Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Download 73.35 Kb.
bet4/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

1. TALAB VA TAKLIF;
2. RAQOBAT KURAShI;
3. NARX.

Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiyotni tashkil etish, faoliyat ko’rsatishni, tartibga solish va boshqarishning murakkab shakli bo’lib, tovar – pul munosabatlariga asoslanadi hamda ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar, shuningdek, o’zaro hamkorlik faqat bozor orqali yuz beradi.


Bozor iqtisodiyoti erkin iqtisodiy faoliyatga asoslangan tovar munosabatlari yaxlitligi bo’lib, har bir insonga o’z faoliyati natijasini o’ylab, oqilona xo’jalik yuritishni rag’batlantiruvchi demokratik iqtisodiyotni vujudga keltiradi.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va
ziddiyatlari
Kishilik jamiyatining rivoji shundan dalolat beradiki, bozor iqtisodiyoti umuminsoniy iqtisodiyot bo’lib, u jamiyat a’zolarining farovon hayot kechirishini amalga oshirish uchun zarur imkoniyat yaratish bilan boshqa iqtisodiy tizimlardan tubdan farq qiladi. Bozor iqtisodiyotning eng muhim afzalligi har bir kishini o’z mehnatidan manfaat ko’rish, boqimandalikka barham berish, ishbilarmonlikni rag’batlantirish hisobiga mehnat unumdorligini oshirishga, o’z mehnatidan rag’batlanish hissini kuchaytiradi.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab asta-sekin shakllanib kelgan tarixiy va arxeologik hujjatlarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Samarqand, Buxoro va Xiva savdogarlarni o’ziga jalb qilgan, chiroyli, pishiq tovarlarini Xindiston, Xitoy, Rossiya va Yevropa mamlakatlariga yetkazib bergan.
Jahon tajribasi, shu jumladan mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot faqat uning o’zigagina xos bo’lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko’rsatadi. Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar-pisand qilmaslik, buzish, iktisodiyotni og’ir-oqibatlarga olib kelishi mumkin.
«Faqat uyushgan bozorgina bugungi kunda xalqni ijodiy va mehnat imkoniyatlarini ochib beradi, boqimandalikka xotima beradi, tashabbuskorlik va ishbilarmonlikni rivojlantira oladi, rag’batlantirishni va yo’qotilgan xo’jayinlik tuyg’usini qayta tiklaydi»1.
Bozor iqtisodiyoti o’sib borayotgan cheksiz ehtiyojlarni qondirish uchun cheklangan resurslarni taqsimlash va ishlatishda eng avvalo zarur tovar hamda xizmatlar ishlab chiqarishni yuqori darajada samarali bo’lishni ta’minlaydi. Kuchli bozor raqobati sharoitida tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi bozorda o’z mavqyeini saqlab qolish uchun ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarini kamaytirishga, tovar sifatini oshirishga majbur bo’ladi. «Faqat bozorgina tejamli xo’jalik yuritishning kuchli oqi-lona jihatlarini yaratadi, harajatlarni kamaytiradi, talon-taroj va lapashanglikka qarshi kurashadi»2.
Bozor iqtisodiyoti o’zgarayotgan sharoitlarga tezkor mosla-shuvchi bo’lib, yuqori darajada zarur tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni yo’lga qo’yadi. Bozorda jamiyat, iste’molchi talabiga mos bo’lmagan tovarlar, xizmatlar o’z xaridorini topmaydi, natijada tovar egalari sarflagan harajatlarni qoplay olmaydilar, zarar ko’radilar. Bunday xatar har bir ishlab chiqaruvchini bozordagi talabga darhol moslashishga, haridorgir tovar ishlab chiqarishga moslashishga majbur etadi. Buning natijasida ishlab chiqarish tarkibi va xajmi talab asosida shakllanadi va unga binoan resurslar ham taqsimlanadi.
«Faqat bozorgina ishlab chiqaruvchining hukmini sindirish, ishlab chiqarishni iste’molchilarning mafaatlariga bo’ysindirish, mahsulotga bo’lgan talabni aniq hisobga olish, konyuktura o’zgarishlariga qarab tezlikda ish tutish imkonini beradi»3
Bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatda ustun bo’lish, yutib chiqish, sinmaslik uchun har bir ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsa-tuvchi fan-texnika yangiliklariga sezgir bo’lishi, uning yutuqlari-dan keng foydalanish innovasiyaga moyilligi kuchayadi. Yangilik-larni qidirish, ixtirolar qilish, ularni ishlab chiqarishga tezda joriy etish yo’li bilan kamroq harajat qilib, ko’plab sifatli tovar va xizmatlarni yaratishga intiladi.

«Faqat bozorgina yangiliklarga sezgir qiladi, fan texnikaning eng so’nggi yutuqlarini dadil va g’ayrat bilan joriy etadi, o’z ishining ustasiga, kasb mahoratiga munosib baho beradi»1


Bozor iqtisodiyoti turli-tuman cheksiz ehtiyojlarni qondirish, tovar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ularning to’kinchiligini ta’minlash, xaridorlarni tanlab olish imkoniyatini yaratishi bilan ham boshqa iqtisodiyotdan farq qiladi.

Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling