Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Download 73.35 Kb.
bet10/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

4. Moliya bozori – moliya resurslari bozori tariqasida moliyaviy mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlaridan iborat bo’lib, u asosan kre-ditlar bozori ko’rinishda bo’ladi.
Moliya bozorida ikki guruhdan iborat subyektlar pul bilan munosabat qiladilar. 1) pul egalari yoki uni saqlovchi aholi, firma, kompaniyalar, banklar davlat muassasalari bo’lsa, 2) pulga muhtoj bo’lgan kredit tariqasida uni ma’lum muxlat maboynida (istemol tovarlarni sotib olish, tadbirkorlikni tashkil etish maqsadida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olish uchun) va foydalanganligi uchun xaq (foiz; prosent) to’lash sharti bilan oluvchi subektlardir.
Moliya bozorning ruknlaridan biri-qimmatli qog’ozlar bozori bo’lib, unda daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar –aksiya, obligasiya, veksel, chek, sertifikatlar oldi-sotdi qilinadi. Bu fond birjalarida amalga oshiriladi.
Moliya bozorining ruknlaridan yana biri – valyuta bozori bo’lib, bu yerda turli mamlakatlar valyutasi oldi-sotdi qilinadi. Valyuta bozorida firmalar, korxonalar, davlat va fuqarolar faoliyat ko’rsatadi, ulardan biri valyuta sotsa, ikkinchisi uni sotib oladi.
Valyuta bozorida valyuta bilan savdo qiluvchi banklar tomo-nidan amalga oshiriladi. Bizning mamlakatimizda valyuta savdosi bilan Respublika Markaziy Banki va shu faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziya olgan tijorat, aksiyadorlik, xususiy banklar tomonidan amalga oshiriladi. O’zbekistonda valyuta muomilasi asosan «AQSh dollari»da va shu bilan birga «Angliya funt sterling» gi, «Yapon iyena» sida «YeVRO» da olib boriladi.
5. Ishchi kuchi bozori – bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatlaridan iborat bo’ladi. Bu bozorda tadbirkorlar tomoni-dan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi to’qnash keladi va bu bozorda iqtisodiy subyektlar tariqasida bir tomonda tadbirkorlar va ikkinchi tomonda ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati tariqasida tovarga aylanadi. Lekin, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajralmaydi va shuning uchun ham, uning o’zi emas balki mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi xolos.
Ishchi kuchi bozorining aniq shakllaridan biri mehnat (ishchi kuchi) birjasi bo’lib, u ishchilar bilan tadbirkorlar o’rtasida ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilik qiladi va ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni bo’sh ish joylariga jo’natish, yangi kasbga o’rgatish, malakasini oshirish bilan shug’ullanadi.

Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling