Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/59
Sana02.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1075227
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
majmua SIRTQI MO\'M-22

3- Topshiriq (61) 
Berilgan masala IV sinfda yechiladi, chunki "tezlik", "vaqt", "masofa" 
orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi harakatga doir masalalar IV - sinf dasturida 
o‘rin tutgan. Ushbu masala ustida quyidagicha ish tutish mumkin. 
I.Masala matni o‘qilgach, suhbat metodidan faoydalanib quyidagi yo‘naltiruvchi 
savollarni berish mumkin: 
-Masalada nima haqida gap borayapti? 
-(Ikki poezdning qarama-qarshi tomonga yul yurishi haqida gap borayapti ) 
-Ikki poezd A va V shaharlardan bir vaqtda yo‘lga chiqishdan oldin ular orasidagi 
masofa qancha 'ekanligi ma'lummi ? 
-Ha ,175 km. 
-Bu poezdlarning harakat yo‘nalishi qanday bo‘lgan? 
-qarama -qarshi tomonga yurishgan. 
-Birinchi poezdning tezligi masalada ma'lummi? 
-Ha, soatiga 50 km. 
-Ikkinchi poezdning tezligichi? 
-soatiga 60 km. 
-Harakat boshlanganidan keyin poezdlar necha soat yo‘lda bo‘lishgan? 
-6 soat. 
-Masala savoli (bizdan) nimani topishni talab qilayapti? 
- Harakat boshlanganidan 6 soat keyin bu poezdlar bir-biridan qanday masofada 
bo‘lganligini. 
II.Masala qiska shartini grafik tarzda bergan ma'qulroq 
50 km/ soat 60 km/soat
________________________________
175 km 
III.Masala muhokamasi (razborini) masala savollaridan boshlab berilganlariga 
qarab eki berilganlaridan masla savoliga qarab borish yo‘llari bilan amalga 
oshirish mumkin. Har ikkala usul ustida to‘xtalib o‘tamiz. 


80 
Masala savoliga birdaniga javob bersa bo‘ladimi? 
-Yo‘q. 
-Nima uchun? 

Chunki ikkala poezd 6 soat ichida qancha masofani o‘tganligi noma'lum. 

Uni topsa bo‘ladimi? 

Yo‘q. 
-Nima uchun? 
-Chunki har bir poezd 6 soat ichida qanchadan masofani bosib o‘tganligi 
noma'lum. 
-Har bir poezd 6 soatda qancha masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha, -qanday qilib?
-Har bir poezd tezligini sarflangan 6 soatga ko‘paytirib. 
-Har bir poezd qancha masofani o‘tganligi aniq bo‘lsa, ikkala poezd Shu 6 soat 
ichida qancha masofani bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha. 
-qaysi amal bilan? 
-qo‘shish amali bilan .Birinchi poezd bosib o‘tgan masofani ikkinchi poezd bosib 
o‘tgan masofaga qo‘shib. 
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi? 
-Ha. 
- qanday qilib? 
-Ikki poezd bosib o‘tgan masofaga 175 km.ni qo‘shib. 
-Demak masalamiz nechta ish bilan echilar 'ekan? 
-4 ish bilan .Birinchi va ikkinchi ishlar ko‘paytirish va 3-4-ishlar qo‘shish 
amallaridir. 
IV. Masalani birin-ketin amallarni bajarish va har bir amaldan so‘ng izoh berish 
formasida yechamiz. 
1) 50*6=300 (km) -birinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi 
2) 60*6=360(km) - ikkinchi poyezdning 6 soatga bosgan masofasi 
3) 300+360=660(km)- ikkila poyezdning 6 soatga bosgan masofasi. 
4) 660+175=835(km)- harakat boshlanishidan 6 soat keyin poezdlarning bir-
biridan uzoqlikda bulgan masofasi. 
Javob: 835 km. 
Masala muhokamasining ikkinchi usuli. 
-Birinchi poyezd soatiga 50 km tezlik bilan yurib 6 soat ichida qancha masofani 
bosib o‘tganligini topsa bo‘ladimi? 
-Ha tezlikni vaqtga ko‘paytirib (50,6) 
-Ikkinchi poezdning Shuncha vaqt ichida qancha yo‘l yurishini-chi? 
-Ha soatiga 60 km.dan yurib 6 soatda (60,6)km yo‘l yuradi. 


81 
Birinchi va ikkinchi poyezdlarning har birining 6 soatda qancha yurganliklaridan 
nimani bilish mumkin? 
-Ikkala poezd 6 soatda necha km. yo‘l yurganligini. 
-Uni qanday bilish mumkin? 
-(50*6) ga (60*6) ni qo‘shib 
-Ikkala poyezd 6 soatda yurgan yo‘li ma'lum bo‘lganda nimani aniqlash mumkin? 
-Masala savoliga javobni aniqlash mumkin. 
-qanday qilib? 
-Ikkala poyezd bosib o‘tgan masofaga 175.km.ni qo‘shib. 
Demak masala 4 ish bilan echiladi. 
Masalani savol qo‘yib echamiz: 
1.Birinchi poyezd 6 soatda necha km yo‘l yurgan? 
50*6= 300(km) 
2.Ikkinchi poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan ? 
60*6=360(km) 
3.Ikkala poezd 6 soat ichida necha km yo‘l yurgan? 
300+360=660(km) 
4.Harakat boshlangandan 6 soat keyin bu poezdlar bir-biridan qanday masofada 
bo‘ladi? 
660+175=835(km) Javob: 835 km. 
V. Yechilgan masala ustida ishlashning bir necha yo‘llari bor. Ulardan biri 
berilgan masalaga teskari masala tuzish,uni yechish.Ikkinchisi esa masalani turli 
usullarda yechish, yana biri masala yechilish chegaralarini aniqlash va hokazo. 
Yuqoridagi masala uchun masalani boshqa usul bilan yechish yo‘li bilan tekshirib 
ko‘ramiz. 
Masalani boshqa usul bilan yechar ekanmiz, Shu yechish usuliga ko‘ra masala
muhokamasini o‘tkazamiz. 
-Birinchi poyezd soatiga 50 km. ikkinchi poyezd soatiga 60 km tezlik bilan yurgan 
bo‘lsa, ular bir soatda bir-biridan necha kilometrga uzoqlashishganini topsa 
bo‘ladimi? 
-Ha. 
-qanday qilib? 
-50 ga 60ni qo‘shib. 
-Dastlabki oraliq masofa (175 km)ni hisobga olmaganda 6 soatda ular bir-biridan 
uzoqlashganini topsa bo‘ladimi? 
-Ha, 50 va 60 yig‘indini 6 ga ko‘paytirib. 
-E'ndi masala savoliga javob bersa bo‘ladimi? 
-Ha ikkala poezdning 6 soatlik uzoqlashgan yo‘liga 175 ni qo‘shib. 
-Demak masala necha ish bilan echiladi. 


82 
-3 ish bilan. Birinchi ish qo‘shish , ikkinchi ko‘paytirish va uchinchi qo‘shish 
amallari bilan . 
Masalan, echishda birin-ketin amallarni bajarish va izoh bermasdan yozish 
formasidan foydalansak: 
1.50+60=110(km) 
2.110x6=660(km) 
3. 660+175=835(km)
Javob: Harakat boshlanganidan 6soat keyin bu poezdlar bir-biridan 835 km 
masofada bo‘ladi. 
Demak yuqorida masalani to‘g‘ri echgan 'ekanmiz.Shuni qayd qilish lozimki, 
oxirgi yechish usuli ( uch ish bilan yechish) dastlabki usul (4 ish bilan yechish) ga
qaraganda qulaydir. Masala yechimini bunday ikki usulda berishimizning asosida 
ko‘paytirish amalining yig‘indiga nisbatan tarqatish xossasidan foydalanish yotadi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling