Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Ishlab chiqarish vositalar bozori


Download 73.35 Kb.
bet9/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

2. Ishlab chiqarish vositalar bozori. Bu bozorda mehnat qurollari, xomashyo, yoqilg’i, metal va boshqa tovarlar erkin sotiladi. Bu bozorda sotilgan tovarlar shaxsiy ehtiyoj uchun emas balki ishlab chiqarish iste’moli uchun ishlatiladi. Usotuvchi ham, xaridori ham tovar ishlab chiqaruvchi firmalar, korxonalar, xo’jaliklardan iborat bo’ladi. Ishlab chiqarish vositalarining erkin sotilishi moddiy resurslar harakatini tezlashtiradi va u narx vositasida turli tarmoqlar va korxonalar o’rtasidagi talabni hisobga olib, resurslar erkin harakat qiladi va investisiyalash uchun sharoit yaratadi.
Ishlab chiqarish omillari bozori ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur bo’lgan tovarga aylangan mehnat vositalari to’g’ridan to’g’ri yoki vositachilar orqali ulgurji narxlarda yirik partiyalarda ko’tarasiga, ulgurji savdo tariqasida tovar birja-larida (don, paxta, metal, yoqilg’i va boshqalar) erkin narxlarda naqd pulsiz, firma, korxonalarning bankdagi maxsus hisob raqami orqali hisob kitob yuritish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tishga qadar mavjud bo’lgan ma’muriy- buyruqbozlik tizimida ishlab chiqarish vositalari savdosi erkin bo’lmasdan moddiy texnika ta’minoti shaklida oldindan belgi-langan fondlar, limitlar belgilash yo’li bilan markazlash-tirilgan holda taqsimlanib kelingan. Ishlab chiqaruvchilar bilan istemolchilar biri-biriga biriktirilmagan, xo’jalik aloqalari, sheriklar tanlash erkin emas edi. Bunday ish yuritish tovar ayirboshlashga zid bo’lib, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatning yo’qligi, iste’molchilarni erkin tanlanmasligi erkin narx, erkin savdoning yo’qligi tufayli tarmoqlar va korxonalar zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan.
3. Ilmiy texnik ishlanmalar yoki intellektual tovarlar bozori – bu bozor maxsus turi tariqasida aqliy mehnat maxsuli bo’lgan tovar va xizmatlar ayirboshlanadi.
Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, san’at va adabiyot asarlari, har xil axborotlar oldi-sotdi qilinadi. Intellektual bozor ilmiy texnik ishlanmalar, tasviriy san’at, musiqa, antikvar buyumlar, kino, axborot bozorlaridan iborat bo’lishi mumkin.
Intellektual bozor tarkibida ilmiy texnikaviy ishlanmalar savdosi alohida o’rin tutadi va u amalda patent, lisenziya, nou-xau (nou-hau) sotishdan iborat bo’lib, bu bozorda asosan innovasion firmalar faoliyat ko’rsatadi va ular yangiliklarni topish, sotish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha xizmat ko’rsatadi. Bu vazifalarni amalga oshirishda injiniring va konsalting firmalar ham qatnashadi.
Intellektual bozor fan-texnika rivojiga katta xissa qo’shadi, yangiliklardan tezda zarur joyda samarali foydalanishni ta’min-laydi.
Intellektual bozorning eng mashhur shakllaridan biri «Shou-biznes» bozori hisoblanadi va uning yordamida turli-xil pullik tomoshalar ko’rsatilib, daromad olinadi. Shou-biznes bozoridan maxsus firmalar, madaniy-musiqiy uyushmalar, birlashmalar, ayrim biznesmenlar foydalanadi. Ularning daromadlari aholidan olina-digan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama puli, tomosha-binlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi hisobidan shakl-lanadi.

Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling