Mavzu: boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar va kompanentlar orasidagi bog’lanish mundarij a kirish


Masalan, x-4=12 tenglama doskaga yoziladi


Download 150.86 Kb.
bet8/12
Sana16.09.2023
Hajmi150.86 Kb.
#1679693
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ARIFMETIK AMALLAR VA KOMPANENTLAR ORASIDAGI BOG’LANISH

Masalan, x-4=12 tenglama doskaga yoziladi.
-Doskaga nima yozilgan? (tenglama),
-Uni o'qi (iks ayiruv 4 teng 12),
-Boshqacha yana qanday o'qish mumkin (noma`lum sonni 4 ta
kamaytirilsa, 12 hosil bo'ladi)
-Qanday amal ko'rsatilgan? (ayirish),
-Bu yozuvdagi sonlarning nomlarini ayt (x- kamayuvchi, 4-ayriluvchi, 12- ayirma)
-Kamayuvchini qanday topish mumkin? (kamayuvchini topish uchun ayirmaga ayriluvchini qo'shish kerak).
-Yozamiz x=12+4, x=16
-Qanday tekshirish kerak? ( 16sonini kamayuvchi o'rniga qo'yamiz, hisoblaymiz 16-4=12. Taqqoslaymiz: 16-4=12 tenglama ham 12 demak yechim to'g'ri.)
Shundan so'ng o'quvchi o'qituvchi savollari yordamida emas, balki, mustaqil o'zi tenglama yechilishinini eslatmaga ko'ra tushuntirib bera olishi kerak. Masalan, x:4=8 tenglama bo'yicha o'quvchi to'liq tushuntirishi quyidagicha bo'ladi: " bu tenglama. Unda bo'lish amali bajarilmoqda. X-bo'linuvchi, 4- bo'luvchi, 8-bo'linma. Noma`lum bo'linuvchini topish uchun bo'linmani bo'luvchiga ko'paytiraman: x=8*4, x=32. Tekshiraman 32:4=8, 8=8. Yechim to'g'ri".
Tenglamani yechishga doir turli mazmundagi topshiriqlarni bajarish o'quvchilarda sodda tenglamalarni yechish malakasi shakllanishi bilan birga, murakkab tenglamalarni yechishga tayyorgarlik, vazifasini o'taydi. Shuningdek, o'quvchining mustaqil fikrlashini o'stiradi. O'quvchi topshiriqlari ichidan tenglamalarni topish, tenglamadagi noma`lum qiymati chegaralarini belgilash, rasmga qarab, chizmaga qarab tenglamalar tuzish, xato yechilgan tenglamalarni to'g'rilab yechish, ikkita son va noma`lumdan iborat uchlik yordamida turli xildagi tenglamalarni tuzish va uni yechish tenglamalarni biror xususiyatlariga ko'ra sinflarga ajratish, tenglama yechimiga ko'ra amalni tanlash, yechimga ega bo'lmagan tenglamalarni sharhlashga oid topshiriqlar shular jumlasidandir.
x-305=601-98, 917-x=328-39 ko’rinishidagi tenglamalar bilan 3-sinfda tanishtiriladi. Bunday tenglamalar oddiy tenglamalardan farqli o’laroq, natija ifoda bilan berilgan. Avval ifodaning qiymatini topib, sodda tenglamaga aylantirib, keyin yechiladi.
x-305=601-98 x-305=503.
Endi bu sodda tenglama holiga keldi. Bu tenglamada kamayuvchi noma’lum. Noma’lum kamayuvchini topish qoidasini o’quvchilarga eslatilib, bu tenglama o’quvchilar tomonidan yechiladi. x=503+305 x=808.
Tenglama yechilgandan so’ng u tekshirib ko’riladi:
808-305=601-98
503=503
Demak, tenglama to’g’ri bajarilgan.
4-sinf o’quvchilari
750-(x-130)=90, (44+x)+30=100, 780:(x-7)=78 ko’rinishidagi murakkab tenglamalarni yechishni o’rganadilar. O’quv dasturida o’quvchilardan murakkab tenglamalarni yechish ko’nikmasi talab qilinmasa ham, boshlang’ich sinf 3-4 sinf darsliklarida bunday tenglamalar kiritilgan.
750-(x+130)=90 ko’rinishdagi tenglamani yechishda amal hadlari va natijasi orasidagi bog’lanish asos qilib olinadi. Bunday ko’rinishdagi tenglamalarni yechishda o’qituvchi o`quvchilar bilan quyidagi savol-javoblarni o`tkazishi mumkin. O`qituvchi bunday tenglamalarni yechishda oxirgi amalga e’tiborini qaratib, oxirgi amal ayirish bo`lgani uchun uning hadlari 720-kamayumchi, (x+130)ayriluvchi, 90-ayirma deb ko’rsatilgan.

  • Bu tenglamada nima noma'lum?

  • Tenglamada (x+130) noma`lum

  • Noma`lum ayriluvchi qanday ko`rinishda? (yig’indi ko`rinishida)

  • Noma’lum ayriluvchini topish qoidasini esla. Noma’lum ayriluvchi qanday topiladi?

  • (Noma’lum ayriluvchini topish uchun kamayuvchidan ayirmani ayiramiz.)

Yozamiz:
x+130=750-90 x+130=660

  • Endi tenglama sodda tenglama ko’rinishiga keldi. Bu tenglamada nima noma’lum? (- Birinchi qo’shiluvchi noma’lum).

  • Noma’lum qo’shuvchini topish qoidasini esla. Noma’lum qo’shuvchi qanday topiladi? – (Noma’lum qo’shuvchini topish uchun yig’indidan ma’lum qo’shiluvchini ayiramiz). x=660-130 x=530.

Tenglama to’g’ri yechildimi? (Tenglamani tekshiramiz:)
750-(530+130)=90
750-660=90
90=90. Tenglama to’g’ri bajarilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tenglamar yechishga o’rgatish orqali o’quvchilarda algebraik materiallarga oid tasavvurlar tarkib topadi, yuqori sinflarda algebra fanini o’rganishga tayyorgarlik vasifasini o’taydi. Masalalar yechishning algebraik usulini tadbiq etishni o’rganadi, o’quvchilarning mantiqiy tafakkurini o’stirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.



Download 150.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling