Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Milliy va umummadaniy kompetensiyalar


Download 1.03 Mb.
bet115/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.


3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Xlorning eng muhim birikmalaridan biri vodorod xloriddir. Uning kimyoviy formulasi HCl. Nisbiy molekulyar massasi 36,5. Tuzilish formulasi H-Cl, kovalent qutbli molekula, elektron formulasiOlinishi: 1) Sanoatda olinishi. Vodorod xloridni sanoatda olish uchun vodorod
bilan xlor gazlari o‘zaro reaksiyaga kirishtiriladi. H2 + Cl2 = 2HCl 2) Laboratoriyada olinishi. Vodorod xloridni laboratoriyada olishuchun quruq toza natriy xloridga konsentrlangan sulfat kislota ta’sir ettiriladi 21-rasmga qarang. NaCl + H2SO4 →NaHSO4 + HCl↑ Agar reaksiya qizdirish bilan olib borilsa natriy sulfat hosil bo‘lish bilanyakunlanadi
.2NaCl + H2SO4 →Na2SO4 + 2HCl↑. 2NaCl + H2SO4 →Na2SO4 + 2HCl↑
Fizik xossalari. Vodorod xlorid rangsiz,o‘tkir xidli, bo‘g‘uvchi gaz bo‘lib havodan biroz og‘ir . Suvda judayaxshi eriydi, ya’ni bir hajm suvda 500 hajmHCl eriydi .Kimyoviy xossalari: Vodorod xloridningkim yoviy xossalari xlorid kislotaning kimyoviy xossalariga o‘xshaydi. Shuning uchun uning kimyoviy xossalarini keying mavzuda batafsil ko‘rib chiqamiz. Ammo xlorid kislotadan farqli holda quruq vodorod xlorid metallar va metall oksidlari bilan reaksiyaga kirishmaydi. Ishlatilishi. Vodorod xlorid asosan xlorid kislota ishlab chiqarishuchun sarflanadi. Xlorid kislotani ishlatilishiga qarang . Xlorid kislota Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Olinishi: Xlorid kislotani laboratoriyada olish uchun oddiy reaksiya o‘tkazadi.Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislotani hosil qiladi. Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib,hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir xidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm3 ga teng bo‘lib, 37% li bo‘ladi (Bunday kislotani “tutovchi” kislota ham deyiladi). Kimyoviy xossalari:1. Kislotalar uchun umumiy bo‘lgan barcha kimyoviy reaksiyalargakirishadi.1) Indikator 1) Indikator rangini o‘zgartiradi:- binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi;- ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi;- metilzarg‘aldog‘ining to‘q sariq rangini qizil rangga kiritadi.2) Metallarning faollik qatoriga vodoroddan avval turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorodni hosil qiladi.
Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2. Fe + 2HCl = FeCl2 + H2
3) Asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz bilan
suv hosil qiladi.CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O; ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O
4) Asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi. Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O
5) O‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi. CaCO3 + 2HCl = CaCl2 + H2CO3 2. Xlorid kislotaning o‘ziga xos bo‘lgan reaksiyalari.
1) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib oq cho‘kma (AgCl) ni hosil qiladi. Bu cho‘kma suvda ham kislotada ham erimaydi. AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3
Xlorid ionini eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO3 reaktivdir. 2) Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi.Xloridlar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardir.
Natriy xlorid (osh tuzi) – NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko‘p uchraydi.Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo‘ladi. Qattiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi. Tosh tuzi O‘zbekiston hududida joylashgan Xo‘jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon,Oqqal’a konlarida uchraydi va qazib olinadi. Osh tuzining qaynash harorati 1413°C, suyuqlanish harorati 800,4°C, zichligi 2,16 g/sm3 ga teng. Eruvchanligi 0°C da 35,6 g. Osh tuzining turmushdagi ahamiyatini bilasiz. U hayot uchun juda muhim modda. Shuningdek xalq xo‘jaligida eng ko‘p ishlatiladigan moddadir. Inson bir kunda taxminan 10 g, bir yilda esa 3,6 kg osh tuzi iste’molqiladi. Demak, O‘zbekistondagi barcha aholi bir yilda taxminan 90000 t atrofida osh tuzi iste’mol qilar ekan. Butun dunyodagi aholi esa 25 mln tosh tuzi iste’mol qiladi. Kaliy xlorid – KCl. Kaliy xlorid tabiatda karnallit – KCl・MgCl2・6H2O,
silvinit – KCl・NaCl, silvin – KCl, kainit – KCl・MgSO4・3H2O ko‘rinishdagi
minerallar tarzida uchraydi. Kaliy xloridning tabiiy minerallari Qashqadaryo viloyatining Tubokat va Surxondaryo viloyatining Xo‘jaikon konlarida qazib olinadi. Kaliy xlorid qishloq xo‘jalik ekinlari uchun kaliyli o‘g‘it sifatida muhim ahamiyatga ega. O‘yuvchi kaliy, xlor va xlorning birikmalari hamkaliy xloriddan olinadi.Xloridlarning deyarli barchasi suvda yaxshi eriydi. AgCl, PbCl2,CuCl, Hg2Cl2 lar esa erimaydi.Xlorid kislota va xloridlarni aniqlash uchun AgNO3 eritmasidan foydalaniladi. NaCl AgNO AgCl NaNO Na Cl Ag NO AgCl Na NO AgNO3 tuzi xlorid ioni (Cl–) uchun reaktivdir.Xlorning kislorodli birikmalari.
Galogenlar, shu jumladan, xlor bir qator kislorodli birikmalarni hosil qiladi. Ammo bu birikmalarni bevosita yo‘l bilan olib bo‘lmaydi



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling