Mavzu: C++ kompilyatorlari va muhiti Dasturlash tillari bilan shug‘ullanadigan dasturchilar ba’zi bir terminlar bilan juda ko‘p to‘qnash kelishadi. C++ dasturlash tili ham bundan mustasno emas


Download 346.09 Kb.
bet3/12
Sana20.01.2023
Hajmi346.09 Kb.
#1103890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Algoritimga kirish Labaratoriya

MinGW Developer Studio
Ishlovchi operatsion tizimlar: Windows 95/98/NT/2000/XP/Vista/7
Ishlovchi kompilyatorlar: MinGW
Code::Blocks
Ishlovchi operatsion tizimlar: Linux/Mac OS X/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GCC(MinGW)/Digital Mars C/C++/Microsoft Visual C++ 6/Microsoft Visual C++ Toolkit 2003/Microsoft Visual C++ 2005/2008/Borland C++ 5.5/Watcom/Intel C++ compiler
Eclipse C/C++ Development Tools
Ishlovchi operatsion tizimlar: AIX/FreeBSD/HP-UX/Linux/Mac OS X/OpenSolaris/Solaris/QNX/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC kompilyatorlari
NetBeans IDE
Ishlovchi operatsion tizimlar: FreeBSD/Linux/Mac OS X/OpenSolaris/Solaris/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC
Microsoft Visual Studio Express
Ishlovchi operatsion tizimlar: Windows XP SP3/Vista/Server 2003/Server 2008/7
Ishlovchi kompilyatorlar: MS Visual C++ 2008/2010
Qt Creator
Ishlovchi operatsion tizimlar: Linux/Mac OS X/Windows
Ishlovchi kompilyatorlar: GNU GCC

2-Mavzu:Visual Studio 2010 dasturini C++ dasturlash tiliga moslab o’rnatish
C++ dasturlash tilini o‘rganishni davom ettiramiz. Hozirgacha faqat asosiy tushunchalar bilan tanishib kelmoqdamiz. Bu maqolada kodlar yozish uchun joy tayyorlaymiz, ya’ni Visual Studio ni o‘rnatishni ko‘rsatib o‘taman. C++ dasturlash tilida ishlash uchun, oldingi maqolada ko‘rsatilgandek, boshqa muhitlardan ham foydalanishingiz mumkin, lekin yoziladigan C++ kodlari bir hil ko‘rinishga ega bo‘ladi. Visual Studio GNU/GPLtarzida ya’ni tekin tarqatilmaydi, lekin ko‘p dasturchilar aynan shu dasturdan foydalanishadi.
Visual Studio, Microsoft firmasining mahsuloti hisoblanadi. Bir necha yillardan beri dasturchilarning asosiy ish quroli bo‘lib kelmoqda. Bu dastur orqali nafaqat C++ dasturlash tilida, balki boshqa tillar(C#, F#, FoxPro)da ham dastur tuzish mumkin bo‘ladi. Shu sababli bu dastur biroz og‘irroq hisoblanadi(katta hajmdagi tezkor xotirani talab qiladi). Visual Studio dasturini bir necha hil versiyalari mavjud bo‘lib, hozirgi kunda Visual Studio 2013versiyasi chiqmoqda. Har bir versiyasiga bir necha modullar qo‘shilib, dasturni biroz qiyinlashtirmoqda. Shularni inobatga olib, kompyuteringizni tuzilishiga qarab(tezkor xotira hajmi, protsessor,…), kerakli versiyani o‘rnatishni maslahat beraman. Zamondan orqada qolmay deb, oxirgi versiyasini qo‘yib, kompyuteringizni qiynab qo‘ymang.
Visual Studio bu dastur yozish uchun muhit(joy) hisoblanadi. Bu muhitga, siz tuzgan dastur kodlarini kompyuter kodlarga o‘tkazib beradigan kompilyator birlashtirilgan bo‘ladi. Har bir dasturlash turi uchun alohida kompilyator mavjud bo‘lib, ishlatilgan dasturlash tiliga qarab kompilyator ishga tushadi. Visual Studio dasturini o‘rnatsak, barcha kompilyatorlar ham avtomat o‘rnatiladi.
Demak dasturni o‘rnatishni boshlaymiz. Men bu maqolada, Microsoft Visual Studio 2010 Professionaldasturini o‘rnatishni ko‘rsataman. Bu dasturning boshqa versiyalarini o‘rnatish, biroz boshqacha ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, lekin asos har doimgidek bir hil.
Dasturni internetdan ko‘chirib olamiz yoki o‘rtog‘imizdan olib, dastur papkasidagi setup.exe faylini ishga tushiramiz va ekranda quyidagi oyna hosil bo‘lganini ko‘ramiz va Install Microsoft Visual Studio 2010«ссылка»sini bosib, o‘rnatishni boshlaymiz.

Shundan so‘ng, setup kerakli paketlarni o‘rnatish uchun tayyorgarlik ko‘radi(biroz kutamiz), yuqoridagiMicrosoft corparation ga axborot jo‘natishni taqiqlaymiz. NEXT

Hamma dasturda bo‘lgani kabi, litsenziya haqidagi axborotga roziligimizni bildiramiz(I have read and accept the license terms). Kerak bo‘lsa, pechat qilib olamiz. NEXT

Keyingi oynada, dasturni to‘liq o‘rnatish kerakligini(full) yoki o‘rnatiladigan utilit va dasturchalarni o‘zimiz tanlash kerakligimizni(Custom) tanlash kerak bo‘ladi. Bu tanlovda, biz faqat C++ da ishlashimizni inobatga olibCustom tipini tanlaymiz. O‘ng tomonda qaysi diskga o‘rnatish kerakligi va diskning holatlari(bo‘sh joy) keltirilgan, u yerdan kerakli adresni yozib, NEXT

hosil bo‘lgan oynadan, faqat Visual C++ va Graphics Library bo‘limlarini tanlaymiz va Install

Shundan so‘ng, komponentlar o‘rnatilish boshlanadi, bu jarayon grafik tarzda ko‘rsatiladi. O‘rningizdan turib biroz dam olib kelishni maslahat beraman, chunki bu komponentlarni o‘rnatish biroz vaqt talab qiladi.
oxirida quyidagi oyna chiqadi va FINISH

Visual C++ o‘rnatildi. Keyingi maqolalarda bu dastur orqali C++ dasturlash tilida dasturlar tuzishni boshlaymiz.

Download 346.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling