Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida uzbekiston mintakalarida tabiiy resurslardan foydalanishning uziga xos xususiyatlari. Reja: Kirish


Ta’sir doirasi – hududiy joylashishga qarab bozorlar, maxalliy, mintaqaviy (regional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi


Download 73.35 Kb.
bet12/14
Sana28.12.2022
Hajmi73.35 Kb.
#1010608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
5-ìàâçó áîçîð è òèñîäè¸òèíèíã ìàçìóíè âà áåëãèëàðè

7. Ta’sir doirasi – hududiy joylashishga qarab bozorlar, maxalliy, mintaqaviy (regional), milliy, jahon bozorlariga bo’linadi.
Mahalliy bozorlar – bu bir mamlakat doirasidagi viloyat, shahar, tuman hududlarida (Toshkent bozor, Andijon bozori, Urgench bozori, Urgut bozori, Texron bozori, Dexli, Stambul, Tokio) bozorlaridan iborat bo’lib, bu bozorlarda tovarlar ko’lami va xilma-xilligi shu joylarning iqtisodiy rivojlanishiga va yo’nalishiga bog’liq bo’ladi. Bu bozordagi tovarlar keng iste’mol tovarlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy ro’zg’or buyumlari qishloq xo’jaligi mahsulotidan iborat bo’lib, narxlar xamma joyda bir xil emas xar xil bo’ladi.
Mintaqaviy (regeonal) bozor bu bir makonda, territoriya jixatdan bir-biriga yaqin bo’lgan regionlar, hududlar bozori bunga Markaziy Osiyo bozori, G’arbiy Yevropa bozorlarini ko’rsatish mumkin. Markaziy Osiyo bozorida 4 ta davlat O’zbekiston, Qozog’is-ton, Tojikiston, Qirg’iziston respublikalari ishtirok etmoqdalar. Bu bozor ixtisoslashuvi natijasi bo’lib, unda milliy bozorga nisbatan imkoniyatlar keng bo’lib, tovar turlari ancha keng va mehnat taqsimotini chuqurlashuvi va ishlab chiqarishni integrasiyalashuvi tufayli tovar ayirboshlash ko’lamini ham kengayishiga turtki beradi.
Milliy bozor – har bir mamlakatning bozori. (Bu O’zbekiston bozori, Turkiya bozori, Xindiston bozori, Amerika bozori, Rossiya bozori, boshka mamlakatlar bozori). Bu bozorda har bir millatning, halqning qadimdan rivojlanib kelayotgan an’anaviy mahsulotlari, ya’ni tovarlari sotiladi. O’zbekiston bozorida bugun kulolchilik, qandolatchilik, zargarlik, do’ppi, to’n, turli tuman zarxal buyumlar, temirchilik buyumlari muhim o’rin tutmoqda.
Jahon bozori xalqaro mehnat taqsimoti tufayli turli mamlakatlar o’rtasidagi oldi-sotdidan tashkil topadi. Jahon bozorida mamlakatlar ishlab chiqaradigan tovarlarning barchasi emas, balki mamlakatlararo ayirboshlanishi zarur bo’lgan tovar turlarigina sotiladi. Jahon bozorida tovar ayirboshlanishi cheklangan bo’ladi. Ular asbob-uskunalar, texnika, texnologiya, neft, gaz, tosh-ko’mir, metall, paxta tolasi, choy, kofe, jun, yog’och kabi tovarlardan iborat bo’ladi. Mintaqaviy, mahalliy, milliy bozordagi ko’pgina tovarlar jahon bozoriga chiqmaydi.
Bozor eng avvalo milliy, so’ngra baynalminallashuv natija-sida rivojlanib, to’yinib, jahon xalqaro bozorga qo’shiladi.



Download 73.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling