Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Man etish, taqiqlash
Huquq tizimida huquq tarmoqlariga ajratishning asoslaridan yana biri – bu huquqiy tartibga solish uslubidir.Har bir huquq tarmog`ining huquqiy tartibga solish predmeti o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lganligi sababli, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uslubi ham o`ziga xos bo`lishini taqozo etadi.Huquqiy tartibga solish uslubi – jamiyatdagi mavjud munosabatlarga huquq ta'sirida qo`llaniladigan usul, vosita va yo`llar yig`indisidan iboratdir. Huquqiy tartibga solish uslubi uzoq tarixiy jarayonda shakllangan bo`lib, davlat undan huquq normalarini yaratishda va ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o`rtasidagi aloqalarni tartibga solishda foydalanadi.Huquqning har qanday tarmog`i huquqning o`z tabiatida joylashgan ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta'sir etishning uch uslubidan foydalanadi, bular: yozma buyruq, ko`rsatma; man etish, taqiqlash; ruxsat berish. Yozma buyruq, ko`rsatma - huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatni amalga oshirish, ya'ni boshqacha emas, balki aynan shunday harakat qilish uchun to`g`ridan-to`g`ri yuridik majburiyatni zimmaga yuklash. Man etish, taqiqlash - amalda bu ham ko`rsatma, ammo u teskari, ya'ni huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo`yicha yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir. Ruxsat berish - huquq normaida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o`z xohishi bo`yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko`rsatilgan uslublaridan huquqni u yoki bu tarmog`ining o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalaniladi. Qayd etilganidek, ma'muriy huquq tartibga solishning o`z predmetiga ega bo`lib, xususan, bu - davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining boshqa turlaridan o`zining vazifalari, maqsadli yo`nalishi va namoyon bo`lish shakllari bilan farq qiladi. Ma'muriy huquqiy tartibga solishga davlat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan chiqariladigan ko`rsatmalar xosdir. Ma'muriy munosabatlarning boshqa tomoni ushbu ko`rsatmaga bo`ysinishga majbur. Bu shuni anglatadiki, davlat organining hokimiyat ko`rsatmalari yordamida davlat amalda o`zining boshqaruv faoliyati sohasidagi vakolatlarini amalga oshiradi. Ma'muriy huquqiy tartibga solish uchun boshqa bir xususiyat ham xos bo`lib, u bir tomonning o`z xohish-irodasini bildirishidir. Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va ma'muriy munosabatlarda uning manfaatlarini ifoda etadigan, yuqorida ko`rsatilgan organlarning o`z xohish-irodasini bildirishi – bir tomonlama va majburiy bo`lishi yaqqol ko`rinadi. Bunda, davlat boshqaruvi faoliyati sohasida tomonlarning yuridik jihatdan tengsizligi vujudga keladi. Aynan mana shu sababli ma'muriy huquqning asosiy uslubi, ya'ni ma'muriy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvoriga ta'sir ko`rsatish uslub va vositalari - davlat-hokimiyat ko`rsatmalari uslubi hisoblanadi. Ushbu uslubning qo`llanishi jamiyatning muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarini amalga oshirish uchun kerak bo`lgan boshqaruvni tashkil etish va amalga oshirish zarurati bilan belgilanadi. Shunday qilib, ma'muriy huquq predmeti bilan ma'muriy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning o`ziga xos birlashuvi ma'muriy huquqni huquqning mustaqil tarmog`iga ajratish imkonini beradi. Har qanday mustaqil huquq tarmog`iga uning butunligi, tizimliligi va tuzilishga ega ekanligi xosdir. Bu holat ma'muriy huquqda yaqqol namoyon bo`ladi. Jumladan, yagona predmet va tartibga solish uslubining mavjudligi – huquq tarmog`ini tashkil etuvchi huquqiy normalarning o`zaro aloqasini belgilab beradi. Ma'muriy huquq – huquqiy normalarning bir butun (yaxlit) tizimi bo`lib, predmet, maqsad, prinsiplar, tartibga solish uslubini birlashtiradi. Huquqiy normalar bir-biriga mos kelishi, yagona prinsiplarga asoslanishi, yagona atamalarni qo`llashi lozim. Huquq tarmog`i ichida turli yuridik kuchga ega bo`lgan, umumiy va maxsus huquqiy normalarning subordinatsiyasi (bo`ysinuvi) mavjud bo`ladi. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling