Mavzu: C++ kompilyatorlari va muhiti Dasturlash tillari bilan shug‘ullanadigan dasturchilar ba’zi bir terminlar bilan juda ko‘p to‘qnash kelishadi. C++ dasturlash tili ham bundan mustasno emas


Download 346.09 Kb.
bet6/12
Sana20.01.2023
Hajmi346.09 Kb.
#1103890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Algoritimga kirish Labaratoriya

using namespace std — C++ dasturlash tilida har bir o‘zgaruvchi yoki operator, ma’lum bir ismlar majmuasi saqlanadigan joyda saqlanadi. Foydalanuvchilar yaratadigan har bir o‘zgaruvchi ismsiz majmuada saqlanadi, qolgan barcha operator va funksiyalar «std» nomli ismlar majmuasi yig‘ilgan joyda saqlanadi. Agar bu qatorni koddan olib tashlasak, har safar biror operatorni ishlatish uchun «std» yodga olinishi lozim.

1
2
3
4
5
6

#include
int main()
{
std::cout<<"Hello World ";
return 0;
}

int main() — bu int(butun son) tipi qaytaradigan main funksiyasi, C++ dasturlash tili bir va bir qancha funksiyalardan tuzilgan bo‘lib, eng asosiy funksiya bu maindir. Kompilyator dastlab aynan shu funksiyani topib, dastur ishlashini shu yerdan boshlaydi(albatta kutubxonalarni qo‘shib bo‘lgandan so‘ng). Hullas dasturda kamida bitta funksiya(main) bo‘lishi lozim.
cout<< — bu ekranga chiqaruvchi operator hisoblanadi. iostream kutubxonasiga tegishli.
return 0 — main funksiyasi int(butun son) qaytaruvchi funksiya bo‘lgani uchun, return orqali biror son qaytarish lozim(bizning holatda 0).
{ } — bu belgilar blokka olish belgilaridir. Bu holatda funksiyani boshi va oxirini belgilab bermoqda.
Kodlar yozib bo‘lindi va u haqida tushunchaga ega bo‘ldingiz. Endi bu kodlarni ishga tushiramiz. Uning uchun Visual Studio dasturida CTRL+F5 tugmalarini bosib, natijani ekranga chiqaramiz.



4- Mavzu:C++ dasturlash tilida kommentariya turlari va ishlatilishi
Dasturlash tillarini o‘rganishda dastlab asosiy tushunchalar o‘rganiladi va keyin sekin astalik bilan operatorlarga o‘tiladi(soddadan qiyinga qarab, yoki muhimdan unchalik muhim bo‘lmagan operatorlarni o‘rganish). Shu tariqa tanlangan «dasturlash tili» haqidagi bilimlar sekin astalik bilan oshib beradi.
Bu maqolada, eng sodda va eng muhim bo‘lgan tushuncha — kommentariyalar haqida yozdim. Dastur tuzishda, kommentariyalar juda katta ahamiyatga egadir. Kommentariyalar, dastur kodlarini tushunarli va tartibli bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pchilik kommentariyalardan foydalanmaydi, bu ortiqcha ish deb bilishadi yoki dangasalik qilishadi. MASLAHAT, albatta dasturingiz ichida, iloji boricha har bir qatordan keyin, bu qator nima vazifani bajarishini, kommentariya qilib yozib qo‘ying. Bu keyinchalik, dastur kodlarini nima maqsadda ishlatilganini eslab olishda foyda bo‘ladi.
Kommentariya o‘zi nima? Kommentariya bu — kompilyator tomonidan e’tiborga olinmaydigan, lekin dasturchi tomonidan o‘qish mumkin bo‘lgan yozuv yoki yozuvlar majmuasidir. C++ dasturlash tilida 2 hil turdagi kommentariya mavjud bo‘lib, ikkisini ham kerakli joyda ishlatish foydali hisoblanadi.
Birinchi turdagi kommentariya, 2 ta slash ko‘rinishidagi simvoldir(//). Bu turdagi kommentariya biror qatorni to‘liq inobatga olmaslik maqsadida ishlatiladi. Bir hil kitoblarda bu kommentariya «C++ stilidagi» kommentariya deb ham yuritiladi.
Keyingi tur kommentariya slash va yulduzcha(/*), shu bilan birga yulduzcha va slash(*/) ko‘rinishida bo‘ladi. Slash bilan boshlanuvchisi, ochiluvchi, yulduzcha bilan boshlanuvchisi esa, yopiluvchi kommentariya deb ataladi. Bu tur kommentariya, ochiluvchi va yopiluvchi blok iyaidagi barcha yozuv va kodlarni kompilyator tomonidan inobatga olmayodigan holatga olib keladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ochiluvchi kommentariyaning albatta yopiluvchisi ham bo‘lishi lozim. Kitoblarda «C stilidagi» kommentariya deb ham ataladi.
Odatda birinchi turdagi kommentariya, har bir qatordagi kodlarga izoh yozish uchun, ikkinchi turdagi kommentariya ma’lum bir qism uchun izoh yozishda foydalaniladi.
Nazariya bilan tanishib chiqdik, endi amaliyotga o‘tamiz. Misol ko‘ramiz, oldinga maqoladagi «Hello World» yozuvini yana bir bor ekranga chiqaramiz(albatta VS2010 muhitida).

1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14

#include "stdafx.h"
#include
using namespace std;
int _tmain(int argc, _TCHAR* argv[])
{
/* Bu qator kompilyatsiya tomonidan
inobatga olinmaydi. Faqat izoh uchun ishlatiladi.
Kommentariya yulduzcha va slash belgilari
uchraganda tugaydi.*/
cout<<"Hello World ";
// bu tur kommentariya qator oxirida tugaydi
//cout<<"Hello World_2 "; бу С++ kodi ishlamaydi
return 0;
}

Kommentariya ishlatishda, barcha uchun tushunarli fikrlar yozishga harakat qiling, keyin, albatta kodni o‘zgartirganingizdan so‘ng, kommentariyani ham o‘zgartirib qo‘ying(ko‘pchilik, kommentariyani o‘zgarirtirishni esidan chiqarib qo‘yadi). Kommentariya yozganda, operatorlarni nima ish qilishini emas, shu kod ichida qanday vazifani bajarayotganini yozishga harakat qiling.

Download 346.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling