Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Ba'zi bir huquqshunos olimlar davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari bilan bir qatorda, tashkiliy prinsiplarni ham ko`rsatib o`tishadi. Masalan, X.R.Alimov o`zining ilmiy ishlarida, davlat boshqaruvining quyidagi tashkiliy prinsiplarini yoritib beradi:funksiya va vakolatlarni taqsimlash prinsipi. Mazkur prinsip orqali davlat boshqaruv organlari o`rtasida vakolatlar hamda funksiyalar taqsimlanadi. Har bir davlat organi, shu jumladan davlat boshqaruvi organlari o`zlarining oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun, o`zining quyi tuzilmasi o`rtasida vakolatlarni taqsimlashi lozim; kompetensiya doirasida javobgarlik prinsipi. Ushbu prinsip davlat organlari, ularning mansabdor shaxslarining berilgan vakolat doirasida javobgarlikka tortilishi mumkinligini nazarda tutadi; boshqaruvda sohaviylik va hududiylikni inobatga olish prinsipi. Mazkur prinsip davlat boshqaruvi qaysi sohada va qanday shaxslar doirasi bo`yicha amalga oshirilishini belgilab beradi; kollegiallik prinsipi. Amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, har bir davlat boshqaruvi organida yakka tartibda amalga oshiriladigan boshqaruv bilan bir vaqtda, kollegial boshqaruv ham mavjuddir. Davlat boshqaruvining deyarli barchasida turli ko`rinishdagi kengash va hay'atlar tuziladi. Kengash va hay'atlar tomonidan amalga oshiriladigan boshqaruv - kollegial boshqaruv hisoblanadi.13 Davlat boshqaruvining prinsiplari yuridik adabiyotlarda turlicha ko`rsatib o`tilgandir. Lekin ularning barchasi bir maqsad sari yo`naltirilgan bo`lib, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishni tartibga soladi.Nazorat uchun savollar Boshqaruvning umumiy tushunchasi. Ijtimoiy boshqaruvning o`ziga xos xususiyatlari. Davlat boshqaruvi tushunchasi. Davlat boshqaruvining o`ziga xos xususiyatlari. Davlat boshqaruvi funksiyalari. Davlat boshqaruvining asosiy prinsiplari. Davlat boshqaruvining tashkiliy prinsiplari. Adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. Adolat, 2018. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatining birgalikda barpo etamiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2016. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va хalq farovonligining garovi. Toshkent: O'zbekiston, 2017. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Xalq so’zi 15 yanvar 2017 yil. 5. Erkin xojiev, To'lqin xojiev. Ma'muriy huquq: - T.: 2006. 7. Nazarov K. Ma'muriy huquq. O'quv qo'llanma. -T.: SamDU, 2004. - 214 b. 8. Xakimov G. Ma'muriy huquq (maхsus qism). - T.: TDYuI, 2005. - 331 b. 9. Administrative Law. Peter Leyland, Gordon Anthony.Seventh Edition, 2012. 10. Allgemeines Verwaltungsrecht, Aufl., München Hartmut Maurer: 2011. Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling