#include «stdafx.h» — include so‘zi biror kodni yoki faylni qo‘shish kerakligini ko‘rsatadi. Bu qatordastdafx.h fayl(kutubxona) qo‘shilmoqda. Bu kutubxona microsoft IDE(bizning holda visual studio) muhitlarida qo‘shiladi. Bu kutubxona katta hajmdagi proyektlarni ishlashini yengillashtirish uchun ishlatiladi, ya’ni har safar ishga tushadigan «загаловка«larni bir marotaba ishga tushirib, keyingi safar faqat murojaat qilib, ishni yengillashtiradi. Bizning dastur uchun bu kerak emas, shuning uchun bu «header compile«( stdafx.h kutubxonasi) ni o‘chirib qo‘yamiz. Uning uchun:
Project->Hello Properties->C/C++(oynaning o‘ng tomonida)-Precompiled Headers->Precompiled Header(oynaning o‘ng tomonida)->NOT Using Precom…->OK
Shundan so‘ng bu kutubxonani olib tashlashimiz mumkin(main klasi ham o‘zgaradi), ya’ni kod biroz qisqaradi:
1
2
3
4
5
6
7
|
#include
using namespace std;
int main()
{
cout<<"Hello World ";
return 0;
}
|
#include — (input output stream — kiritish chiqarish oqimi)bu iostream kutubxonasini qo‘shish. Bu kutubxona ekranga chiqarish(cout), ekrandan ma’lumotlarni qabul qilib olish(cin) komandalarni o‘zida saqlovch kutubxona hisoblanadi. Kompilyatorning oldingi versiyalarida bu kutubxona iostream.h ko‘rinishida berilgan. Bu holatdausing namespace std qatorini yozish shart emas.
C++ dasturlash tilining standart kutubxonalari «< >» belgi ichiga olib yoziladi. Shunda bu kutubxona standart adresdagi papkadan qidiriladi. Agar siz boshqa adresdan kutubxona qidirishingiz kerak bo‘lsa, «» belgilari orasiga o‘sha adresni yozgan holda kerakli kutubxonani qo‘shishingiz kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |