Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning tashkiliy qismi
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Ftor, brom va yod elementlari galogenlar oilasining vakillari bo‘lib,tabiatda turli birikmalar holida keng tarqalgan.Ftor – flyuorit (plavik shpat) CaF2, kriolit Na3[AlF6], ftorapatit 3Ca3(PO4)2・CaF2 yoki Ca5(PO4)3F minerallar tarzida tabiatda uchraydi. Brom – xlor tutuvchi barcha tabiiy birikmalarga yondosh tarzda minerallar holida va dengiz suvida, yer osti suvlarida uchraydi. Yod – dengiz o‘tlari va dengiz bulutlarida, organik birikmalar, yer osti suvlarida, chili selitrasiga yondosh tarzda yodatlar (NaJO3, KJO3) holida tabiatda uchraydi. Galogenlarning barchasi o‘tkir hidga ega, zaharli. F2, Br2, J2 molekulalari ikki atomli, tartib raqami ortishi bilan atom radiuslari ortib borganligi sababli molekulalar qutblanuvchanligi ortib boradi. Natijada molekulalararo dispersion ta’sirlashuv kuchayib brom suyuq, yod qattiq holda bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z-o‘zidan yuqori suyuqlanish va qaynash haroratiga ega bo‘lishga sabab bo‘ladi. Ftor juda yuqori kimyoviy faollikka ega bo‘lib, uni erituvchilarda eritish amalda qiyin. Brom va yod suvda juda oz miqdorda, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Ftor xona haroratida ishqoriy metallar, qo‘rg‘oshin, temir bilan yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda barcha metallar, oltin va platina bilan ham reaksiyaga kirishadi. Vodorod, yod, brom, oltingugurt, fosfor, mishyak, surma, uglerod, kremniy, bor bilan sovuqda ham portlab yoki yonib reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda xlor, kripton va ksenon bilan birikadi. Xe + F2 = XeF2 + Q Ftor, kislorod, azot va olmos bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reaksiyaga kirishmaydi.Ftor atmosferasida shisha va suv yonib ketadi.SiO2 + 2F2 = SiF4 + O2 + Q; 2H2O + 2F2 = 4HF + O2 + Q Brom va yodning kimyoviy faolligi nisbatan sust bo‘lsada odat dagi sharoitda ular ham ko‘pchilik metallar va metalmaslar bilan ta’sirlashadi. Brom, vodorod bilan qizdirilganda, yod esa kuchli qizdirilgandagina ta’sirlashadi, ammo yuqori haroratda HJ parchalana boshlab, teskari reaksiya sodir bo‘ladi. Bu reaksiya to‘liq oxiriga bormaydi. H2 + J2 2HJ – Q Galogenlarning kimyoviy faolligi ftordan astatga tomon sustlashib, oksidlovchilik xossasi bosqichma-bosqich kamayib boradi. Bu engil galogenlarning oddiy modda sifatida og‘ir galogenid ionlarni oksidlashi, engil galogen oksidlarini og‘ir galogenid ionlar qaytarishni izohlash imkonini beradi: F2 + 2Cl– →2F– + Cl2 Cl2 + 2Br– →2Cl– + Br2 Br2 + 2J– →2Br– + J2J2 + 2ClO3 →2JO3 + Cl2.Ftor, brom, yod tabiatda asosan birikmalar holida uchraganligi uchun galogenlar manfiy zaryadli ionlar holida bo‘ladi. Shuning uchun galogenlarni olish ular ionlarini oksidlash orqali amalga oshiriladi. Bu oksidlovchilar ta’sir ettirish yoki elektr toki ta’sirida erkin galogenlar olishimkonini beradi. Ftor yuqori haroratga chidamli surkov vositalari, kimyoviy reagentlargachidamli plastmassalar (teflon), sovituvchi suyuqliklar (freon, xladon) olishda ishlatiladi. Bromdan turli dorivor vositalar, ba’zi bo‘yoqlar, kumush bromid ishlab chiqarish uchun foydalaniladi. Bromning yetishmasligi insonlarda turli asab kasalliklarini keltirib chiqaradi. Asab kasalliklarida, uyqusizlikda bemorlarga bromli dori-darmonlar tavsiya qilinadi. 5% li yodning spirtdagi eritmasi antiseptik va qon to‘xtatuvchi vosita sifatida, bir qator farmatsevtik vositalar olishda ishlatiladi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling