Kognitiv kompetensiya (shaxsning mustaqil ijodiy fikrlash kompetensiyasi):
masalalar yechishda mantiqan to‘g‘ri fikr yurita oladi, mantiqiy noto‘g‘ri natijalarni aniqlay oladi, misol va qarshi misol tuza oladi;
o‘quv masalasini qismlarga ajrata oladi.
5-bo‘lim. SONLI IFODALAR. JADVALLAR. GEOMETRIK SHAKLLAR (33 soat)
126-158- mavzularni o’z ichiga oladi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
2 arifmetik amalli (qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi;
o‘lchamlari ma’lum bo‘lgan yassi geometrik figuralarni (kesma, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasay oladi, ularni qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtira oladi;
real obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi;
geometrik obyektlar o‘lchamlarini, masofalarni chamalay oladi;
murakkab bo‘lmagan jadvallar ko‘rinishida berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi;
murakkab bo‘lmagan tayyor jadvallarni to‘ldira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |