Mavzu: Dastlabki kimyoviy tushuncha va qonunlar. Kimyoviy formula, valentlik. Darsning maqsadi
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
Download 1.03 Mb.
|
8-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasrning turi
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari va tabiat boyliklarini asrab-avaylashni bilish. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar: badiiy va san’at asarlari bo‘lgan me’moriy obidalarni tiklashda kimyoviy birikmalardan foydalanilganligi haqida tushunchaga ega bo‘lish. Dasrning turi: An`anaviy. Yangi materialni o’rganuvchi dars. Darsning usuli: Tushuntirish. Savol- javob Darsning jihozi: kimyo faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi. Darsning tashkiliy qismi: 1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash. 3. Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4. O`tilgan mavzuni so`rash baholash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. “Ammiak olish va u bilan tajribalar o‘tkazish” 1. 29-rasmdagidek asbob tayyorlang. 2. Ammiak hosil qilish. Buning uchun teng hajmda ammoniy xlorid (NH4Cl) kristall va so‘ndirilgan ohak kukunidan olib chinni havonchada yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashmadan probirkaning 1/3 qismigacha soling va ohistalik bilan qizdiring. (34-rasm) 3. Ammiakni yig‘ish. Ajralib chiqayotgan gazni (ammiakni) rasmdagidek gaz o‘tkazgich nay orqali og‘zi pastga qarab o‘rnatilgan probirkaga yig‘ib oling? 4. Probirkada ammiak gazi to‘lganligiga ishonch hosil qilgach (Buning uchun ohista hidlab ko‘rish kerak. Ammiak o‘tkir hidli gaz) probirkaning og‘zini tiqin bilan berkitib suvli idishga tushiramiz va tiqinni olamiz. Probirkaga suv to‘ladi. Chunki ammiak suvda juda yaxshi eriydi. Suv bilan to‘lgan probirkani suvli idishdan oling. Probirkadagi ammiakning suvli eritmasi ekanligini tajriba yo‘li bilan isbotlang. A) Ammiakning suvli eritmasidan ikkinchi probirkaga ozgina quying va unga qizil lakmus qog‘ozi tushiring. B) Boshqa bir probirkadagi ammiakni suvdagi eritmasiga bir necha tomchi fenolftalein tomizing. Topshiriq: yuqoridagi reja asosida bajarilgan tajribalarning tafsilotlarini daftaringizga yozing. Sodir bo‘lgan reaksiyalarning tenglamalarini yozing. Olingan gaz, eritma qanday moddalar ekanligini isbotlang. 5. Ammiakni kislorodda yonishi uchun ...rasmdagidek asbob tayyorlang. Ammiak olish uchun zarur aralashma tayyorlang. Probirkaga soling. Gaz o‘tkazuvchi nay o‘rnatilgan tiqinni probirka og‘ziga mahkamlang. Gaz o‘tkazuvchi nayni ikkinchi uchuni kislorodli silindrga tushuring. Aralashmani ohista qizdiring. Ammiak hosil bo‘lib kislorodli idishga o‘tganda yonish hodisasi kuzatiladi. Ammiak katalizatorsiz yonganda qanday moddalar hosil bo‘ladi. Reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. 6. Ammiakni kislotalar bilan o‘zaro ta’siri. Oldingi tajribalarda ammiak yig‘ish uchun tayyorlangan asbob bilan ammiak yig‘ib oling. Gaz o‘tkazgich naydan chiqayotgan gaz (ammiak)ga e’tibor bering. Gaz o‘tkazgich nayning uchini nitrat, xlorid, sulfat kislotalardan 1 ml dan quyilgan probirkalarga tushiring. Gaz o‘tkazgich nayning uchi kislota eritmasi sirtidan 5-6 mm balandlikda turishi kerak. Nima uchun? Probirkalardagi kislota eritmalari neytrallanib tuz hosil bo‘lganligini qanday isbotlash mumkin? Xlorid kislotali probirkada oq tutun hosil bo‘lish sababini tushuntiring. 7. 4-tajribada olingan ammiakli suvdan ikkita toza probirkaga quying va unga bir-ikki tomchi fenolftalein tomizing. Olingan rangli eritmalarning biriga xlorid kislota, ikkinchisiga sulfat kislota quying. Qanday hodisa kuzatiladi. Sodir bo‘lgan hodisa sababini tushuntiring. Kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzu bo`yicha o`quvchilarni baholash. Uyga vazifa. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling