Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet5/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

3) davlat boshqaruvining xalq manfaatlari yo`lida amalga oshirilishi prinsipi. Konstitutsiyaning 7-moddasiga binoan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Huquqiy demokratik davlatlarning olib boradigan siyosatlarini xalqning xohish-irodasi belgilab berishi lozim. Mazkur siyosat inson va jamiyatning farovonligini, O`zbekistondagi barcha fuqarolarning farovon turmushini ta'minlashga qaratilgan bo`lishi kerak. Jumladan, Konstitutsiyaning 14-moddasida davlat o`z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi, deb ko`rsatilgan;
4) davlat boshqaruvida xalqning ishtiroki prinsipi. O`zbekiston Respublikasida qonuniylikni ta'minlashda va huquqiy tartibotni mustahkamlashda keng omma ishtirok etadi. Bu holatni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir necha moddalarida ko`rishimiz mumkin. Jumladan, Konstitutsiyaning 9-moddasiga binoan jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo`yiladi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga binoan esa, O`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita va o`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega. Bunday ishtirok etish o`zini o`zi boshqarish, referendumlar o`tkazish va davlat organlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish - mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim omilidir. “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” degan siyosiy konsepsiyaning asl mohiyati jamiyatni boshqarishda asta-sekin nodavlat tashkilotlari va fuqarolarning ishtirok etishini tobora kengaytirishda ko`rinadi. Barcha demokratik davlatlarda bo`lgani kabi bizning davlatimizda ham jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tizimlarining mavqei oshib bormoqda.
Konstitutsiyaning 35-moddasiga binoan esa, har bir shaxs bevosita o`zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Demak, fuqarolarning siyosiy faolligi davlat organlariga, ularning mansabdor shaxslariga murojaat qilishi orqali ham amalga oshiriladi;
5) davlat boshqaruvining aholi madaniy darajasi bilan bog`liqligi prinsipi. Qonuniylik aholi madaniy darajasi bilan, davlat organlari, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati bilan bog`liq bo`ladi.
Insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati qancha yuqori bo`lsa, qonuniylik va huquq tartibot ta'minlanadi, qonun buzilishi shunchalik kam bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o`rganish ishini yaxshilash haqida”gi Farmon11iga ko`ra huquqiy demokratik davlat qurilishi, qonunchilikni mustahkamlash va ijtimoiy adolat qaror topishini ta'minlash, ma'naviy va madaniy rivojlanishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi mazmun bilan boyitish, aholining huquqiy bilimi va ongini yuksaltirish, jamiyatni siyosiy faolligini oshirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini o`rganish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida:
a) aholining huquqiy madaniyatini oshirish va huquqiy tarbiyasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan ishlar - davlat siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biri sifatida belgilandi;
b) respublikada huquqiy davlat qurilishi yo`lida olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar va bu borada qabul qilingan qonunlar mohiyatini aholi tomonidan chuqur anglab yetishiga har tomonlama ko`maklashish - davlat boshqaruv, huquqni muqofaza qilish idoralari, o`quv yurtlari hamda huquqshunos olimlarning eng dolzab vazifasi ekanligi ko`rsatib o`tildi.
Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997 yil 29 avgustda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”12 to`g`risidagi qarori ham qabul qilindi. Milliy dasturning asosiy vazifasi sifatida - huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya tizimini takomillashtirib, keng xalq o`rtasida huquqiy tarbiyani mustahkamlab, aholi madaniy darajasini ko`tarish vazifasi belgilab qo`yildi;
6) davlat boshqaruvining demokratik jarayonlar bilan bog`langanligi prinsipi. Davlat boshqaruvi demokratiya bilan uzviy bog`liqdir. Xalq davlat hokimiyatini o`zi ishonch bildirib saylagan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hokimiyat organlari orqali amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Davlat boshqaruvi - demokratik tartiblarga bo`ysinishni talab qiladi, demokratik tartiblar, o`z navbatida, qonuniylikni mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko`ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling