Mavzu: Davlat boshqaruvi tushunchasi. Reja: Davlat boshqaruvi va ularning turlari
Download 221.7 Kb.
|
ma\'muriy huquqdan majmua
Konstitutsiyaviy huquq fani huquq tizimida alohida o`rinni egallaydi. Unda davlatning ijtimoiy tuzilishi va davlat siyosatining asoslari, davlat bilan shaxs o`rtasidagi o`zaro munosabatlar, milliy-davlat va ma'muriy-hududiy tuzilish, davlat organlari tizimining asoslari, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, ekrinliklari va burchlari ifodalanadi. Konstiutsiyaviy hukuk fanining predmeti ma'muriy huquq fanining predmetidan kengdir. Jumladan, konstitutsiyaviy huquq barcha davlat organlari uchun umumiy bo`lgan tashkil etish va faoliyat ko`rsatish prinsiplarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq normalari esa, yuqoridagilarga asoslanib, davlat boshqaruvida ularni qo`llashni tartibga soladi.
Konstitutsiyaviy huquq fukarolarning huquqlari, erkinliklari va burchlarini belgilab beradi. Ma'muriy huquq esa ularni amalga oshirish tartibini belgilab beradi, yanada aniqlashtiradi; fuqarolarning huquqiy maqomini boshqa huquq va majburiyatlar bilan to`ldiradi; fuqarolar tomonidan huquq, erkinlik va majburiyatlar bajarilishining boshqaruv mexanizmini belgilab beradi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan fuqarolar davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat kilish huquqiga egadir. Ushbu jarayon konstitutsiyaviy hukuk normalari bilan tartibga solingan. Ma'muriy huquq esa, mana shu shikoyatlarning qaysi organga tegishliligini, shikoyatni ko`rib chiqish muddati va tartibini belgilab beradi. Ma'muriy huquq moliya huquqi bilan ham bog`liqdir. Moliya huquqi davlatning moliyaviy faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni, ya'ni davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida pul mablag`lari jamg`armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Moliya huquqining asosiy vazifasi O`zbekiston Respublikasi milliy daromadini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. Davlatning moliyaviy faoliyati o`z mazmuniga ko`ra davlat boshqaruvining bir ko`rinishi hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olganda, moliya huquqining tartibga solish predmeti ma'muriy huquqqa qaraganda torroqdir. Moliya huquqida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda to`g`ridan-to`g`ri buyruq berish uslubi (ma'muriy huquq singari) qo`llaniladi. Davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining moliya sohasidagi vakolatlarining mazmunini moliya huquqi normalari, ularni amalga oshirish jarayonini esa, ma'muriy huquq normalari tartibga soladi. Demak, davlat moliyaviy faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining vakolat doirasini belgilovchi huquqiy normalar bir vaqtning o`zida ham ma'muriy huquq, ham moliya huquqi normai hisoblanadi. Ma'muriy huquq moliya sohasidagi boshqaruv munosabatlarini tartibga solsa, moliya huquqi moliyaviy munosabatlarning o`zini tartibga soladi. Uzoq vaqt mobaynida bu huquq tarmoqlari (konstitutsiyaviy, ma'muriy va moliya huquqi) yagona tarmoq sifatida o`rganib kelingan. Keyinchalik jamiyatda ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi bilan konstitutsiyaviy huquqdan ma'muriy huquq, ma'muriy huquqdan esa, moliya huquqi ajralib chiqdi. Hozirgi vaqtda moliya huquqi tarmog`ining o`zida ham yangi mustaqil tarmoqlarning (masalan, soliq huquqi, bank huquqi va h.k.lar) vujudga kelayotganini ko`rish mumkin. Ma'muriy huquq fuqarolik huquqi bilan chambarchas bog`liqdir. Bu ikki huquq tarmog`i ayrim holatlarda bir xildagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin turli uslublar yordamida. Masalan, vakolatli davlat organining buyrug`iga binoan bir xo`jalik tashkiloti boshqasiga bino yoki inshootni beradi. Bunda davlat boshqaruv organi hokimiyat uslubidan foydalanadi, ya'ni ma'muriy huquq yordamida ikki xo`jalik yurituvchi tashkilotning mulkiy munosabati tartibga solinadi. Fukarolik huquqi esa, mazkur tashkilotlar o`rtasida vujudga keladigan shartnoma munosabatlarining mazmunini belgilab beradi. Fuqarolar ishtirokidagi ko`pgina fuqarolik-huquqiy munosabatlari davlat boshqaruv aktlari orqali vujudga kelishi mumkin. Ba'zi hollarda esa, mulkiy munosabatlar davlat boshqaruvi aktining o`zidan to`g`ridan-to`g`ri (yani shartnomasiz) kelib chikishi mumkin. Ayrim hollarda davlat boshqaruv organlari davlat organi sifatida emas, balki fuqarolik huquqi normalari asosida harakat qiluvchi - yuridik shaxs sifatida namoyon bo`ladi. Demak, jamiyatda vujudga keladigan ayrim ijtimoiy munosabatlar ma'muriy huquqning ham fuqarolik huquqining ham tartibga solish predmeti tariqasida namoyon bo`lishi mumkin. Lekin bu munosabatlar turli xildagi tartibga solish uslubiga ega. Fuqarolik huquqida ishtirok etuvchi tomonlar teng huquqlarga ega bo`ladi. Ma'muriy huquqda esa, hamma vaqt bir tomonda davlat organi (mansabdor shaxs) ishtirok etganligi sababli, munosabat ishtirokchilarining biri ikkinchisiga nisbatan ustun turadi, ya'ni davlat manfaatini ko`zlab harakat qilayotgan tomon ikkinchi tomonga majburiy bo`lgan ko`rsatmalarni beradi. Ba'zi bir ma'muriy huquq normalari mehnat huquqi normalari bilan o`zaro bog`liq. Ma'muriy huquq normalari mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi davlat boshqaruv organlarining (masalan, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari) vakolatini belgilab beradi. Mehnat munosabatlari sohasidagi boshqaruv aktlarining mazmunini mehnat huquqi, ushbu aktlarni chiqarish tartibini ma'muriy huquq belgilaydi. Masalan, fuqaro korxona bilan mehnat shartnomasini tuzganida mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlarga kirishadi. Korxona rahbarining xodimni ishga qabul qilish to`g`risida chiqargan buyrug`i - ma'muriy huquq tomonidan tartibga solinadi. Davlat apparatidagi xizmat ma'muriy huquq tomonidan ham, mehnat huquqi tomonidan ham tartibga solinadi. Ma'muriy huquq jinoyat huquqi bilan ham chambarchas bog`liq. Ma'muriy huquq o`zida ko`pgina umummajburiy bo`lgan qoidalarni (masalan, yo`l harakati, pasport tizimi, sanitariya va h.k.lar) mujassamlashtiradi. Ma'muriy huquq fani qanday huquqbuzarliklar ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ularni ko`rib chiqish tartibini, ma'muriy javobgarlik va jazoni belgilab beradi. Jinoyat huquqi esa, qanday xatti-harakatlar jinoyat hisoblanishi va bular uchun qanday jinoiy javobgarlik choralari qo`llanilishini belgilab beradi. Bu ikki huquq tarmog`i bir-birining normalarini harakatga keltirishi mumkin. Masalan, takroran ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etish jinoiy javobgarlik normalarini, ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan qilmishlar esa ma'muriy javobgarlik normalarini harakatga keltiradi.23 Download 221.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling