Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari


Download 221.7 Kb.
bet9/88
Sana27.02.2023
Hajmi221.7 Kb.
#1234657
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
Bog'liq
ma\'muriy huquqdan majmua

Ma'muriy huquq tizimi deganda, uning davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar bilan obyektiv belgilangan ichki tuzilishi, ma'muriy-huquqiy normalarning muayyan izchillikda birlashishi va joylashishini tushunish lozim16.
Ma'muriy huquq tizimi – ma'muriy-huquqiy normalar va institutlarni birlashtiradi.
Bundan tashqari, yuridik adabiyotlarda, “ma'muriy huquq tizimi”dan “ma'muriy huquq fani tizimi” farqlanadi. Ma'muriy huquq fani tizimi ma'muriy huquq tizimiga qaraganda kengroq tushuncha bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • ma'muriy-huquqiy normalar – ma'muriy huquq fani tizimining boshlang`ich elementi bo`lib, davlat tomonidan o`rnatiladigan yoki tasdiqlanadigan hamda ma'muriy-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining xulq-atvorini (xatti-harakatini) belgilab beradigan qoidalardir;

  • ma'muriy-huquqiy institutlar – ma'muriy huquq fani tizimining alohida guruhi bo`lib, u ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Odatda, ma'muriy-huquqiy institutlar – ma'muriy-huquqiy normalarning uncha katta bo`lmagan barqaror guruhi bo`lib, ijtimoiy munosabatlarning ma'lum bir turini tartibga solishga qaratiladi. Ma'muriy huquq tarmog`i o`z ichiga qator institutlarni oladi va ular tarmoqning tarkibiy qismi, bo`lagi sifatida namoyon bo`ladi. Ayni paytda ular muayyan mustaqillik xususiyatiga ega. Zero, ma'muriy-huquqiy institutlar ma'lum darajada mustaqil ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi;

  • ma'muriy huquq fani bo`limlari (guruhlar) – ma'muriy huquq fani tizimining yirik tarkibiy qismi bo`lib, o`zida bir necha ma'muriy-huquqiy institutlarni birlashtiradi. Ma'muriy huquq fani tizimida o`zaro yaqin (o`xshash) ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma'muriy-huquqiy institutlar birlashib, ma'muriy huquq fanining bo`limlari (guruhlarini) tashkil etadi. (masalan, davlat boshqaruvining o`ziga xos xususiyatlari, davlat boshqaruvi prinsiplari, davlat boshqaruvi funksiyalari singari ma'muriy-huquqiy institutlar o`zining yaqinligiga qarab yagona bo`limga birlashgan.)

Har qanday huquq fani singari ma'muriy huquq fani tizimi ham ikki qismga bo`lingan:
1) umumiy qismbunda davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirish jarayonining umumiy tomonlarini belgilab beruvchi ma'muriy-huquqiy normalar (ma'muriy-huquqiy institutlar, bo`limlar) nazarda tutilgan. Ma'muriy huquq fani tizimining umumiy qismi quyidagi institutlardan iborat:

  • davlat boshqaruvi tushunchasi, o`ziga xos xususiyatlari va asosiy prinsiplari;

  • davlat boshqaruvi subyektlari va ularning huquqiy maqomi;

  • davlat boshqaruvi shakllari va uslublari;

  • davlat boshqaruvida ishontirish va majburlash choralari;

  • ma'muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik;

  • ma'muriy jarayon;

  • davlat boshqaruvida qonuniylik va intizomni ta'minlash;

2) maxsus qism – bunda jamiyatning alohida sohalarida amalga oshiriladigan davlat boshqaruvining xususiyatlarini belgilab beruvchi ma'muriy-huquqiy normalar (ma'muriy-huquqiy institutlar, bo`limlar) ko`rsatib o`tilgan bo`lib, quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  • iqtisodiyot sohalarini boshqarish (sanoat, qishloq va suv xo`jaligi, qurilish, transport, aloqa, yo`l xo`jaligi, xizmat ko`rsatish sohalari);

  • ijtimoiy-madaniy sohalarni boshqarish (ta'lim, fan, madaniyat, jismoniy tarbiya va sport, sog`liqni saqlash, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish);

  • ma'muriy-siyosiy faoliyat sohasini boshqarish (mudofaa, davlat xavfsizligi, ichki ishlar, tashqi ishlar, adliya);

  • tarmoqlararo boshqa sohalarni boshqarish (tabiatni muhofaza qilish, moliya va kredit tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyat, davlat statistikasi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish va h.k.lar).

Ma'muriy-huquqiy normalar ko`p sonli huquqiy hujjatlarda (manbalarda) mustahkamlangan. Huquq manbalari – huquqiy normalar ifodasining tashqi shakllari, huquq mavjud bo`lishining shakllari hisoblanadi.


Respublikamizda mulkchilikning xilma-xil shakllarini vujudga keltirish va ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish, korxona, muassasa va tashkilotlar o`rtasida raqobatni avj oldirish, boshqarishning oldingi uslubidan (ma'muriy-buyruqbozlik) butunlay voz kechish, iqtisodiy omil va vositalarni keng joriy etish – bozor munosabatlarining tub negizidir. Ushbu jarayonda davlat boshqaruvi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilikning asosini - O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi.
Bizga ma'lumki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 8 dekabrda bo`lib o`tgan o`n ikkinchi chaqiriq o`n birinchi sessiyasida qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – ma'muriy huquqning asosiy manbasi sifatida, davlat boshqaruvini tashkil etish va amalga oshirishning boshlang`ich huquqiy asoslarini belgilab bergan.
Konstitutsiyaning bir necha moddalari bevosita davlat boshqaruvini huquqiy tartibga solishga qaratilgandir. Jumladan, Konstitutsiyaning 1-moddasida O`zbekiston – suveren demokratik respublika, deb ko`rsatilgan. Mazkur moddada o`zbek davlatchiligining tub mohiyati, ya'ni O`zbekiston suveren davlat ekanligi ko`rsatib o`tilgan.
Suverenitet – har qanday davlatning eng muhim, ajralmas belgilaridan biridir.
O`zbekiston – demokratik davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e'tiqodlaridan qat'i nazar, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta'minlab beradigan davlatdir.
O`zbekistonda davlatni boshqarish shakli respublikadir. Respublika - xalq hokimiyati demakdir. Respublika – eng asosiy umuminsoniy huquqiy boyliklardan biri. Boshqaruvning respublika shakli davlat idoralari vakolatlarini aniq belgilab berishni, qonun chiqaruvchi va ijroiya organlarining saylab qo`yilishini anglatadi.
Konstitutsiyaga binoan, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar (2-modda).
Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali fuqarolar manfaatining ustunligi qonuniy ravishda mustahkamlangan va kafolatlangan. Davlatning fuqarolar oldidagi mas'uliyatining mavjudligi demokratik huquqiy davlatning muhim belgilaridan hisoblanadi. Davlat qonun doirasida insonlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermog`i lozim. Shuning uchun ham, davlat xalq irodasini ifodalamog`i, uning manfaatlari, xohish-istaklariga xizmat qilmog`i lozim.
O`zbekiston Respublikasi o`zining milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.
Mazkur konstitutsiyaviy qoidadan kelib chiqadigan bo`lsak, O`zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida o`zining davlat hokimiyatini va davlat boshqaruvi organlarining tizimini belgilab beradi. Konstitutsiyaning beshinchi bo`limi aynan shu masalarni yoritib berishga qaratilgandir.
O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko`zlab va O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o`zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to`xtatib qo`yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo`ladi (7-modda).
Demak, O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati, shu jumladan, boshqaruv faoliyati qonunlarda nazarda tutilgan tartibda tashkil etilgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat organlari faqatgina qonun hujjatlarida ko`rsatib o`tilgan vakolat doirasida harakat qilishlari mumkin.
Davlat organlarining Konstitutsiya va qonunlarga so`zsiz itoat etishi va shu asosda faoliyat ko`rsatishi huquqiy davlatning muhim belgisi hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan O`zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respublika Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishi mumkin (10-modda).
O`zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linishi prinsipiga asoslanadi (11-modda).
Mazkur konstitutsiyaviy norma orqali davlat hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyat tartibi – vakolatlarning taqsimlanishi prinsipi asosida amalga oshirilishi belgilangan.
Hokimiyat tizimining bo`linishi prinsipi huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan biridir.
Davlat o`z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko`zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ko`rsatib o`tganidek: “Davlatning faol islohotchilik mavqeida butun diqqat-e'tiborni iqtisodiyotni sog`lomlashtirish muammolarini birinchi navbatda hal etishga, qonuniylik va huquq-tartibotga rioya qilishga, eski iqtisodiy munosabatlarni bozor munosabatlariga aylantirishga qaratish ijtimoiy barqarorlik uchun mustahkam negizni vujudga keltiradi”.17
O`zbekiston ijtimoiy adolat jamiyatidir. Kuchli ijtimoiy siyosat adolatli jamiyat va demokratik davlat barpo etishning asosiy mezonidir.
Ma'muriy huquqning asosiy manbalaridan yana biri – bu 1994 yil 22 sentabrda qabul qilingan va 1995 yil 1 apreldan kuchga kiritilgan O`zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksidir. Ushbu kodeksga binoan ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat farovonligi yo`lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta'minlashni, ma'muriy huquqbuzarliklar to`g`risidagi ishlarning o`z vaqtida va obyektiv ko`rib chiqilishini, shuningdek, bunday huquqbuzarliklarning oldini olishni, fuqarolarni O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o`z oldiga vazifa qilib qo`yadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks – qanday harakat yoki harakatsizlik ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan qay tartibda qanaqa ma'muriy jazo qo`llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.
Ma'muriy-huquqiy normalar boshqa Kodekslarda ham o`z ifodasini topgan, ya'ni davlat boshqaruvi jarayonida ijro hokimiyati organlari faoliyatini, fuqarolar va nodavlat tashkilotlarining boshqaruv sohasidagi huquq va majburiyatlarini tartibga solishga qaratilgan normalarni quyidagilarda ham uchratish mumkin:

  1. O`zbekiston Respublikasining Havo kodeksi;

  2. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

  3. O`zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi;

  4. O`zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi va boshqalar.

Ma'muriy huquqning keng tarqalgan manbalaridan yana biri – bu O`zbekiston Respublikasining qonunlaridir. Bir necha davlat boshqaruvi organlarining huquqiy maqomi joriy qonunlarda o`z ifodasini topgan. Jumladan:
1) O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “Vazirlar Mahkamasi to`g`risida”gi qonun18i. Mazkur qonunga binoan O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi - Hukumati O`zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta'minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir;

  1. O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to`g`risida”gi qonun19ga binoan mahalliy davlat hokimiyat organlariga hokim rahbarlik qiladigan ijroiya apparat va vakillik organlari kiradi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo`ysinadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir;

3) O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida»gi qonun20i respublikada bank tizimini boshqaruvchi davlat organi - O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunga binoan Markaziy bank yuridik shaxs hisoblanadi va u davlatning mutlaq mulkidir. Markaziy bank - o`z sarf-xarajatlarini o`zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bank O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi;
4) O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat soliq xizmati to`g`risida»gi qonun21i - O`zbekiston Respublikasida davlat soliq xizmati organlarini tashkil etish tartibini, ularning huquqiy maqomini belgilab beradi. Qonunning 1-moddasiga binoan davlat soliq xizmati organlari soliqlar, yig`imlar va boshqa to`lovlarning to`liq va o`z vaqtida budjetga tushishini ta'minlash maqsadlarida tuziladi. Davlat soliq xizmati organlariga - O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi, Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Toshkent shahar davlat soliq bosh boshqarmalari, viloyatlar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek, tumanlar, shaharlar va shaharlardagi tumanlarning davlat soliq inspeksiyalari kiradi;
5) O`zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Davlat bojxona xizmati to`g`risida»gi qonun22i - davlat bojxona organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi. Bojxona organlari O`zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi. O`zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasining Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo`yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari – bojxona organlaridir.
Ma'muriy-huquqiy normalar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, davlat va mahalliy organlar normativ hujjatlarida ham o`z ifodasini topgan.
O`zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini tartibga solishda davlat organlarining huquqiy maqomini belgilab beruvchi Nizom va Ustavlar ham ma'lum bir ahamiyatga ega.
Nizom - muayyan davlat tuzilmalarini (masalan vazirliklar, davlat qo`mitalarining) tashkil etish tartibini, tuzilishini, vazifasi, funksiyasi va vakolatlarini belgilab beruvchi majmuiy tizimlashtirilgan aktdir. Jumladan, O`zbekiston Respublikasida tashkil etilgan barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari o`z faoliyatlarini qonunlar hamda nizomlar asosida amalga oshiradilar. Nizom - boshqaruv aktlarining eng ko`p tarqalgan turlaridan biridir. Nizom muayyan huquq ijodkorlik organi yoki vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Eng ahamiyatli sohalarga taalluqli va yuridik kuchi yuqoriroq bo`lgan nizomlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ustav - boshqaruvning u yoki bu sohasidagi muayyan idora va tashkilotlarning faoliyatini tartibga soluvchi normalarni o`zida aks ettiruvchi aktdir. Boshqaruv sohasida bevosita ishtirok etuvchi ko`pgina davlat idoralarining, korxona, muassasa va tashkilotlarning faoliyati tegishli tartibda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ustavlar asosida tartibga solinadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolik aviatsiyasini boshqaruvchi - O`zbekiston Milliy Aviakompaniyasining faoliyati Ustav asosida tartibga solinadi.




Boshqaruv jarayonida turli xildagi huquq normalari ta'siri ostida bo`ladigan va ma'muriy huquq predmeti doirasiga kirmaydigan munosabatlar tartibga solinadi. Shu tariqa, O`zbekiston Respublikasi huquq tizimi turli tarmoqlarining o`zaro munosabati vujudga keladi.
Ma'muriy huquq fani konstitutsiyaviy huquq va moliya huquqi fanlariga juda yaqin turadi. Lekin shu bilan birga bu huquq tarmoqlari o`zining tartibga solish predmeti (ijtimoiy munosabatlar doirasi) va o`ziga xos xususiyatlariga qarab bir-biridan farqlanadi.

Download 221.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling