlariga izox berishdan iborat bo’ladi. 1. Bayroqning o’rtasidagi oq rangli enining chetlaridan teng qizil xoshiyalar o’tkazilgan 2. Gerbning markazida qanotlarini keng yozgan humo qushi tasvirlangan. 3. O’z elim, o’z uyim, o’z tilim, bor bo’l. O’quvchilar o’qituvchining savollariga o’z fikrlarini mustaqil bayon etgan xolda javob berishadi. Savollarga olmosh qatnashgan bo’lishi kerak. Navbatdagi o’quv faoliyatida “ijodkor” o’yini o’tkaziladi. Yozuv taxtasiga quvnoqlar guruhi ot so’z turkumi ishtirok etgan gaplardan namunalar yozadi, zukkolar esa shu gaplardan egani olmoshdan topib fikrni davom ettirishlari yoki yangi gap tuzishlari talab qilinadi. Masalan: (Anvar juda ziyrak bola, uning ziyrakligi o’qishga qo’l keladi) Keyingi mashg’ulot. Berilgan gaplardagi nuqtalar o’rniga kerakli olmoshlarni qo’yish. 1. (Bunda)……..bor harorat, muhabbat, shavqat. 2. (nima)……kishiga ko’p ziyon keltiradi? 3. (O’zingni)…….er bilsang, (o’zgani)….sher bil O’qituvchi yozuv taxtasiga guruhlar, olmoshlar ishtirokida gapning bo’laklari vazifasida kela oladigan gaplar tuzing. O’qituvchi: Hozir bilimingizni yana sinab ko’rish maqsadida magnit lentasidan 3 marta saylanma diktant matni o’qiladi. Matnda olmoshlarni topib, daftaringizga yozing. So’ngra matndan olgan xulosalaringizni olmoshlar ishtirokida bayon eting va matn mazmuniga mos keladigan maqollardana ayting. „Izlanish“ sahifamizda quvnoqlar guruhlariga 7 sinf adabiyotida darsligining she’riy matnlari tarkibida, zukkolar guruhiga „O’zbek tili va adabiyoti“ jurnalidan o’rin olgan maqola tarkibidan olmoshning satrlaridan misollar keltirish topshiriladi. Topshiriq baxribayt shaklida olib boriladi. Navbat grammatik topshiriqlarga 1. Oti sifat, sonlarga ham olmoshlardan so’zlarga har doim o’rin bosar, ot kabi turnalar. Almashadi ot bilan, ham soni sifat bilan Aytingchi bu qanday so’z turkumi? (olmosh) 2. “Seni”, “Men”dan tushar unga bunga qo’shilar (n undoshi) 3. Men, Sen, Biz, U, ular. Topingchi qanday so’zlar? (Kishilik olmoshlari) 4. Ma’nosida bor so’roq qanday olmosh top o’rtoq? (So’roq olmoshi) O’qituvchi: Mana dars davomida guruhlar bir – biringiz bilan hamkorlikda do’stona ishladingiz. Topshiriqlarni yakdillik bilan bajardingizda ustozingiz o’z o’rni bor deb o’ylayman. Shunday ekan, hozir “Ustoz” haqida kichik matn yarataylik. Matnni albatta olmoshlar ishtirok etgan gaplarda tuzishingiz kerak bo’ladi, Darsimiz yakunida tanlangan shiyoringiz qanchalik to’g’ri ekanini isbotlashingiz kerak. Bugungi darsimizdan qatra bo’lsada ilm oldingiz deb o’ylayman. Yiqqan baho kartochkalaringiz ham shuni ko’rsatib turibdi. Bu bilimlaringiz bir kun yig’ilib – yig’ilib albatta daryo bo’ladi. Shunday ekan har kungi darsga tirishqoqlik bilan tayyorlaning “Bilmaslik ayb emas, o’qimaslik - ayb” Doimo kitob sizning hamrohingiz bo’lsin! “Olmosh – nutq ravonligini ta`minlovchi vosita” [23] nomli tezisda olmosh so’z turkumini o’rganishda o’quvchilar so’z boyligini oshirib va nutqini rivojlantirishni ikki yo’nalishda: 1) Olmoshning tilimizda mavjud bo’lgan ma`nodoshlari ustida ishlash. 2) Nutqiy sharoitda ot, sifat, sonni ularga ishora qiluvchi va bevosita shu ma`noni ifodalovchi olmoshlar bilan almashtirish orqali amalga oshirish mumkinligi haqida gapiriladi. Har bir ikki, yo’nalishni bjarish uchun misollar keltiriladi. Olmoshni o’rganish jarayonida o’quvchilarning nutiqni rivojlantirish bir tomondan, ma`nodosh olmoshlar ustida ishlash orqali va ikkinchi tomondan ot, sifat, son va hakozo olmosh sinonimiyasini keng qo’llash bilan amalga oshirilishi bilan tezis xulosalaniladi. “Sinov dasturi va darsligi asosida “Olmosh” mavzusini o’tish [10] nomli tezisda o’qituvchi M. Sattorova 7 sinfda “Olmoshlar” mavzusida 13 soat ajratilganligini aytib, olmoshlarga bag`ishlab bir soatlik dars manunasi o’z tajribasini bayon etadi. Bunda Mirtemirning “Ka’bamsan she`riyat” , Abdulla Oripovning “Munojatni tinglab” she`rlaridan parchalar keltirib, olmoshlarni toptirgani, ma`nosini aniqlatganligini aytadi. Dars yaxshi o’tganligini, ya`ni o’quvchilar faol qatnashganliklarini aytadi. Download 169.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling