Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet139/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
kimyoviy elementlar va ular birikmalarining nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda bilish. Inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan biogen elementlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Havo tarkibining asosiy qismini azot va kislorod tashkil etsada, nima uchun ular o‘zaro reaksiyaga kirishmaydi? Azot molekulasining tuzilishi. Azot molekulasi uning ikkita atomining
qutbsiz kovalent bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Molekulyar formulasi: N2 Tuzilish formulasi: N≡N Elektron formulasi: :N N: Tabiatda uchrashi: Azot tabiatda erkin holda ham, birikmalar tarzida ham uchraydi. Erkin holda havoning asosiy qismini tashkil etadi. Havoda hajm
jihatdan 78%, og‘irlik jihatdan 75,5% azot bo‘ladi. Birikmalar holida esa NaNO3 ko‘rinishda Chilida uchraydi. Shuning uchun ham NaNO3 ni Chili selitrasi deyiladi. Azot tuproqda ham turli
nitratlar holida uchraydi. Tirik organizmlarning tarkibiga kiruvchi hayot uchun eng muhim bo‘lgan moddalar, ya’ni oqsillar ham azotning tabiiy birikmalaridir. Olinishi. Laboratoriya sharoitida toza azot qizdirilgan mis (II)-oksidi ustidan ammiak gazi o‘tkazib olinadi.
3CuO + 2NH3 = 3Cu + 3H2O + N2 3CuO + 2NH3 = 3Cu + 3H2O + N2
Sanoatda azot olish uchun asosiy xom ashyo havo hisoblanadi.Havo suyuq holatga o‘tkaziladi. Buning uchun havo qattiq sovitiladi.Suyuq havo sekin asta bug‘latiladi. Bunda birinchi bo‘lib havo tarkibidagi azot uchib chiqadi. Buning sababi azotning qaynash
harorati -196°C, kislorodniki esa -183°C. Suyuq havo tarkibidan azot chiqib bo‘lgandan so‘ng,
kislorod qoladi. Demak, bu texnologik jarayonda azot hamda kislorod olinadi.
Fizikaviy xossalari. Azot rangsiz, hidsiz, mazasiz gaz bo‘lib suvda juda oz eriydi. Bir hajm suvda 0,0154 hajm azot eriydi. Azotning suyuq lanish harorati -210C, qaynash harorati
-196°C. Kimyoviy xossalari. Azot molekulasida atomlar o‘zaro uch juft elektron hisobiga kovalent qutbsiz bog‘langan. Shuning uchun azot kimyoviy jihatdan inert (nofaol) moddadir.
Yuqori haroratda masalan, elektr yoyi hosil bo‘lishidagi haroratda azot kislorod bilan reaksiyaga kirishib azot (II)-oksidni hosil qiladi. Ammiyak molekulasining tuzilishi
Momaqaldiroq paytida hosil bo‘ladigan elektr razryadlari ta’sirida ham atmosferadagi azot oksidlanib azot (II)-oksidini hosil qiladi. Azot katalizator ishtirokida yuqori bosim va harorat ta’sirida vodorod bilan reaksiyaga kirishadi. N2 + 3H2 2NH3
Litiy bilan azot odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishadi. 6Li + N2 = 2Li3N
Boshqa har qanday metallar bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi.
Masalan, qizdirilganda magniy bilan reaksiyaga kirishadi. 3Mg + N2 = Mg3N2
Metallarning azot bilan hosil qilgan birikmalari nitridlar deb ataladi. Masalan,
Li3N – litiy nitrid Mg3N2 – magniy nitrid.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling