Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi


Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Download 1.03 Mb.
bet145/161
Sana26.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1656366
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161
Bog'liq
8-sinf Kimyo 2017

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
kundalik turmushda foydalanadigan mineral o‘g‘itlar, biogen elementlar haqidagi ma’lumotlarni media vositalardan izlab topa olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
kimyoviy moddalar haqidagi tushunchalar orqali bilimini oshirib borish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars.
Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob
Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:
1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.
3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash.
Yangi darsni rejasi.
Yangi darsning bayoni.
Molekulyar formulasi – HNO3. Azotning ikkinchi energetik qavatida (tashqi energetik qavati) d-energetik qavatcha yo‘q. 2s2 energetik qavatchadagi juft elektron qo‘zg‘ala olmaydi. Azot beshinchi guruhda joylashgan element bo‘lsada besh valentli bo‘la olmaydi. Azotning yuqori valentligi to‘rt. Shuning uchun nitrat kislotaning tuzilish va elektron formulasini
quyidagicha yozish mumkin. Demak nitrat kislotada azot IV valentli, oksidlanish darajasi esa +5.
Olinishi. XX asr boshlariga qadar nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislotani chili selitrasiga (NaNO3) ta’sir ettirib olingan. Hozirda bu usuldan laboratoriyada nitrat kislota olish uchun foydalaniladi. NaNO3 + H2SO4 = NaHSO4 + HNO3
Sanoatda nitrat kislota olish uchun ammiakdan foydalaniladi. 1. Ammiakni katalizator (Cr2O3 yoki MnO2) ishtirokida oksidlash. 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
2. Azot (II)-oksidni oksidlab azot (IV)-oksid olish. 2NO + O2 = 2NO2
3. Azot (IV)-oksidni kislorod ishtirokida suvga yuttirish. 4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
Fizikaviy xossalari. Toza nitrat kislota rangsiz, o‘tkir hidli suyuqlik, zichligi 1,5 g/sm3. -410N
da kristallanadi. Suvda yaxshi eriydi. Kimyoviy xossalari. Nitrat kislota bir negizli kuchli kislotadir. Suyultirilgan eritmalarda to‘liq dissotsiatsiyalangan bo‘ladi.
HNO3=H+ + NO3Nitrat kislota beqaror. Yorug‘lik va issiqlik ta’sirida parchalanib
turadi.4HNO3 = 4NO2 + O2 + 2H2O
Nitrat kislota ham boshqa kislotalar kabi ksilotalarga xos umumiy reaksiyalarni beradi.
CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O Fe(OH)3 + 3HNO3 = Fe(NO3)3 + 3H2O
Na2CO3 + 2HNO3 = 2NaNO3 + H2O + CO2 CuO + 2HNO3 = Cu(NO3)2 + H2O
Nitrat kislotaning metallarga ta’siri boshqa kislotalardan farq qiladi.Kislotaning konsentratsiyasi va metalning faolligiga qarab nitrat kislota quyidagicha qaytariladi:
1. Passiv metallar masalan, Cu va Pb lar bilan konsentrlangan nitrat kislota reaksiyaga kirishib (a va b) NO2 gazini hosil qiladi, suyultirilgan nitrat kislota esa (d) NO ni hosil qiladi.
2. Aktiv metallar masalan, Mg, Zn, Fe lar bilan kislotani konsentratsiyasi va haroratga ko‘ra turlicha reaksiyaga kirishadi.
a) Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
b) Pb + 4HNO3 = Pb(NO3)2 + 3NO2 + 2H2O
d) 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O
e) 4Fe + 10HNO3 = 4Fe(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O
Bir mol nitrat kislota bilan uch mol xlorid kislotaning aralashmasi “zar suvi” deyiladi. Zar suvi juda kuchli oksidlovchi, u hatto juda passiv metallar oltin va platinani ham erita oladi.
Au + HNO3 + 3HCl = AuCl3 + NO + 2H2O 3Pt + 4HNO3 + 12HCl = 3PtCl4 + 4NO + 8H2O
Yog‘och qipig‘i, skipidar (organik modda) lar nitrat kislotada alangalanib yonib ketadi.
Nitrat kislota tuzlari Nitrat kislota tuzlari nitratlar deb ataladi. Nitratlar asosan metal190
larga, metallarning oksidlariga, ishqoriy metallarning va ishqoriy yer metallarning
karbonat tuzlariga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. Ammoniy nitrat esa ammiakga nitrat kislota ta’sir ettirib olinadi. NH3 + HNO3 = NH4NO3 Barcha nitratlar suvda yaxshi eriydi.
Nitratlar qizdirilganda parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniydan chapda joylashgan metallarning nitratlari nitrit va kislorod hosil qilib parchalanadi. Metallarning faollik qatorida magniy bilan mis oralig‘ida joylashgan metall nitritlari metall oksidi, azot (IV)-oksidi va kislorod hosil qilib parchalanadi. Metallarning faollik qatorida misdan keyin joylashgan metallarning
nitratlari parchalanganda metall, azot (IV)-oksid va kislorod hosil qiladi. Nitratlarning parchalanishini quyidagi umumiy sxema bilan ifodalash mumkin. Ammoniy nitrat parchalanganda azot (I)-oksid hosil bo‘ladi. Nitrat kislota tuzlarini aniqlash uchun uning tarkibida nitrat ioni NO3– borligini bilish kerak. Buning uchun nitrat tuzi konsentrlangan sulfat
kislota bilan qo‘shib qizdiriladi va mis qo‘shiladi. Reaksiya natijasida qo‘ng‘ir
gaz NO2 hosil bo‘lishi tekshirilayotgan tuz nitrat ekanligini bildiradi.
2NaNO3 + H2SO4 = Na2SO4 + 2HNO3 4HNO3 + Cu = Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
Nitratlardan asosan mineral o‘g‘it sifatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladi



Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling