Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Bozor iqtisodiyotining mazmuni. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari


Download 73.35 Kb.
bet2/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

Bozor iqtisodiyotining mazmuni. Bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari

Mehnat taqsimotining chuqurlashuvi yana bir soha savdo sohasi yuzaga keldi va u tovar pul harakatining tezlashtiruvchi, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog’laydigan vositachiga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi o’rtasidagi aloqalar bevosita emas, balki bilvosita, ya’ni savdogarlar, tijoratchilar, vositachilar orqali amalga oshirish yo’lga qo’yildi. Natijada bozor tushunchasi-ning mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etdi. Tovar pul muomala-sining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Natijada bozorni faqat oldi-sotdi qilinadigan joy deb tavsiflash borliqni yetarli darajada ifodalay olmay qoldi. Endi bozorni yangicha ayirboshlash aloqasi, munosabat shaklida ham tushuniladigan bo’lindi.


Bozor – sotuvchi va xaridorning, tovarlarni pul vosita-sida ayirboshlash borasida yuzaga keladigan iqtisodiy aloqa-lari, munosabatlari, ularning o’zaro aloqasi yig’indisi bo’lib, tovar muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Chunki oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim maxsus tovar-ishchi kuchining paydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib uning mazmuni yanada kengaydi, shuningdek faqat ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoniga tortilib, ishlab chiqarishga jalb etilib boradigan ularning bir-biriga ta’siri bevosita emas, balki bilvosita, bozor orqali amalga oshadigan bo’ldi.
Bozorning moddiy asosi tovar va pul harakatidan iborat bo’lib, u iqtisodiyotning to’rtta fazasini ya’ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlaridan faqat ayir-boshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlardan tashkil topadi.
Bozorda hyech qanday boylik yaratilmaydi, moddiy ne’matlar, xizmatlar ishlab chiqarilmaydi, balki unda mamlakatlarning iqtisodiy qudratidan foydalanib, minglab firma, korxona, xo’jalik subektlarda ishlayotgan millionlab odamlar mehnati bilan yaratilgan tovar va hizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, intellektual tovarlar, ish kuchi sifatida sotiladi va sotib olinadi.
Bozor iqisodiyotining mohiyati uning asosiy belgilarida namoyon bo’ladi:
Bozor iqisodiyotining eng muhim belgilari:
Iqtisodiy erkinlik ya’ni mulkning turli xilligi, xo’jalik yuritish shakllarining ko’pligi bilan belgilanadi. Mulkdorlar erkin bo’lib, bitta mulkka ustunlik berilmaydi. Xo’jalik yuritish yakka tartibda, jamoaga uyushib sherikchilik, paychilik, aksionerlik asosida, o’z mablag’iga yoki qarzga olgan mablag’ xisobiga xo’jalik yuritish yer va boshqa vositalarni ijaraga olish hamda ishlatish birgalikda olib boriladi. Erkinlik mulkdorni mulkka, ishlab chiqarish omillariga, yaratilgan tovarlarga egalik qilishiga o’z tovarini, pulini o’z bilganicha ishlatish uchun imkoniyat yaratib beradi. Har bir korxona, tashkilot, fuqaro o’ziga ma’qul ish bilan ixtiyoriy ravishda shug’ullanadi. U foydasini ham, zararini ham o’zi ko’radi. Ishlab chiqaruvchilarning aloqalari bozor orqali bir-biriga bog’lanadi.
Bozor erkin iqtisodiyot bo’lganligi tufayli iqtisodiy monopolizmga barham beradi. Ya’ni ayrim ishlab chiqaruvchilar davlat, korxona yoki tashkilotni biron-bir sohadagi tanho hukmron bo’lishga yo’l qo’yilmaydi. Masalan: Sobiq Ittifoqda tanho mulk, ishlab chiqarish, savdo-sotiq, kredit-bank, yakka davlat qo’lida bo’lgan va bu iqtisodiyotni inqiroz, turg’unlik holatlariga olib kelgan. Bozor iqtisodiyoti antimonopol yo’nalishga ega.
Bozor iqtisodiyotida tovar taqchilligi bo’lmaydi. Bozorda sotuvchi bilan xaridor bir-birini erkin tanlaydi. Bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste’molchi o’z hukmini o’tkazadi. Tovar va xizmatlarning sifatiga va narxiga qarab, tanlab olish imkoniyati paydo bo’ladi.
Bozorda narxlar erkin tashkil topadi. Narxni yuqoridan davlat belgilab bermaydi, u bozorda talab va taklif asosida, xaridor bilan sotuvchining shartlashuvi, savdolashuvi asosida yuz beradi. Bozorda kelishilgan narx ishlaydi. Narx pul bilan o’lcha-nadi. Pulsiz bozor bo’lmaydi. Pul bozor iqtisodiy munosabat-larining asosini tashkil etadi va iqtisodiyotning qon tomiri hi-soblanadi. Pul bozorni ajralmas qismi. Pul aylanishi, emissiyasi, uni qadr-qimmati, inflyasiya, valyuta kursi, bozor vaziyatini ko’rsatib turadi.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy o’rin egallaydi. U ishlab chiqaruvchilarning alohidalashgan manfaatini bildiradi, bu manfaat raqobat kurashi asosida jamiyat uchun zarur tovarlarni, talabgir tovarlarni ishlab chiqarishni talab etadi. Raqobat resurslarni kam sarflab ulardan samarali foydalanib, sifatli tovarlar ishlab chiqarishga undaydi. Shuning uchun raqobat bozor iqisodiyotini harakatlantiruvchi qonuni, kuchi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti manfaatlar uyg’unlashuvidan iborat. Bozorda har biri o’z manfaati uchun ishlaydi. Ya’ni har bir subyekt bu korxona, davlat, ayrim shaxs – o’z manfaatini ko’zlab ish yuritadi. U bozor bilan hisoblashishga majbur, aks holda ishi yurmaydi, daromad olmaydi, xonavayron bo’ladi. Ishlab chiqaruvchiga ham, xaridorga ham, nima kerakligini bozordagi narx aniqlab beradi.
Bozor iqisodiyoti ijtimoiy kafolatlar, adolat qoidala-riga asoslanadi. Bu resurslarning miqdori va samarasiga qarab ishlab chiqish, tovarlar hamda xizmatlarni taqsimlash va shunga mos daromadga ega bo’lib, yuqori farovonlik darajasiga erishish adolat hisoblanadi. Adolat bu hammani bir qilish emas, balki jamiyatni tabaqalanishini bildiradi. Iqtisodiy subyektlar mehnatiga, ishbilarmonligiga va mulkiga qarab bir-biridan farqlanadi. Shu tufayli ularni daromadi, turmush darajasi va jamiyatdagi mavqyei bir xil bo’lmaydi, tabaqalanish, boylarga xavas qilish, ularga intilish hissini vujudga keltiradi, bu esa kishini yaxshi ishlashga undaydi.

Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling