Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet143/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Nima uchun azot (II)-oksidi befarq, azot (IV) –oksidi kislotalioksid hisoblanadi?
Azot odatdagi sharoitda kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi, uni bilvosita yo‘llar bilan olingan bir necha oksidlari mavjud.
Azot (I)-oksid – N2O Azot (IV)-oksid – NO2
Azot (II)-oksid – NO Azot qo‘sh oksid – N2O4
Azot (III)-oksid – N2O3 Azot (V)-oksid – N2O5
Azot (II)-oksidi – NO. Azot (II)-oksid rangsiz, hidsiz gaz bo‘lib,
suvda juda oz eriydi. 1 hajm suvda 0oN da 0,7 hajm NO eriydi.
Suyuqlanish harorati –163,6oN, qaynash harorati – 154,8oN.
Azot bilan kislorod odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishmaydi.
NO elektr razryadlari va chaqmoq bo‘lgan vaqtlarda hosil bo‘ladi.
Shuning uchun bahor oylarida yog‘adigan yomg‘ir suvi tarkibida azot
birikmalari oz bo‘lsada uchraydi.Azot (II)-oksidi befarq oksid, u tuz hosil qilmaydi.
Sanoatda NO ni olish uchun ammiak katalitik oksidlanadi.
Laboratoriyada NO ni olish uchun esa misga suyultirilgan nitrat
kislota ta’sir ettiriladi. 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
NO havo tarkibidagi kislorod bilan odatdagi sharoitda reaksiyaga kirishib NO2 ni hosil qiladi.
2NO + O2 2NO2 Azot (IV)-oksidi – NO2.
Azot (IV)-oksid qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli, o‘tkir hidli zaharli, bo‘g‘uvchi gaz. U suvda yaxshi eriydi. 21,3oN da qaynaydi, -9,3oN da rangsiz kristall holatda qotadi. NO2 ni laboratoriyada misga konsentrlangan nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi.
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
Sanoatda azot (II)-oksidni oksidlab olinadi. Azot (IV)-oksid kislotali oksid. U suvda erib nitrat va nitrit kislotalarni hosil qiladi. 2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2
BKM elementlari: azot oksidlari, azot (II) oksid, azot (IV) oksid, tuz hosil qilmaydigan birikmalar.



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling