Mavzu Buzilishlarning taqsimlanish qonunlari -2soat


Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar


Download 172.87 Kb.
bet2/9
Sana04.04.2023
Hajmi172.87 Kb.
#1326519
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu 5 INvaDA 2022 2023 (1)

Funksional bog‘lanish bilan aniqlanadigan jarayonlar
Agar ikki qiymat (X va Y) bir-biri bilan ma’lum ifoda orqali bog‘langan bo‘lib, X ning har bir qiymatiga Y ning bitta aniq qiymati to‘g‘ri kelsa, u holda Y ning qiymati X qiymatining funksiyasi hisoblanadi, ya’ni X ni bog‘liq bo‘lmagan mustaqil o‘zgaruvchan qiymat yoki argument deyiladi. Misol: yonilg‘i sarfining bosib o‘tilgan yo‘lga bog‘liqligi yf(x).
Ehtimoliy jarayonlar ko‘pgina o‘zgaruvchan omillar ta’sirida vujudga keladi va ularning miqdorlari ko‘pincha noma’lum bo‘ladi. Shuning uchun ehtimoliy jarayonlarning natijalari har xil son miqdorlariga ega bo‘lib, tasodifiy miqdorlar deb ataladi. Masalan, bir buzilishga to‘g‘ri keladigan o‘tilgan yo‘l miqdori, detalning dastlabki va yig‘ish sifati, unga berilgan ishlovning aniqligi, ishchilar malakasi, texnik xizmat ko‘rsatish, joriy ta’mirlash va ekspluatatsion materiallar sifati, ekspluatatsiya sharoitlari va boshqalar tasodifiy miqdorlar hisoblanadi va ko‘pgina omillarga bog‘liq. Tasodifiy miqdorlar sirasiga biror nosozlikni bartaraf etishdagi mehnat hajmi, materiallar sarfi, texnik holat parametrlarining ma’lum vaqtlardagi miqdori va h.k.lar ham kiradi.
Transport vositalari texnik ekspluatatsiyasini yuqori sifatda olib borish uchun ular texnik holati o‘zgarishining quyidagi qonuniyatlarini bilish kerak: transport vositasi agregat va detallari yurgan yo‘li bo‘yicha texnik holatining o‘zgarishi; texnik holat parametrlarining yeyilish ko‘lami; transport vositalarining butun xizmat muddati davomidagi buzilishlari soni va h.k.
Detallar har xil chegaraviy holatgacha ishlaganidan so‘ng buziladi (ishdan chiqadi) L1, L2,…,LN. Buzilishaniq hodisa, buzilishning vujudga kelgunigacha ishlagan muddati esa, tasodifiy miqdordir. Masalan, har qanday buyum (transport vositasi) hisobdan chiqariladi, ya’ni bu aniq hodisa, bu davrda ishlagan muddati esa, tasodifiy miqdordir.

Download 172.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling