Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Mavzu: Ma’muriy huquq - huquq tarmog’i sifatida


Download 221.7 Kb.
bet7/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Mavzu: Ma’muriy huquq - huquq tarmog’i sifatida


Reja:



  1. Ma’muriy huquq tushunchasi, predmeti, tartibga solish uslubi.

  2. Ma’muriy huquqning turdosh tarmoq huquqlari bilan o’zaro munosabati.

  3. Ma’muriy huquq manbalari tushunchasi va ularning turlari.

  4. Ma’muriy huquq tizimi.

Tayanch so’z va iboralar: Ma'muriy huquq, qonunchilik, sud, prokuror nazorati, Ruxsat berish, man etish, taqiqlash, Suverenitet, Konstitutsiyaviy huquq, Nizom.

Ma'muriy huquq – huquq tizimining yirik, murakkab va rivojlangan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu, uning tartibga solinuvchi predmetining o`ziga xos xususiyatlaridan, munosabatlarning keng qamrovliligidan kelib chiqadi. Ijro hokimiyati, boshqaruv faoliyati va boshqaruvning o`zi davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olganligi sababli, ma'muriy huquq - huquq tizimida markaziy o`rinni egallaydi hamda boshqa huquq tarmoqlariga ta'sir ko`rsatadi yoki, aksincha, ularning ta'siriga uchraydi.
Ma'muriy huquq normalari davlat huquqi normalaridan kelib chiqqan holda, avvalo davlat boshqaruviga xos bo`lgan xususiyatlarni va uning boshqa davlat faoliyati turlari bilan (konunchilik, sud, prokuror nazorati) o`zaro munosabatini, shuningdek, davlat boshqaruvi prinsiplarini mustahkamlaydi.14
Ma'muriy huquq – davlat huquqi normalarini yanada aniqlashtirib va to`ldirib, fuqarolarning ko`pgina hukuk va majburiyatlarini, ularning boshqaruv organlari orqali amalga oshirish mexanizmini hamda ushbu huquqlarni har kanday buzilishlardan himoya qilishni belgilaydi.
Ma'muriy huquq – davlat organlarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibini, uning vazifa va maqsadlarini, vakolatlari hamda huquqiy maqomining boshqa tomonlarini, tuzilishi va faoliyat jarayonini belgilab beradi.
Ma'muriy huquq nafaqat boshqaruvni, balki boshqariluvchi faoliyatni ham tartibga soladi.
Demak, O`zbekiston Respublikasi ma'muriy huquqi – bu O`zbekiston Respublikasi huquq tizimining mustaqil tarmog`i bo`lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisidan iborat.
Ma'muriy huquq ma'lum bir ijtimoiy munosabatlar guruhini tartibga solib, mazkur munosabatlar uning predmetini tashkil etadi.
Ma'muriy huquq fani olimlarining aksariyati15, ma'muriy huquqning predmetiga davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan quyidagi ijtimoiy munosabatlar guruhini kiritadi:

  1. tashkiliy jihatdan biri ikkinchisiga bo`ysinadigan davlat boshqaruvi organlari o`rtasidagi munosabatlar (masalan, vazirlik va davlat qo`mitalarining ularga bo`ysingan boshqarma va bo`limlari o`rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar);

  2. bir-biriga bo`ysinmaydigan davlat boshqaruvi organlari o`rtasidagi munosabatlar (masalan, ikki vazirlik, vazirlik va davlat qo`mitasi o`rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar);

  3. davlat boshqaruvi organlari va ularga bo`ysinadigan korxona, muassasa va tashkilotlar o`rtasidagi munosabatlar;

  4. davlat boshqaruvi organlari va jamoat birlashmalari o`rtasidagi munosabatlar;

  5. davlat boshqaruvi organlari va fuqarolar o`rtasidagi munosabatlar.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling