Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Download 73.35 Kb.
bet11/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

6. Raqobat kurashini cheklash bo’yicha bozor quyidagi turlarga bo’linadi:
a) erkin raqobatli bozor
b) cheklangan raqobatli (monopol) bozor
v) oligopolistik bozor
g) sof monopoliyaga asoslangan bozor.
Erkin raqobatli yoki mukammal raqobatga asoslangan bozorda sotuvchi va xaridorlar ko’p bo’lib, ularni miqdori cheklanmagan.
Cheklangan raqobatga asoslangan yoki monopolistik bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan ishlab chiqaruvchi firma, korxonalar ishtirok etadi.
Masalan, O’zbekiston kiyim-kechak bozorida erkaklar va ayollar uchun palto, kostyum va boshqa ustki kiyimlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar 5-6 ta bo’lib, ular shu tovarlarning asosiy qismini ishlab chiqarmoqdalar.
Oligopolistik bozorda sanoqli ozchilik firmalar qatnashib, o’zaro raqobatlashadilar. Bu bozorga bir xil yoki farqlanuvchi tovarlar chiqariladi. Raqobat ko’p hollarda ishlab chiqaruvchilar bilan xaridorlar o’rtasida yuz beradi. Jahon avtomobil bozorida AQShning 3 ta: «Ford», «Kraysler», «Djenerl motors», Yaponiyaning 3 ta: «Toyota», «Xonda», «Nissan», Italiyaning «Fiat», Germaniya-ning «Mersedes-bens» konsernlarini ko’rsatish mumkin.
Sof monopoliya bozorda esa sotuvchi tariqasida bir firma tanho xukmronlik qiladi, yagona bir tarmoq shu bir firmadan iborat bo’lib, undan boshqa tovar yetkazib beruvchi yo’q. Bu bozorda raqobat bo’lmaydi. Masalan, AQShning IBM korporasiyasi mamlakatda ishlab chiqaradigan kompyuterlarning 80 % dan ortig’ini ishlab chiqarib, yakka xukmron bo’lib qolmoqda, yoki O’zbekiston qishloq xo’jalik mashinasozlik zavodi Markaziy Osiyo respublikalari paxta dalalarida ishlayotgan paxta terish mashinalarining deyarli 100 % ini ishlab chiqarmoqda.
Monopoliya– yakka xokimlik ishlab chiqarishda turg’unlikka olib keladi, chunki monopol firmalar o’zining yakka xokimligidan foydalanib, ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirmay foyda olishi raqobatning yo’qligi va zaifligidan foydalanib, bozorda o’z izmini o’tkazishga harakat qilishi mumkin.
Monopoliya bozor imkoniyatlarini cheklaydi, shuni hisobga olgan holda, O’zbekistonda 1992 yildayoq «Monopol faoliyatini cheklash to’g’risida» gi qonun qabul qilindi va respublika moliya vazirligi qoshida «Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivoj-lantirish» qo’mitasi tuzildi.

Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling