Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet141/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.

Molekulasining tuzilishi: Azot vodorod bilan bir necha xil moddalarni hosil qiladi. Azotning vodorodli birikmalari ichida eng muhimi va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgani ammiakdir. Uning molekulyar formulasi NH3, tuzilish formulasi, elektron formulasi ko‘rinishda bo‘ladi. Azot vodorodga nisbatan elektrmanfiy element bo‘lganligi uchun ammiak molekulasi qutblidir.


Olinishi. 1. Laboratoriya sharoitida. Laboratoriyada ammiak ammoniy tuz lariga ishqor ta’sir ettirib olinadi. NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3
Ammoniy xlorid tuziga so‘ndirilgan ohak aralashtirib qizdirish yo‘li bilan ham olish mumkin.
2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2H2O + 2NH3
2. Sanoatda olinishi. Sanoatda ammiak atmosfera havosidan ajratib olingan azot va suvni elektroliz qilib olingan vodorodni reaksiyaga kirishtirib olinadi: N2 + 3H2 = 2NH3 + Q.
Azot bilan vodorod aralashmasi odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi.
Azotni vodorod bilan o‘zaro ta’sirlashuv reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiyani o‘ng tomonga (NH3 hosil bo‘lish tomonga) siljitish uchun: 1. Bosimni orttirish zarur. 2. Haroratni pasaytirish kerak. Ammo past haroratda ammiak hosil bo‘lish reaksiyasining unumi pasayib ketadi. 3. Katalizatorlardan foydalanish zarur. Bu reaksiya uchun katalizator Al2O3, K2O va temir aralashmasidir. Fizikaviy xossalari. Ammiak rangsiz, o‘tkir hidli, havodan 1,7 marta engil gazdir. Bir hajm suvda 700 hajm ammiak eriydi. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Ammiak suvda juda yaxshi eriydi, natijada amoniy gidroksid (novshadil spirti) hosil bo‘ladi.
NH3 + H2O NH4OH Bu reaksiyada ammiak suv molekulasidagi H+ ioni (proton)ni biriktirib olib ammoniy ioni NH+4 hosil qiladi, H+ ionini yo‘qotgan suv gidroksid ioniga OH- aylanadi. Natijada eritmaAmmoniy ionining hosil bo‘lishi donor-akseptor bog‘lanish mexanizmi
asosida sodir bo‘ladi. Ammiak molekulasida xususiy elektron jufti bor. Vodorod ionida esa
bo‘sh orbital mavjud. Ammiak molekulasi vodorod ioni bilan to‘qnashganda azotning xususiy elektron jufti vodorod bilan azot atomlari uchun umumiy bo‘lib qoladi.Ammoniy ionida azot 4 valentli bo‘lib qoladi. Oksidlanish darajasi esa o‘zgarmaydi, ya’ni -3 ga teng. Ammiak kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishib tuz hosil qiladi. Bu reaksiyalar ham donor-akseptor mexanizmi bo‘yicha amalga oshadi. Kislotalar molekulasidan ajralib chiqqan vodorod ionlari ammiak molekulasidagi xususiy elektron jufti hisobiga kovalent bog‘ hosil qilib ammoniy ioniga aylanadi. NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H2SO4 = NH4HSO4 2NH3 + H2SO4 = NH4)2SO4
Ammiak yuqori haroratda azot va vodorodga ajraladi. Ammiak kislorodda yonadi, natijada azot va suvni hosil qiladi. 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O. Agar ammiakni yonish reaksiyasi platina katalizatori ishtirokida amalga oshirilsa azot (II)-oksidi hosil bo‘ladi. Ammoniy tuzlari: Ammoniy ioni bilan kislota qoldiqlaridan hosil bo‘lgan murakkab moddalar ammoniy tuz lari deyiladi. NH4Cl, NH4NO3, (NH4)2SO4, (NH4)3PO4, NH4HSO4, NH4H2PO4, (NH4)2HPO4. Ammoniy tuzlarining barchasi suvda yaxshi eriydigan moddalardir. Ularning o‘ziga xos xossalari quyidagilardir: 1) Qattiq qizdirilganda parchalanadi: (NH4)2CO3 = 2NH3 + H2O + CO2 2) Ishqorlar ta’sir ettirilganda ammiak ajralib chiqadi: (NH4)2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2NH3 + 2H2O Bu reaksiya ammoniy tuzlari uchun o‘ziga xos reaksiyadir.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling