3-Mavzu:C++ dasturlash tilida dastlabki dastur(Hello World yozuvini chiqarish)
Bu maqolamda, C++ dasturlash tilida, dastlabki dasturni tuzamiz. Barcha dasturlash tillarini o‘rganish, eng avvalo «Hello World» yozuvini ekranga chiqarishdan boshlanadi. Men ham albatta bu yozilmagan qonunni amalga oshiraman.
Dastlab, visual studio dasturini ochamiz. Bu dasturni o‘rnatishni, oldingi maqolada ko‘rsatib o‘tganman. Agar hali bu maqolani o‘qimagan bo‘lsangiz, Visual Studio dasturini C++ dasturlash tiliga mos holda o‘rnatish deb nomlangan maqolani o‘qing. Visual Studio dasturini ishga tushirganda quyidashi oyna paydo bo‘ladi.
Men bu dasturni o‘rgatish niyatim yo‘q, faqatgina C++ dasturlash tilini o‘rgataman, ya’ni visual studio dasturi men uchun yordamchi dasturdir. Shuning uchun visual studio dasturini o‘zingiz biroz o‘rganib chiqing.
Bu maqolani yaxshilab o‘qing, chunki keyingi maqolalarni, aynan shu maqola asosida yozib o‘taman. Proyekt hosil qilishlar, kodlarni ishga tushirish va shu kabi narsalar bir marotaba shu maqolada ko‘rsatib berib, keyingi maqolalarda faqat aytib o‘taman. Demak dastlabki kodlarni yozishni boshlaymiz, uning uchun yangi proyekt hosil qilishimiz zarur: File->NEW->PROJECT punktini tanlaymiz va ekranda quyidagi oyna paydo bo‘ladi.
Rasmda qizil bilan belgilangan joylarga ahamiyat bering, bu yerda dastlab qaysi tilda dastur tuzish kerakligi tanlanmoqda(C++), keyin proyekt ko‘rinishi(Win32 Console Application), so‘ng proyekt nomi va qaysi adresda yaratilayotgan proyektni saqlash lozimligi yozib chiqilmoqda. Bu ma’lumotlar aniqlashtirib olingandan so‘ng,OK tugmasini bosamiz va NEXT so‘ng FINISH tugmalarini bosamiz. Shundan so‘ng ekranda yangi proyekt hosil bo‘lganini va dastur asosiy kodlarni kiritib berganini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
1
2
3
4
5
6
|
// Hello.cpp : Defines the entry point for the console application.//
#include "stdafx.h";
int _tmain(int argc, _TCHAR* argv[])
{
return 0;
}
|
Yuqoridagi kodlar C++ dasturlash tilida istalgan dastur tuzish uchun umumiy hisoblanadi.
Demak ekranga «Hello World» yozuvini chiqaramiz. Yuqoridagi kodni biroz o‘zgartirib, kerakli natijaga erishamiz.
1
2
3
4
5
6
7
8
|
#include "stdafx.h"
#include
using namespace std;
int _tmain(int argc, _TCHAR* argv[])
{
cout<<"Hello World ";
return 0;
}
|
Keling bu kodlarni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |