Mavzu: Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini ishlab chiqarishda agrobiznesni tashkil etish
MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
2019 Chorvachilikda sut go‘sht maxsulotlarini
1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
So’nggi yillarda chorva mollari bosh soni ortishiga qaramasdan, mahsuldorlikni oshirish va tannarxni pasaytirish muammolari mavjud. Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek "... Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari, shuningdek, innovatsion xo’jaliklar tashkil etilishi lozim" 1 . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martdagi PQ-308- sonli "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi va 2008 yil 21 apreldagi PQ-842 sonli "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo’jaliklarida chorva mollarini ko’paytirishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishini kengaytirish borasidagi qo’shimcha chora - tadbirlar to’g’risida"gi qarorlari qabul qilindi. Kurs ishini bajarish asnosida o’rganilgan ba’zi adabiyotlarga sharhlar berib o’tamiz: 1. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi matbuot xizmati. Chorvachilik farovanlik manbai. www.agro.uz. Maqolada so’ngi yillarda mamlakatimizda chorvachilikni rivojlanayotganligi, yetishtirilayotgan mahsulotlar hajmi ortayotganligi aholining farovon yashashiga sabab bulayotganligi haqida yozilgan. Bunga Prezidentning 2006 yilda qabul qilingan 308-sonli va 2008 yildagi 842-sonli qarorlari asos bo’lganligi ta’kidlangan. Chorva mollari, ayniqsa qoramollar soni oshganligi, chetdan naslli mollar keltirilib, suniy urug’lantirishga e’tibor qaratilgani chorva mollari podasi nasl sifati yaxshilanishiga olib kelgannligi, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilik rivojlanayotganiga alohida e’tibor qaratilgan. 2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2795-sonli qarori. «Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi ishtirokidagi «O’zbekistonning sutchilik sohasida qo’shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida. 22.02.2017. Mazkur loyiha Qashqadaryo va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladi. Ularga Imtiyozli kredit mablag’lari quyidagi yo’nalishlarga ajratiladi: Naslli qoramol sotib olish; sutni sog’ib olish uskunasi harid qilish; sut mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnika va texnologiyalar harid qilish; sut va sut mahsulotlarini tashishga mo’ljallangan maxsus texnikalar sotib olish; ozuqa va yem- xashak ishlab chiqaruvchi, yig’ib oluvchi va qayta ishlovchi texnika va uskunalar sotib olish; xususiy veterinariya xizmatlarini tashkil etish uchun veterinariya jihozlari va dori-darmonlarini sotib olish. 1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.president.uz. 22.12.2017 7 Qishloq xo’jaligi korxonasi, fermer xo’jaliklari yoki tadbirkor tijorat banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to’plamini taqdim etadi. Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar to’plamini o’rganib chiqib, ularni Kredit qo’mitasi tomonidan ko’rib chiqishi va tasdiqlashi uchun bankning Bosh ofisiga yuboradi. Bosh bank Kredit qo’mitasining ijobiy xulosasidan so’ng, loyihani moliyalashtirish uchun Qishloq xo’jaligi korxonalarini tarkibiy qayta tuzish Agentligiga tegishli hujjatlar to’plamini kiritadi. Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to’plamini Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasi talablariga muvofiqligini o’rganib, Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasiga kelishish uchun kiritadi. Kredit hujjatlari to’plami bo’yicha Xalqaro qishloq xo’jaligi taraqqiyoti jamg’armasining ijobiy qarori olingandan so’ng Agentlik tijorat bankining maxsus hisob raqamiga loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani o’tkazib beradi. 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida. 07.02.2017. PF-4947. Mazkur farmonda 3-bob Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqyeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga bag’ishlangan. Bu farmon ahamiyati kelgusida nafaqat respublikamiz, balki qishloq xo’jaligini ham modernizatsiyalashga huquqiy asos va dastur yaratib beradi. 4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori. Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to’g’risida. 18.10.2017. 845-son Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko’paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo’jaliklari faoliyat ko’rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, joriy yil yakunlari bo’yicha 2319 ming tonna go’sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda. 5. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. 8 2017 yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart: birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish; ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda; uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. Joriy yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Jamg‘arma tomonidan fermer xo‘jaliklariga 300 milliard so‘m mablag‘ to‘lab berilmagan. to‘rtinchi – oxirgi yillarda agrosanoat kompleksida tashkil etilgan yangi boshqaruv organlari faoliyatidagi bir qator muammolarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. 6. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017 Mazkur ma’ruzada Prezident Sh.M.Mirziyoyev qishloq xo’jaligi rivoji, xususan chorvachilikka ham e’tibor qaratgan. O’zbekistonni 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori qishloq xo’jaligini ham modernizasiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo’lib xizmat qilmoqda. Bugun sizlar bilan ana shu masalalar haqida ochiq-oydin gaplashib, ularni yechish yo’llarini aniq belgilab olsak, o’ylaymanki, ayni muddao bo’ladi. Bu kelgusi yilda qishloq xo’jaligining barcha tarmoqlarida yanada yuksak natijalarga erishishimiz uchun puxta zamin yaratadi. 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. www.president.uz. 22.12.2017 Prezident mazkur murojaatnomada qishloq xo’jaligiga ham e’tibor qaratgan. Chorvachilik sohasiga to’xtaladigan bo’lsak, qoramol va parranda sonini ko’paytirish, bu borada sifat va yuqori mahsuldorlikka erishish uchun yetarli sharoit yaratishimiz zarur. Yaqin istiqbolda har bir tumanda ixtisoslashtirilgan bo’rdoqichilik komplekslari, yuqori texnologik parrandachilik fabrikalari, shuningdek, innovatsion xo’jaliklarni tashkil etilishi lozim. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini samarali realizasiya qilish juda muhim masaladir. Shu maqsadda fermer xo’jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlar hajmi va miqdori haqidagi ma’lumotlarning yagona bazasini yaratish zarur. 8. Abdullayev S. Chorvachilik mahsulotlari bozori//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№10. -40-b. 9 Maqolada chorvachilikning iqtisodiyotda tutgan o’rni, aholi turmush darajasini oshirishdagi ahamiyatiga to’xtalingan. Chorvachilik mahsulotlari bozorini yanada yaxshilash uchun mahsulotlarni qayta ishlashda ya’ni texnologiyalarni joriy etish, buning uchun esa ajratiladigan investisiyalar hajmini oshirish, kooperasiyani kuchaytirish, mahalliy qayta ishlovchilarni qo’llab – quvvatlashni kuchaytirish hamda “Ekologik toza mahsulot”ni keng targ’ib qilish kabilarga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlanadi. 9. Abruyev A. Sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlari//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017. -№1. -34- 35-b. Muallif fikricha, Sigirlar mahsuldorligi – ma’lum bir davrda sog’ib olingan sut miqdori va sifati bilan baholanadi. Samarqand viloyati qoramolchiligida 2000-2015 yillar jami ishlab chiqarilgan sutga ta’sir etuvchi omillar tahlil etilgan. Mahsuldorlikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar sifatida sigirlar bosh soni va ularning sut mahsuldorlik ko’rsatkichlari dinamikasi tahlil etilgan. 10. Abruyev A. Qoramolchilik mahsulotlari samaradorligiga ta’sir etuvchi iqtisodiy-ijtimoiy omillar//Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2017. -№2. -51-53-b. Muallif fikricha, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda band bo’lgan xo’jalik yuritish sub’yektlari samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy- iqtisodiy omillar talaygina. Chorvachilikni kompleks rivojlantirish uchun quyidagilar tavsiya etilgan: 1. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari qoshida hududda mavjud xom-ashyoni chuqur qayta ishlash hisobiga yuqori qo’shimcha qiymatli , ichki bozorga tayyor mahsulot ishlab chiqarish; 2. Tuman markazlarida sut va go’shtni chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash; 3. Ichki va tashqi bozorlarda qayta ishlangan mahsulotlarni raqobatbardosh muhitini shakllantirish. 11. Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Yu. Qishloq xo’jaligida chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash bo’yicha. –T.: ToshDAU, 2012. -22 b. Tavsiyanomada qishloq xo’jaligida chorvachilik mahsulotlari tannarxini hisoblash asoslari va xususiyatlari bayon etilib, bahoni shakllantirish, biznes-reja tuzish va tannarxni shakllantirish jarayonini boshqarish tizimi sifatida yondashilgan. Shuningdek, rejadagi, normativ va haqiqiy tannarx turlarining uslubiy birligi nuqtai nazaridan yondashilgan. Sut va go’sht yo’nalishidagi qoramolchilik, qo’ychilik va echkichilik, qorako’lchilik, parrandachilik va boshqa ixtisoslashgan qishloq xo’jaligida mahsulotlar tannarxini hisoblash xususiyatlari ham yoritilgan. 12. Ergashev R.X. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: EXTREMUM PRESS, 2011. -416 b. Darslikning 17 – bobi chorvachilik tarmoqlari iqtisodiyotiga bag’ishlangan bo’lib, unda chorvachilikni rivojlantirishning ahamiyati, chorva mahsulotlari ishlab chiqarish va samaradorlikning hozirgi holati o’rganilib, kelgusida ularni oshirish imkoniyatlari ochib berilgan. 13. Ismoilov U., Jabbarov Sh. Chorvachilik-to’kinlik manbai//O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2013. -№9. -3-4 b. 10 Maqolada chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha tizimli dasturlarning qabul qilinishi sohaning taraqqiyotida muhim omil bo’layotganligi ta’kidlangan. Jumladan, nasilchilik bazasini mustahkamlash, naslli qoramollar podasini ko’paytirish, nasl yadrosini shakillantirish va kengaytirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish maqsadida respublikamizga 2006-2013 yillarda chetdan 30,5 ming boshdan ortiq nasilli urg’ochi tana va g’unajinlar keltirilgani, 448 ta qoramolchilik yo’nalishidagi nasilchilik xo’jaliklarida 102 ming 338 bosh yuqori mahsuldor qora-ola, gomitin, bushuyev, qizil cho’l va shvits zotli mollar parvarish qilinib, ulardan faqat 2013 yilda 7,3 mingdan ortiq nasli mollar tayyorlanib, dehqon va fermer xo’jaliklariga sotilgani aytilgan. Aksariyat nasilchilik xo’jaliklarida sigirlardan har kuni 20-30 metirdan yoki loktaqiya davomida 6-7 ming sut sog’ib olishga erishilgani ko’rsatib o’tilgan. 14. Ishonqulov G’., Toshmatov D. Naslchilik ishi – chorvachilikda mahsuldorlik manbai// O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2014. -№7. -38- 39-b. Respublikamizning aholi soni yildan yilga o’sib borishi, iste’mol bozoridagi chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan talabning oshishiga sabab bo’lmoqda. Ushbu talabni qondirish uchun chorvachilik mahsulotlarini yanada ko’proq ishlab chiqarish talab etiladi. Buning uchun chorvador yuqori nasldor molga ega bo’lishi lozim. Nasldor moldan mahsulot olganda uning tannarxi mahsulot miqdorining ko’payishi hisobiga arzonroq bo’ladi. Jumladan, mahalliy qoramollar kunlik sut sog’imi 2-5 litr bo’lgan paytda sun’iy urug’lantirish natijasida olingan g’unojinlar birinchi tug’ishda kunlik sog’imi 9-14 litrni tashkil etmoqda. Mualliflar tavsiya etishlaricha, respublikamiz fermer va dehqon xo’jaliklarida sun’iy urug’lantirish orqali moliyaviy qiyinchiliklar mavjud paytda rivojlanishi past mahalliy qoramollar o’rnida naslli, sut va mahsuldorligi yuqori qoramollar podasining ko’payishiga erishiladi. Natijada chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ko’payadi, bozorlarimiz yanada to’kin bo’ladi. 15. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM- ZIYO, 2017. Mazkur darslikning 25-bobi “Qoramolchilikning samaradorligini oshirish imkoniyatlari” deb nomlanadi. Unga ko’ra, sigirlardan sut sog’ib olish, so’yilgan mollarning vazni va boshqa mahsuldorlik ko’rsatkichlarida ham o’zgarishlar bo’lgan. 2014 yili 2005 yilga nisbatan bir bosh sigirdan sog’ib olingan sut qariyb 28 % ga oshgan. So’yilgan qoramolning tirik vazni ham 2015 yilda 2005 yilga nisbatan 1,8 martga oshgan. Mahsuldorlikning oshishi yalpi sut va go’sht mahsulotlarining hajmiga ijobiy ta’sir qilgan. Shuningdek, bu yerda chetdan keltirilgan zotdor qoramollar salmog’ining yildan yilga oshib borishi ham muhim rol o’ynamoqda. 16. Raxmonov D. Qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirish omillari //Qishloq xo’jaligi fani yutuqlari – fermer xo’jaliklari istiqboliga: ilm.- amal. konf. mat. 25- 26.04.2014.– Samarqand, 2014. Maqolada dehqonchilik bilan bir qatorda mamlakatda chorvachilikning hozirgi holati tahlil qilinib, tarmoqni barqaror rivojlantirish uchun naslchilik ishlariga, sun’iy 11 urug’lantirishga, mustahkam ozuqa bazasini yaratishga, chorvachilikni tashkil etish madaniyatini oshirishga asosiy e’tibor qaratish mumkinligini ta’kidlagan. 17. Xushmatov N., Fayzullayev T. Aholini oziq – ovqat bilan ta’minlashda chorvachilikning o’rni // O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2011. -№7. -38- 39-b. Mualliflar chorvachilikning qishloq xo’jaligini asosiy tarmoqlaridan biri ekanligi, aholini qimmatli, oqsilga boy, to’yimli go’sht, sut, sariyog’, tuxum, parhezbop tovuq go’shti, shifobaxsh asal kabi mahsulotlar bilan ta’minlashi to’g’risida to’xtalganlar. Shuningdek, oxirgi yillarda parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik rivojlanayotganligi, mustahkam ozuqa bazasi, naslchilik ishlarini yaxshilash, qayta ishlash kabilarga e’tibor qaratish lozimligini ko’rsatganlar. 18. G’ayibnazarov B., Qutliyev O., Boybulov B. Yirik shoxli qoramollar va ularning sut mahsuldorligi // Agroilm-O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№6. -66-67-b. Maqolada mualliflar ta’kidlashicha, respublikamizda chorva mollari bosh sonini ko’paytirish, mahsuldorligini oshirish bilan bir qatorda ularning genofondini saqlash va naslini yaxshilashga e’tibor qaratilmoqda. Respublikamizda seleksiya-naslchilik ishlarini rivojlantirish va zotdor mollarni yaxshilash natijasida sut va go’sht ko’paytirishga, ayniqsa, aholi o’rtasida sohani kengaytirishuchun barcha imkoniyatlarni ishga solish evaziga aholining chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini ta’minlashga erishiladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling